Maxsus pedagogika


Frontal ishga diflerensiatsiyalashgan va individual yondashishni


bet41/134
Sana04.03.2022
Hajmi
#481907
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   134
Bog'liq
fayl 182 20210326

Frontal ishga diflerensiatsiyalashgan va individual yondashishni
birga qo‘shib olib borish tamoyili
Yordamchi maktabda o‘quv materialining tushunarliligi o ‘quvchilaming 
individual imkoniyatlari bilan ham belgilanadi. Yordamchi maktab o‘qituvchisiga 
ma’lumki, bolaning dcbilligi (yordamchi maktab bolalar tarkibining asosiy 
qismi) bola o‘quv imkoniyatlarining ko‘rsatkichi hisoblanmaydi. Bu holda 
ham u ozmi yoki ko‘pmi orqada qolishi mumkin. Bu hoi hissiy-irodaviy sohaning 
turli kamchiliklari, jismoniy yetishmovchiliklar va hokazolar bilan bogliq 
bolishi mumkin.
Shunday qilib, yordamchi maktabda bir sinfning o ‘zida bir-biridan keskin 
farq qiluvchi o‘quvchilar uchraydi. Ulardan ba’zilari o ‘quv materialini oson, 
ba’zilari esa juda qiyinchilik bilan o ‘zlashtiradi. 0 ‘qish jarayonida ba’zilari juda 
faol, ba’zilari passiv boladi va hokazo. Buning hammasi bir xil tashxisga ega 
boigan bolalarning o‘quv materialini tushunishida farqbolishiga sabab boladi.
0 ‘qish jarayonida namoyon boladigan o'quvchilam ing individual- 
psixofizik farqlarini hisobga olgandagina o ‘qitishda yuqori natijalarga erishish 
mumkin.
Individual yondashish o‘qitishning barcha bosqichlarida: yangi materialni 
olishda, mustaqil mashqlarni tashkil etishda, o ‘quvchilardan so‘rashda va 
uy vazifalarini topshirish muntazam ravishda olib borilgandagina samarali 
bolishi mumkin.
Ta’limda individual yondashishning m a’nosi shuki, u o ‘quvchining in­
dividual-psixologik xususiyatlariga tayanadi, ana shu xususiyatlarni hisobga 
olgan holda ish ko‘riladi. Shu nuqtai nazardan sinfdagi oddiy ta ’lim qanday 
ro‘y berishini ko‘rib chiqamiz. Yordamchi maktablaming sinflari, yuqorida 
aytib o ‘tilganidek, tayyorgarlik darajasi bir xil bolm agan, o ‘zlashtirishi 
turlicha, o ‘qishga m unosabati har xil, qiziqishlari xilm a-xil b o ig a n
69


