Maxsus pedagogika


(Vqitishda bilimlarni puxta o ‘zlashtirish tamoyili


bet37/134
Sana04.03.2022
Hajmi
#481907
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   134
Bog'liq
fayl 182 20210326

(Vqitishda bilimlarni puxta o ‘zlashtirish tamoyili
T a ’lim b erish bilim , k o ‘n ik m a va m ala k ala rn in g m u sta h k a m
o‘zlashtirilishini ta’minlashi kemk. Bu didaktik tamoyilning mohiyati shundan 
iboratki, o ‘quvchilar tomonidan o ‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar 
xotirada saqlanishi lozim. Bu esa istalgan bir paytda xotirada saqlangan 
bilimlardan zarur m a’lumotlar olish va ularni o ‘zlarining o ‘quv va mehnat 
faoliyatida qollash imkoniyatini beradi.
0 ‘tkazilgan ko‘p d an -k o ‘p kuzatishlar va tajribalar (A.A.Smirnov, 
P.I.Zinchenko) shuni ko‘rsatadiki, esda olib qolish biron-bir faoliyatda 
ro‘y bergan vaqtlardagina eng samarali boladi.
Maxsus vositalar va usullarni (materialning m a’nosiga qarab guruhlarga 
ajratish, m a’no jihatidan muhim joylarni belgilash, reja tuzish, esga tushirish 
bilan almashib turadigan unumli takrorlash va hokazo) qollagan holda, 
esda olib qolish sohasidagi maxsus tashkiliy faoliyat bo ig an yodlash katta 
ahamiyatga ega. A.A.Smirnovning olkazgan tajribalari shuni ko‘rsatadiki, 
masalan, matnni tuzib chiqilgan reja asosida yodlash rejaga asoslanmagan 
yodlashdan esda olib qolish tezligi jihatidan ham , esda saqlashning 
mustahkamligi jihatidan ham ikki baravar samaraliroq ekan.
M a’lumki, o lquv materialini m a’nosiga tushunib esda olib qolish faqat 
zarur bolibgina qolmasdan, shu bilan birga, mexanik esda olib qolishdan 
beqiyos darajada samaraliroqdir.
61


Shuning uchun yordamchi maktab o‘quvchilarining bilimlarini mustahkam 
o‘zlashtirishga erishishning muhim sharti o‘quv materialini ular tomonidan 
tushunilishini ta’minlash hisoblanadi.
Bu tamoyil o ‘quvchilar bilimlarni ongli, tushungan holda, bilim, 
malaka, ko‘nikmalarni uzoq muddat esda saqlashlarini talab qiladi.
0 ‘quvchilar materialni tugatilgan, m a’noli bolaklarga bolib, muhimini 
ajratib, to‘g‘ri yodlashga ham o ‘rgatilishi kerak. Bunda yordamchi maktab 
0
‘quvchilariningbir xususiyatini hisobga olish lozim. Ular muhimini ajratolmay, 
odatda butun o‘quv materialini so‘zma-so‘z yodlab oladilar. So‘zm a-so‘z 
yodlash ayrim hollarda, masalan, ta’riflar, ifodalar, she’r va shunga o ‘xshash 
materiallami yodlashda zarur. Biroq o‘quv matcrialining katta qismi so‘zma- 
so‘z yodlab olishni emas, balki uning m a’nosini o‘z so‘zlari bilan to‘g‘ri aytib 
berishni talab qiladi. Bu jihatdan yordamchi maktab o ‘quvchilari doimiy 
yordamga muhtojdirlar.
Yordamchi maktab o ‘qituvchisining ishida bilimlaming mustahkam 
o‘zlashtirilishini ta’minlashda o‘quv materialini mustahkamlashga katta o ‘rin 
ajratilishi kerak.
K.D.Ushinskiy bu borada shunday degan: «Materialni o ‘z vaqtida 
m ustahkam lam agan o ‘qituvchi yukni yomon b o g lab , aravani quvgan 
aravakashga o‘xshaydi. Orqasiga qaramay, aravani quvib manzilga yetib kelgach, 
aravada hech narsa qolmagan boladi. U esa uzoq masofani bosib o‘tganligidan 
xursand boladi. 0 ‘qituvchi ham o‘z vaqtida materialni mustahkamlab bormasa, 
fan o ‘qib tugatilgach, bolaning ongida hech narsa qolmasligi mumkin».
Yangi material o ‘tilganda o ‘quvchilarga mashqlar beiib, ularning yangi 
materialni qanday tushunganliklarini aniqlash mumkin.
Mustahkamlashning zarur sharti mashq qilish bolib, u quyidagi shartlami 
bajarishi lozim:
1) mashqning maqsadini, qanday natijalaiga erishish kerakligini aniq 
bilish zarur;
2) bajarishning aniqligini maxsus kuzatish, agar xatolar paydo bo‘lsa, 
ular mustahkamlanib qolmasligi uchun mashqlaming natijalarini kuzatish, 
o‘z harakatlarini namuna bilan taqqoslash, qanday muvaffaqiyatlaiga erishib 
bolinganini anglash va kamchiliklarga barham berish uchun ulardan qaysilariga 
diqqatni qaratish kerakligini bilib olish zamr;
3) o ‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlariga bogliq boigan 
mashqlar soni malaka hosil qilish uchun yetarli bolishi lozim. Agar mashqlar 
yetarli bolmasa, malaka mustahkamlanmaydi, balki tezroq barbod boladi. 
Mashqlar haddan tashqari ko‘p bolsa, odatda o ‘quvchilar bu mashqlaiga 
salbiy munosabatda b o la boshlaydilar va bu hoi e’tibomi pasaytiradi, natijada 
malakaning hosil bolishiga xalaqit beradi;
4) mashqlar bir xildagi harakatlarning tasodifiy yiglndisidan iborat 
bolmasligi lozim. Bu mashqlaiga muayyan tizim, ularning aniq rejalashtirilgan
62


