Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
12
http://ziyonet.uz/
hammasi «Ahmad» soʻzida ham qadr-qiymat topgan boʻlib, oʻgʻlida (otasida bor) uch
harf otadan belgidir.
«Ho»si senga muhabbat nasib boʻlganini anglatib, Alloh seni oʻziga «Habib» dedi. Alloh
yuzida nima yashiringan boʻlsa, ular hammasi habibi yuzida ham namoyondir. Bu
koʻzguni unga guvoh qilib, u ne qilsa, uni koʻzgu aks ettirib turar edi.
Tuproqdan boʻlgan odam zuhur etgandan keyin unga ul pok nur oʻz yolqinini
joylashtirdi. Uni nur emas, abadiy yashin, yashin ham emas, Ahmad ning oldindan
ma’lum boʻlgan zoʻr shu’lasi deyish ham murnkin.
Odam Atoga shunday shu’la yashiringandan keyin, ichida nihon, biroq yuzida aniq
koʻzga tashlanib turadigan boʻldi. Shunday qilib, uning yelkasiga shon-sharaf toʻni
yopilib, boshidan sharaf toji oʻrin oldi. Shu yoʻl bilan (Allohga) elchilik taxtida u shoh,
farishtalar guruhiga esa panoh boidi.
Shundan keyin u Havvo bilan birlashish payiga tushdi. Shu yoʻsinda bu nur Havvoga
ham koʻchdi. Havvoning yuzini u poklab, Xudoning nuri hurlarning yuzini chiroyli
qilgandek boʻldi.
Bu xususiyatlar Shisga koʻchgandan soʻng, uning yuzi hatto Oyni uyaltiradigan darajaga
yetdi. Avlodlari ipidan bir dona gavhar kamaysa, qornidan yana boshqa bir gavhar oʻrin
oladigan boʻldi. Otadan ota, onadan onalar yuzaga kelib, shundan keyin bunaqa Ona
boshqa paydo boʻlmadi. Shu ravishda Muhammad (s.a.v.) elchilik durrining xazinasi,
yanada toʻgrirogʻi, paygʻambarlik gulining gulshani boʻldi.
Dur paydo boʻluvchi sadaf yangi bir durga pardapoʻsh (ikki-qat) boʻlganda, jahon
dengizlarida gʻulgʻula va shovqin-suron koʻtarildi. Uning yuzidan niqobni olinganda,
boshqa bir bunday Oftob tugʻilmagani ma’lum boʻldi. Tun qorongʻiligini nur egallay
boshladi. Bu Yer yuzini esa behishtga aylantirdi.
VIII - Ikkinchi Na’t
Uning hayotining yosh niholi jahon gulshanini yashnatib, undan qirq yilgacha hayo va
adab gullari ochilib, soʻngra u paygʻambarlik mevasini bergani, shuningdek, shoxi va
barglari jannat daraxti shoxidan ham yaxshi oʻsib, bundan ikki olam ahli uning
marhamati soyasiga kirgani
Ey tugʻilishdanoq yangi chiqqan Oydek koʻringan Zot! Yoʻlingning bolalik chogʻi
qadimiy osmon odaticha edi. Insonlarning ham, farishtalarning ham joni, jononasi! Ikki
dunyoning yakkayu yagona gavhari! Sening beshiging firuza rang taxtadan ishlangan
boʻlib, toʻxtamay tebratib turilardi.
Sen kabi toza bir yaprogʻni bu Olam gulshanida koʻpni koʻrgan bu falak umrida
koʻrmagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |