Maxsus pedagogika


 ‘qitishda tushunarlilik tamoyili


bet39/134
Sana04.03.2022
Hajmi
#481907
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   134
Bog'liq
fayl 182 20210326

0 ‘qitishda tushunarlilik tamoyili
Bu tam oyilning mohiyati ta ’limning m azm uni, hajmi ham da usullari 
bolalarning yoshi va aqliy rivojlanishiga, ularning bilim saviyasiga to ‘g‘ri 
kelishidan iborat.
0 ‘qituvchi tom onidan o ‘quvchilarga berilayotgan ham m a material 
ular uchun tushunarli va ularning kuchi yetadigan bo‘lishi lozim. Faqat 
shu holdagina material ongli ravishda o ‘zlashtirilishi m umkin.
0 ‘quvchilarning tushunishlari uchun qiyin material nari borsa ular 
tom onidan mexanik tarzda yodlab olinishi m umkin. Bu narsa bolani 
o ‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda foydali natijalar bermasligi bilan 
bir qatorda, aksincha, katta zarar keltiradi, ya’ni m aterialning m a’nosiga 
tushunm agan holda uni esda saqlash odatini tarbiyalaydi.
Yordamchi maktabda o ‘quv materialining tushunarliligiga amal qilish, 
ayniqsa, m uhim . Shuning uchun yordamchi maktab ta ’lim m azm unini 
aks ettiruvchi dastur va darsliklarda bu didaktik qoidalar o ‘z aksini topgan.
5 - 33
65


Berilgan bilimlarni tushunmaslik o‘quvchilarning unga boigan qiziqishini 
pasaytiradi, ko‘pincha shu o ‘quv fanigagina emas, balki umuman o‘qishga 
nisbatan ham salbiy munosabatda bolishga olib keladi. Odatda, ommaviy 
maktabda uzoq vaqt boigan aqli zaif o ‘quvchida shunday hoi yuz beradi.
M a’lumki, ommaviy maktabda har bir sinf bir xil yoshga ega boigan 
o ‘quvchilar bilan, ya’ni o ‘quv materialini o ‘zlashtirishda taxm inan bir 
xil imkoniyatga ega boigan bolalar bilan butlangan boladi.
Aqli zaif bolaga ta ’lim berishda yosh xususiyatlarini hisobga olish va 
tushunarlilik tamoyilini amalga oshirish ancha boshqacha yuz beradi.
Eng avvalo, aqli zaiflik shakli va darajasiga qarab farq qilinishi tufayli 
bir sinfning o ‘zida yoshi har xil boigan o ‘quvchilar bolishi mumkin. 
Yoshi har xil b o ig an o ‘quvchilar bilim va malakalarni o ‘zlashtirishda 
taxminan bir xil imkoniyatlarga ega boladilar. Demak, yordamchi maktab 
sinflarini butlashda bolalarning yoshiga aniq rioya qilish amalda mumkin 
bolm aydi.
So‘ngra, har bir sinfda shunday bolalar borki, ularda aqli zaiflik turli 
sabablar orqali kelib chiqqan bolib, o ‘ziga xos tipologik xususiyatlarga 
ega. Yordamchi maktabdagi ta’lim jarayonida shu tipologik xususiyatlarni 
hisobga olish o kqituvchi ishidagi majburiy talablardan biridir.
Keyingi vaqtlarda yordamchi maktablarda aqli zaiflik darajasi ancha 
o glrro q b oigan bolalar uchun alohida maxsus sinflar tashkil qilingan. Bu 
sinflarda bilim va m alakalar hajmi ham da o ‘qitish tezligi yordam chi 
m aktabning odatdagi sinflariga qaraganda birm uncha pasaytirilgan, 
osonlashtirilgan boladi.
Shunday qilib, yordamchi maktab aqli zaif bolalarga ta ’lim berishda 
faqat ularning yoshini emas, balki tipologik xususiyatlarini ham hisobga 
olishi kerak.
0 ‘qituvchi o ‘quv materialini tanlaganda uning bolalarga tushunarli 
bolishiga alohida e ’tibor berishi kerak. Bundan berilayotgan material 
nihoyatda sodda bolishi kerak, degan xulosa chiqarilmaydi. Bolalar uchun 
tushunarli bo ig an yangi bilimlarni o ‘zlashtirish va malakalarni vujudga 
keltirish ham ayrim qiyinchiliklar bilan b ogliq boladi.
0 ‘zlashtirishda o ‘quvchi qiyinchiliklarga duch kelishi zarur. T a’lim 
jarayonida qiyinchilik bilan to ‘qnashish, uni yengish pedagogik jarayonning 
asosiy rag‘batlantiruvchi omili b o lib xizmat qiladi.
T a’lim jarayonida oligofrenopedagog shuni e ’tiborga olishi muhimki, 
bolalar o ‘zlariga taklif qilingan ba’zi vazifalarni tamomila mustaqil ravishda 
bajara oladilar, bunda ular psixologik jihatdan rivojlanib borishning shu 
paytgacha erishilgan darajasiga, amaliy tajriba, malaka va ko‘nikmalarga 
tayanadilar. Shu bilan birga, biror m urakkabroq topshiriqni mustaqil 
ravishda eplay olmagan bola uni pedagog yordamida (uning qo‘shimcha 
tushuntirishi, kokrsatishi, yordamchi savollar berishi va hokazo y o l bilan)
66


bajara oladi. Bu hoi bola imkoniyatining go‘yoki ikkilamchi darajasi bolib, 
psixologiyada «eng yaqin kamol topish zonasi» deb ataladi. Shu sababli 
ta’lim jarayoni faol kamol topish darajasigagina, ya’ni shu paytgacha tarkib 
topgan psixik funksiyalargagina tayanib qolmay, balki bolaning potensial 
imkoniyatlariga, tarkib topayotgan funksiyalariga, ya’ni «eng yaqin kamol 
topish zonasi»ga ham tayanishi lozim.
T a ’lim da uchraydigan qiyinchiliklarni chetlab o ‘tish emas, balki 
o ‘quvchi imkoni boricha bu qiyinchiliklarni o ‘qituvchi rahbarligida yengib 
borishi kerak.
Shunday qilib, yordamchi maktab ta ’limida tushunarlilik tamoyilini 
amalgaoshirishdao'qituvchidan o vquvchilarning yoshi, tipologik va indi­
vidual xususiyatlarini hisobga olish talab qilinadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish