Azaldan biz ahil birdammiz,
Òzgalarga òrnak bir xalqmiz,
Qalblar yaqin, qalban birgamiz,
Uyda qoling, uyda yurtdoshlar.
Namoz òqing qiling istiģfor,
Duodamiz Alloh bizga yor,
Karantinni unutmang zinhor,
Uyda qoling, uyda yurtdodhlar.
Til òrganing sizda bor imkon,
Kitob òqing bilimlar ummon,
Yurtboshimiz bòlsinlar omon,
Uyda qoling, uyda yurtdoshlar.
Shifokorlar sizga ming rahmat,
Askar akam bòling salomat,
Bizlar uchun qilmoqda xizmat,
Uyda qoling, uyda yurtdoshlar.
"Kitob òqiymiz"
Dòstlar sizga bitta maslahat,
Tark etmasin a'lo kayfiyat,
Qoldirmasdan sira ham bòsh vaqt,
Keling,birga kitob òqiymiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |