Dunyo ishlariga bòlib begona,
Siz chindan sevgansiz, siz bir devona.
Qòlingizda yana jiyda gullari,
Maftun etgan uning shahlo kòzlari,
Dilga orom bergan shirin sòzlari,
Siz chindan sevgansiz, siz bir devona.
Sevgingiz eslatib yoģadi yomģir,
Yurak notinch urar bòlib havotir,
Soģinch òzi nima, ayting u nadir,
Siz chindan sevgansiz, siz bir devona.
Sevgisiga sodiq, siz òsha Majnun,
Sahrolarni sarson kezgan tun-u kun,
Kòzingizda baxtdan porlasin uchqun,
Siz axir sevgansiz, siz bir devona.
"Bu yurak yozdi"
(She'rlarni òzim yozganimga shubha bilan qarovchilarga javobim)
Gapirib bòlib sòng, dedingiz hazil,
Òrinsiz savoldan oģridi bu dil,
Do'stlaringiz bilan baham: |