Zulfiya: Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,
Ma’noga, mazmunga to’liq kunlarga.
Farovon, nurafshon ulug kunlarga,
Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!
Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!
Jasur: Yangi davr keldi, o’zgardi zamon,
Zamon zayli bilan o’zgardi inson.
O’zgardi jamiyat, o’zgardi hayot,
O’zgardi qo’shig’-u o’zgardi hayot!
Zulfiya: Assalomu alaykum dаvrаmizgа fаyz qo’shib turgаn hurmati cheksiz ustozlar va bilimgа chаnqоq aziz o’quvchilar!
Jasur: Bugungi “Madhiyamiz – faxrimiz!” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsizlar!
Mubina: O’zbekiston Respublikasining Davlat Ramzlari bular Gerb, Bayroq va Madhiya hisoblanadi.
Mubina: Аytchi o’rtоqjоn, Madhiyamiz qаchоn qаbul qilingаn?
Shaxlo: O’zbekistоn Respublikаsi Madhiyasi 1992 yil 10-dekаbr kuni qаbul qilingаn.O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 10-dekabrida bo`lib o`tgan XI sessiyasida “O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida”gi qonun qabul qilindi. Endi sen aytchi madhiyamizning she’ri va musiqasi kim tomonidan yaratilgan.
Mubina: O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining she’rini shoirimiz Abdulla Oripov yozgan, musiqasini esa bastakor Mutal Burxonov bastalagan.
Abdulla Oripov — Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida, yaʼni Yilboshi bayrami kuni Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi.U atoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. Zamonaviy oʻzbek sheʼriyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy oʻziga xos betakror kuylagan taniqli ijodkor. Oripov hozirgi oʻzbek sheʼriyatiga yangicha badiiy tafakkur yoʻsinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Choʻlpon, Gʻafur Gʻulom singari ijodkorlar badiiy anʼanalarining davomchisi hisoblanadi. Mustaqillikka erishgan Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi Abdulla Oripov soʻzi bilan aytiladi.
Millat maʼnaviyati va estetik tafakkurini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun shoir Abdulla Oripov ijodkorlar orasida birinchi boʻlib, 1998-yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ degan yuksak unvonga sazovor boʻldi.
Mutal (Mutavakkil) Muzayyinovich Burhonov 1916-yik 5-mayda Buxoro shahrida tugʻilgan. U bastakor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbob, Oʻzbekiston xalq artisti hisoblanadi. Shuningdek, qator kamer-vokal va kamer-cholgʻu asarlarini yozgan, bir necha opera va film, jumladan, „Maftuningman“ filmi musiqasini bastalagan. Oʻzbeklar orasida eng sevimli qoʻshiqlarga aylangan „Doʻppi tikdim“ va „Maftuningman“ qoʻshiqlari musiqasini bastalagan.
Burhonov Oʻzbekistonda koʻp ovozli xor hamda a kapella janri asoschilaridan biri hisoblanadi. Burhonov bir necha orden va medal, jumladan, „Shuhrat“ medali (1994), „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (1998) hamda „El-yurt hurmati“ ordeni (2001) bilan taqdirlangan.
Zulfiya: Endigi navbatni go’zal qizlarimiz ijrosidagi raqsga beramiz. Shaxlo: Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoyev ham yoshlar, keksalar uchun va jamiki xalq uchun koplab ishlarni amalga qisqa muddatlarda amalga oshirmoqdalar. Shu bilan birgalikda “Harakatlar strategiyasi” ni ishlab chiqib undagi vazifa va ishlarni yo’lga qo’ymoqdalar.
Gulhayo: I.davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish.(Moviyrang-osmon va toza suv ramzi,buyuk A.Temur davlatining bayrog’I rangi).
Alyor: II.Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud xuquq tizimini yanada isloh qilish. (Siyohrang-qonuniylik elementlari hisoblangan ustuvorlik va or-nomuslik ramzi).
Ravshona: III.Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish.
(Tillarang-iqtisodiyotni rivojlantirish elementlari hisoblangan kuch-qudrat va boylik ramzi).
Sanjar: IV.Iqtisodiyot sohasini rivojlantirish.
(Qizil rang-xayot va aholining munosib turmush tarzini ta’minlash ramzi).
Nafisaxon: V.Xavfsizlik,diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlik,o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat.
(oq rang-tinchliksevarlik siyosati elementlari hisoblangan tinchlik va soflik ramzi).