Microsoft Word dunyoning ishlari ziyouz com doc



Download 435,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet93/123
Sana29.01.2022
Hajmi435,61 Kb.
#415674
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   123
Bog'liq
O\'tkir H - Dunyoning ishlari (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
83
bo‘lganida, hammangni otib tashlayman, degan ekan, qo‘rqib kesishmabdi. To‘pponchasi 
bormish. Onangni qayerda ko‘rsam, peshonasidan otib tashlayman, derkan... 
O‘sha kuni odatdagidek men echkimni, Xo‘ja buzog‘ini yetaklab, o‘tloqqa olib bordik. 
Mening echkim sersut, yuvoshgina-yu, ammo bir aybi bor. Ko‘zni shamg‘alat qilib, 
uloqchalarini to‘yg‘azib, emizdirib oladi. Shundan qo‘rqib oyim yeliniga xalta bog‘lab 
qo‘yadi. Xo‘janing buzog‘i esa qayerda latta ko‘rsa yamlab qo‘yadi. O‘shanda kelib-kelib 
jo‘raboshimizning shinelini chaynamaganida olam guliston edi. Hammamiz qiy-chuv solib 
o‘ynayotgan edik, jo‘raboshimiz alam bilan do‘rillab qoldi: 
— Shinelim! Shinelimni yeb qo‘ydi! 
Shunday degancha kattakon tayog‘ini ko‘tarib tol soyasida allanimani mazza qilib 
chaynayotgan buzoq tomonga yugurdi. Hammamiz turgan joyimizda qotib qoldik. 
Jo‘raboshimiz dadasi urushdan olib kelgan shinelini jonidan ham yaxshi ko‘rar, qishda 
etagini osiltirib kiyib yurar, yozda ham qo‘ldan qo‘ymasdi. U bora solib buzoqning 
gardaniga tayoq bilan bir tushirdi. Buzoq sho‘rlik shinelining yengidan tishlaganicha, 
dumini xoda qilib qochdi. Jo‘raboshimiz jonholatda shinelga yopishdi. Buzoq anchagina 
joyini yamlab bo‘lgan ekan, yengining yarmigacha so‘lak bilan qo‘shilib cho‘zilib og‘zidan 
chiqdi. 
Bolalar yetib kelganida jo‘raboshimiz g‘alvir bo‘lib ketgan yengni ushlagancha bo‘zrayib 
o‘tirar edi. Xo‘jani ko‘rdiyu jazavasi qo‘zib ketdi. 
— Nima qilding?! — dedi g‘azab bilan. 
Xo‘ja, buzoq emas, o‘zi aybdordek ko‘zlarini javdiratgancha goh jo‘raboshiga, goh 
shinelga tikilib lol turardi. 
— Endi nima qilaman buni! — jo‘raboshi shinelni yerga uloqtirdi. — Moling ham o‘zingga 
o‘xshaydi! Xo‘jalar peshindan keyin aynaydi. Oying ham aynab, o‘ynashi bilan qochib 
ketgan! 
Oramizdan tikroq bolalar chekka-chekkadan piqillab kulib yuborishdi. Toy angraygancha 
burnini sekin tortib qo‘ydi. 
Ertalab dadamdan eshitgan gapni esladimu qo‘rquv ichida Xo‘jaga qaradim. U bir zum 
hammaga javdirab qarab chiqdi-da, to‘satdan jo‘raboshiga tashlandi. Ammo o‘sha 
ondayoq chakkasiga tushgan musht zarbidan ancha nariga uchib ketdi. 
— Nega urasan! — dedim alam bilan chiyillab. Akalarim o‘rgatganidek, mushtimni iloji 
boricha qattiqroq qisib, jo‘raboshiga yugurdim, u bo‘lsa, urib ham o‘tirmadi. Kafti bilan 
jag‘imga bir turtgan edi, chalqanchasiga ag‘darilib tushdim. Og‘zim sho‘r bo‘lib ketdi. 
Ko‘zimni ochsam, tepamda Toy turibdi. 
— Tur, — dedi qo‘limdan tortib. — Yomon urdimi? 
— Ikkalang ham yo‘qol! — dedi jo‘raboshi do‘rillab.— Bugundan boshlab molingni 
jiydazorda boqasan. 
Birpasdan keyin Xo‘ja buzog‘ini, men echkimni yetaklab, qing‘ir-qiyshiq jiydalar orasiga 
kirib ketdik. Jiydazor etagida Qonqus oqar edi, qirg‘oqqa borib o‘tirdik. 
— Og‘zing qonayapti, — dedi Xo‘ja yuzimga tikilib. 
Kaftimni orqasi bilan artsam, qo‘lim qon bo‘ldi. Shu paytgacha bilmaganimga o‘zim ham 
hayron qoldim. Tupurib tashladimu oldimdagi kurak tishim ilinib turganini payqadim. 
Qo‘lim tegishi bilan tishim sug‘urilib chiqdi. 
— Tishingni sindirdimi? — Xo‘ja ko‘zimga shunday javdirab tikildiki, og‘riq ham esimdan 
chiqib ketdi. 
— O‘zi liqillab turuvdi, — dedim tishimni tomosha qilib. 
Endi uloqtirib yubormoqchi edim Xo‘ja qo‘limdan ushladi: 
— Shoshma! Mana bunday o‘tir. — U meni suvga teskari qilib o‘tqazdi. — Ko‘zingni 
yumasan-da, «Suyak tishimni ol, tilla tishimni sol», deb uch marta aytasan. Tishingni 


Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov 

Download 435,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish