Odamlar bor ekan turfa,xilma-xil,
She'rlarni men emas, bu yurak yozdi.
Yagona suyanchim Yaratgan-Alloh,
Behuda yosh tòkmay,qilmayin oh-voh,
Jazoyim olayin gar qilsam gunoh,
She'rlarni men emas, dardlarim yozdi.
Mavjlanib oqadi bi tiniq suvlar,
Iforin taratar qizģaldoq gullar,
Shòx,quvnoq sayradi saharda qushlar,
She'rlarni men emas, bu yurak yozdi.
Havas-la,hasad-la boqar dòst-dushman,
Borimcha yozarman, sòzlamay yolģon,
G'iybat qiling mayli bòlaylik omon,
She'rlarni men emas, bu yurak yozdi.
"Uyda qoling"
Yurtga keldi oģir sinovlar,
Yengamizda birlashib dòstlar,
Sizdan faqat bitta iltimos
Uyda qoling, uyda yurtdoshlar!
Do'stlaringiz bilan baham: |