o ‘quvchilardan tashkil topadi. 0 ‘qituvchi an ’anaviy tashkil etilgan ta ’lim 
sharoitida hammaga bir xilda baravar bilim bera olmaydi. Shuning uchun 
o ‘qituvchi ta ’limni o ‘rtacha darajaga, o ‘rtacha rivojlanishga, o ‘rtacha 
tayyorgarlikka, o'itacha o'zlashtirishga ega boigan bolaga moljallangan holda 
olib borishga majbur boladi. Bu narsa muqarrar ravishda «kuchli» o ‘quvchilar 
o ‘z rivojlanishida sun’iy ravishda ushlab turiladi, o ‘qishga qiziqishlari qolmaydi, 
o ‘qish ulardan unchalik kokp aqliy kuch sarflashni talab qilmaydi, «kuchsiz» 
o lquvchilar esa surunkasiga orqada qolishga mubtalo boladilar, ular ham 
o ‘qishga qiziqmay qo‘yadilar, o'qish ular imkoniyatlaridan ortiqroq aqliy 
kuch sarflashni talab qiladi. « 0 ‘rtacha» darajaga kiruvchilar ham har xil 
boladilar,ularning qiziqish va mayllari turlicha, idrok, xotira, xayol va 
tafakkur xususiyatlari xilma-xil boladi.
Darsni rejalashtirishda o ‘qituvchi har bir bolani alohida o ‘ylashi, uning 
rivojlanishning umumiy qonuniyatlaridan chetga chiqish sababini, uning 
bilim, ko‘nikma va m alakalar holatini, o ‘quv materialini o ‘zlashtirish 
jarayonida vujudga keladigan qiyinchiliklarni va ularning kelib chiqish sababini 
bilishi kerak.
Aqli zaif o‘quvchilar o ‘rtasida ko‘pincha ruhan ezilgan bolalar uchraydilar. 
Ular qiyinchilik bilan ishga kirishadilar, vazifani juda sekin bajaradilar, 
tashabbuskorlik ko‘rsatmaydilar, ayrim hollarda umuman o ‘quv jarayonidan 
chctda qoladilar. Bularga nisbatan eng muhimi—ularni «tormoz» holatidan 
bo‘shatish, tez-tez savol va vazifalar berib, ularga murojaat qilib turish 
kerak.
Ayrim o ‘quvchilarda faoliyat jarayoni juda sust b o lib , ular ishda 
qiyinchilikka duch keladilar. Shuning uchun bunday bolalarga qiyinroq 
vazifalarni berib bolm aydi, ulaiga o ‘z vaqtida tegishli yordam berib, to‘g‘ri 
tushuntirish kerak.
Yordamchi maktab o‘quvchilari o ‘rtasida haddan tashqari harakatchan 
bolalar ham uchraydilar. Agar o ‘qituvchi o‘rtaga savol tashlasa, ular shu 
zahotiyoq, o ‘ylamay javob beradilar. Bu bolalar bilan olib boriladigan asosiy 
ish — ularning shoshmashosharligining oldini olish, ularda o ‘ylab javob 
berish malakasini shakllantirishdan iborat. Bunday o ‘quvchilar bilan indi­
vidual ishlashda juda xotiijamlik, chidamli bolish talab qilinadi.
O lquvch ilarg a individual yondashish tam o yili faqat psixofizik 
rivojlanishdagi kamchiliklarni hisobga olibgina qolmay, balki nuqsonni 
muvaffaqiyatli ravishda tuzatish uchun ularning ijobiy sifatlarini ham hisobga 
olishni talab qiladi, bu sifatlaiga tayanish mumkin va tayanish lozim. Masalan, 
ayrim o ‘quvchilarda bilish imkoniyatlarining darajasi um uman pasaygan 
bolishiga qaramay, tirishqoqligi, o ‘qishni xohlashi, mehnatsevarligi ularning 
bu kamchiligining o‘mini bosishi mumkin. Bu, albatta, ularda yo‘q sifatlarning 
rivojlanishida katta rol o ‘ynaydi. Bunday o ‘quvchilar bilan ishlashda ularning 
aria shu kuchli tomonlariga tayanish lozim. Bu ijobiy sifatlardan o‘qituvchining
70