to‘g‘ri izchilligi, xususan, ularning sekin-asta murakkablashib borishi asos 
qilib olinishi kerak;
5) mashqlar bir qadar uzoq muddatga uzilib qolmasligi lozim, aks holda 
malaka sekin hosil boladi yoki agar u mustahkamlanmagan bo‘lsa, tezda 
susayib qoladi, tormozlanadi, hatto umuman yo‘qolib ketadi.
0 ‘tilganlarni takrorlashni to ‘gkri tashkil qilish bilim va malakalarni 
mustahkamlab o'zlashtirishga erishishning juda muhim sharti hisoblanadi. Esdan 
chiqarishning oldini olish maqsadida albatta sistemali ravishda o‘tilganlami 
takrorlab turish kerak.
Shuning uchun yordamchi maktabda har bir darsda dasturning mavzu 
bo‘limi tugatilgandan so‘ng, yilning oxirida takrorlash olib boriladi. Kelgusi 
sinfda ham o‘quv yili boshidan oldingi sinfda o ‘tilganlar takrorlanadi.
Biroq aqli zaif bolalarni o‘qitishda muhimi faqat o ‘tilganlami qayta-qayta 
takrorlash emas, balki o ‘tilgan material bilan yangi material orasidagi 
boglanishni o ‘quvchilaming tushunishlariga harakat qilmoq kerak. Shu sababli 
o‘qituvchi yangi materialni o‘iganishga oid dars rejasini tuzar ekan, u albatta 
boglanishni aniqlash zarur bo'lgan o ‘tilgan materialni takrorlashni ham 
nazarda tutishi, ularning o ‘xshashlik tomoni va farqini ko‘rsatishi zamr.
Takrorlashga quyidagi talablar qo'yiladi:
1) takrorlash maqsadga muvofiq bolishi kerak;
2) takrorlashda shunday obyekt, tajribalami ko‘rsatish kerakki, unda 
takrorlanayotgan bilimlar, xususiyatlar, ma’lumotlar yangidan namoyon bolsin;
3) takrorlanayotgan materialga shunday savollar kiritish lozimki, bu 
savollar amaliy masalalarni yechishni talab qilsin va takrorlanayotgan 
materialning yangi tomonlarini ochib bersin.
Nihoyat, o'rganilayotgan materialga nisbatan o ‘quvchilarda qiziqish 
uyg'otish, bilim, ko‘nikma va malakalami mustahkam o‘zlashtirishga erishishning 
zaruriy sharti hisoblanadi.
Shunday qilib, o'qitishda mustahkamlilik tamoyili didaktikaning butun 
tamoyillar tizimi bilan o ‘zaro bogliq boladi va yordamchi maktabning zaruriy 
qismini tashkil qiladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish