Mehmon kuzatishar jilmayib-
kulib,
Ishlarin qilishar òzlari bilib,
Òsmalari yarashgan òzbek qizlari.
Kiygan kòylaklari atlas-u adras,
Kòrgan barcha odam qiladi havas,
Ijodiy ishlarin kuzating birpas,
Òsmalari yarashgan òzbek qizlari.
Tòmarisdek jasur, marddur har ishda,
Bòlishadi òrnak yurish-turishda,
Zulfiyaga izdosh, a'lo òqishda,
Òsmalari yarashgan òzbek qizlari.
Majnunga munosib Layli bòlishar,
Sevgi-muhabbatga sodiq turishar,
Oila muqaddas buni bilishar,
Òsmalari yarashgan òzbek qizlari.
"Meni kechiring"
Yurtdoshlarim sizga assalom,
Aytay sizga men bitta kalom,
Ramazonga kirishdan avval,
Do'stlaringiz bilan baham: |