maqsadga muvofiq ravishda foydalanishi bunday bolalarning o lqishini ancha 
ycngillashtiradi.
Boshqa o ‘quvchi!arda, aksincha, o ‘zlashtirish xususiyati birm uncha 
jonliroq, biroq uyushqoqsizligi, intizomsizligi, o kqishni xohlamasligi tufayli 
ulami o‘qitish ancha qiyin bo‘ladi.
Bu o‘quvchilar bilan olib boriladigan ishning xarakterli xususiyati -
ular psixikasining ojiz tomonlariga passivlik bilan moslashish emas, balki 
ularni maksimal darajada rivojlantirish uchun ularning aqliy rivojlanishiga 
faol ta’sir ko'rsatish kerak.
Yordamchi maktabda 
0
‘qituvchi ba’zan mutlaqo o ‘qishni (aleksiya), 
yozishni (agrafiya) va hisobni (akalkuliya) bilmaydigan bolalarga duch kelishi 
mumkin. Bu bolalar boshqa hamma fanlardan o ‘zlashtirsalar-da, am m o 
yozishni yoki o ‘qishni, yoki hisoblashni o ‘rganib ololmaydilar. Ular, albatta, 
individual yondashishga muhtoj bolib, alohida tuzilgan reja asosida o‘qitilishlari 
kerak. Bu o ‘quvchilar bilan ishlashda o ‘quvchining o ‘z kuchiga ishonishi, 
o‘z imkoniyatlari va qobiliyatiga ishonch bilan qarashi muhim rol o kynaydi. 
Shu sababli, ular bilan ishlashni shunday tashkil etish muhimki, u o ‘zining 
ilgarilab borayotganligini his qilsin. Ularga dastlabki muvaffaqiyatlarning 
quvonchini his etish imkoni berilishi kerak. O kqituvchi o ‘quvchining (dastlabki 
paytlarida), garchi oz bo‘lsa ham crishgan muvaffaqiyatlarini ta’kidlashi, 
uning diqqat-e’tiborini (hali oz bo‘lsa ham) erishgan ayrim yutuqlariga qaratish 
uchun har bir imkoniyatdan foydalangani yaxshiroq.
Individual yondashishning asosiy maqsadlaridan biri — har bir bolani 
uzoq muddatli keng kolam li ishda muvaffaqiyatli qatnashishgatayyorlashdir.
Lekin frontal ish, albatta, o'quvchilarga alohida-alohida yondashish bilan 
birga olib borilishi kerak.
Yordamchi maktab dasturi o'quvchilar tarkibini hisobga olgan holda 
dilferensiatsiyalashganyondashishni nazarda tutadi, biroq ular o ‘qituvchining 
har bir o ‘quvchi bilan alohida ishlash yolini belgilab berolmaydi. Yordamchi 
maktabning o'ziga xosligi shundan iboratki, darsni rejalashtirishda 
0
‘qituvchiga 
har bir o ‘quvchining xususiyatlarini hisobga olish uchun keng imkoniyat 
beriladi.
Differensiatsiyalashgan yondashish o ‘quvchilaming umumiy guruhlarga 
oid xususiyatlariga (ularning bilish faoliyatining xususiyatiga, dastur 
materialini o ‘zlashtirish saviyasiga, mustaqillik darajasiga, ish qobiliyatiga) 
qarab yuqori, o'rtacha va past guruhlarga shartli ravishda bo ‘lishni, ya’ni 
sinf ichida differensiatsiyalashtirishni m o ‘ljallaydi. 0 ‘qituvchi shu 
xususiyatlarga asoslangan holda har bir guruh uchun maxsus vazifalar 
tanlaydi.
0 ‘quvchilar guruhi uch xil variantdagi topshiriq ustida ishlab, kuchi 
yetgan darajada bilim, ko‘nikma va malakaga ega boladilar. Guruhdagi ish 
barcha sinf bilan bajariladigan keng kolam li ish bilan birgalikda olib boriladi.
71


Ishni shunday tashkil etganda o ‘quvchilarning muntazam o ‘sishi, bir 
guruhdan ikkinchi guruhga — kuchsizroq guruhdan kuchliroq guruhga 
o‘tishlari uchun yetarlicha sharoit tug‘iladi.
Ishning bunday tizimining tarbiyaviy tomoni juda muhim ahamiyatga 
ega. O kquv materialini bo‘sh o ‘zlashtiruvchi o ‘quvchilar o ‘z kuchlariga qarab 
topshiriq olganlari tufayli, yuqori baho olish imkoniyatiga ega boladilar, bu 
esa ularning o ‘qish faoliyatiga ijobiy ta ’sir ko‘rsatib, yanada yaxshi o ‘qish 
hissini uyg‘otadi.
Differensiatsiyalashgan yondashish, bir tom ondan, o ‘qituvchining 
maqsadga muvofiq ishlashi uchun zarur bo‘lsa, ikkinchi tomondan, har 
bir o ‘quvchining bilish imkoniyatlaridan yetarli ravishda foydalanish va ulami 
rivojlantirish uchun zarurdir.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish