ishlarni mustaqil bajarishga odatlantirmoq zarur. Bu mustaqillik dastlab
to liq
b olm asin, biroq o ‘quvchiga yordamni uyushtirish shunday bolishi
kerakki, unda ishni mustaqil bajarishga xohish va o ‘z kuchiga ishonch
hissi tarbiyalansin.
0 ‘quvchi ustidan haddan tashqari uzoq va doimiy homiylik qilish
unda o ‘ziga ishonmaslik, ju r’atsizlik hissini mustahkamlashi mumkin.
Shuning uchun aqli zaif bolalar bilan ishlashning birinchi bosqichida
ularga mustaqil bajarish uchun yetarli darajada tushunarli bo‘lgan yoki
arzim as yordam bilan bajariladigan (o ‘quv
qo llan m alarin i tarqatish,
sinfdagi gullarni parvarish qilish, sinfni tozalash, maktab yer maydonida
ishlash va hokazo) uncha murakkab b o lm a g a n topshiriqlarni berish
maqsadga muvofiqdir.
Dastlab o ‘qituvchi o ‘quvchilarga mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
berishda,
bir to m o nd an , har bir topshiriqning tushunarli b o lish in i,
ikkinchi tom ondan, ularning murakkabligini asta-sekin orttirib borishini
ta ’minlovchi tartibni atroflicha o ‘ylab ko‘radi. So‘ngra bolalarni navbatdagi
topshiriqni bajarishga tayyorlaydigan barcha ishlar o ‘qituvchi rahbarligi
ostida olib boriladi.
N ihoyat, o ‘qituvchi muayyan vazifa bilan birga olib boriladigan
ko‘rsatm a
m azm unini, shaklini o ‘ylab chiqadi va aniqlab oladi, har bir
o'quvchining ishini kuzatib boradi.
Ishda mustaqillikni tarkib toptirishda og‘zaki ko‘rsatma berishning to‘g‘ri
va tushunarliligi muhim vosita hisoblanadi. 0 ‘quvchiga topshiriq beribgina
qolmay, bu vazifani qanday izchillikda bajarish kerakligini qayta-qayta
takrorlash ham kerak.
Bu bosqichning ham m asida bolalarga mustaqil ish uchun beriladigan
topshiriqqa asos qilib olinadigan o ‘quv m aterialining xususiyatini va sinf
o ‘quvchilari ilgari egallashlari kerak b o ig an bilimlar zaxirasini e ’tiborga
olibgina qolmay, balki har bir o ‘quvchining tayyorgarligidagi
individual
farqlarni ham, har bir bolaning ruhiy xususiyatlarini ham hisobga olish
kerak boladi.
Shunday qilib, o‘qituvchining rahbarligi ishning tayyorgarlik bosqichida
uning turli tom onlarini qam rab olishi kerak, am m o oxirgi maqsad
bolalarni topshiriqni o ‘qituvchining bevosita yordamisiz tamomila mustaqil
bajarishga tayyorlashdan iborat b o lish i lozim.
0 ‘quvchilar mustaqil ishining asosiy xususiyati shundan iboratki,
bunday ish jarayonida o ‘quvchi biror vaqt oralig‘ida o ‘zi odatlanib qolgan
o ‘qituvchi tom onidan beriladigan
yordam dan m ahrum b o lib , o ‘z oldiga
q o ‘yilgan vazifa bilan yakkam a-yakka qoladi. Topshiriqni bajarishda
o ‘quvchi o ‘z kuchini sinab ko‘rishi va o ‘z bilim lariga, m ahoratiga,
malakasiga, ziyrakligiga suyanib, uni yechish y o lin i
topishi va yechishni
kutilgan natijaga olib kelishi kerak.
64
Yangi mavzu o ‘tilganda o ‘quvchilarga m ashqlar berib, uni qanday
tushunganliklarini aniqlab olish m um kin, so‘ngra bilimni qollashiga doir
vazifa berib, o ‘quvchilarda tegishli m ahorat hosil b o ‘lganm i-yo‘qm i,
tekshirib ko‘rish lozim.
Bu ish tiz im id a xato qilib q o ‘yish eh tim o li tu g ‘ilishi bilanoq
o ‘quvchining ishini to ‘xtatish, xatoning yuz
berish ehtim oliga qarshi
hamisha va ham m a hollarda o ‘qituvchi tom onidan chora ko'rilishi, oldi
olinishi m uhim omil hisoblanadi.
Bilim va malakalami o ‘zlashtirishdagi onglilik ularda amaliy faoliyatda
faol qollash ko‘nikmasini nazarda tutadi. M a’lumki, aqli zaif o ‘quvchilar,
bir tomondan, maktabda olgan bilimlarini ko‘pincha tezda esdan chiqarsalar,
ikkinchi to m o n d a n , ulard an foydalanishda qiynaladilar. M asalan,
o‘quvchilar sinfda yetarli darajada savodli bayon yozishlari, biroq o ‘rtoqlariga
xat yoki ishga qabul qilish haqida arizani mutlaqo savodsiz yozishlari mumkin.
Aqli zaif bolalarning bu xususiyatlarini yo‘qotish uchun maktab ta ’limni
shunday uyushtiradiki, bilim va malakalarni amaliy faoliyatda qo‘llashlari
uchun o ‘quvchilarni yetarli mashqlar bilan ta ’minlaydi.
Ona tili va matematika dasturlarida ishga oid xat, tortish, olch ash , turli
savdoga oid hisoblashlar va hokazo mashqlar ko‘zda tutilgan. Bu mashqlar
bilim va malakani birmuncha ongli va mustahkam o ‘zlashtirishni ta’minlaydi.
0 ‘quvchilar bilimlarining q o ‘llanishini to ‘g ‘ri
tashkil qilish ularda
mustaqil, unumli fikrlash mahoratini hosil qilishda hal qiluvchi rol o ‘ynaydi.
Bilimlarning qollanishi o ‘qitish natijasiga ijobiy ta ’sir etuvchi m uhim bir
omil hisoblanadiki, u o ‘qituvchining o ‘quvchi o ‘quv materialini qanday
o‘zlashtirayotganini doimo nazorat qilib turishiga imkoniyat yaratadi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: