Sinovlar berar har dam, sinaydi hayot,
Yodingizda tuting do'st bo'lar najot,
Yomon so'zlab do'stlikni aylamang barbod,
Do'stlikning muhim shartidur ishonch.
"Yolģonchi"
(Jamiyatimizda uchrab turadigan ba'zi bir yigitlarga)
Bir oylik sevgingiz tamom bòldimi?
Sodda bir qiz sizga òyin bòldimi,
Qilgan ishlaringiz Alloh bildimi?
Ayting sizga ne kerak bugun yolģonchi?
Uyalmasdan yana ertak tòqiysiz,
Òzingizni ayting kim deb òylaysiz,
Qaytar dunyo zahrin bir kun totgaysiz,
Ayting sizga ne kerak bugun yolģonchi?
Sodda qiz qalbida bugun alamlar,
Qoronģu kòrinib ketar olamlar,
Dardini aytolmay kòzida namlar,
Ayting sizga ne kerak bugun yolģonchi?
Do'stlaringiz bilan baham: |