Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
9
http://ziyonet.uz/
biri oʻz ahvolidan afsus va pushaymonda. Bunisi oʻz dardi uchun voy-voylasa, unisi oʻzi
chekayotgan qiyinchilikdan xoy-xoylab yigʻlagani yigʻlagan.
Ularning ohlari maxshar kunidagi betoqatlikdan boʻlib, bu yigʻi emas, balki buyuk
daxshat sodir boʻlgan soatdir.
Nomai A’mollar yozilgan qogʻozlar odamlar orasida uchib yurar, ularni koʻrib,
hammaning yuragi qon edi. Ularning barchasida oʻzboshimchalik bilan badxoʻyliklar,
badxoʻylikkina emas, yuzqaroliklar yozilgan edi. Onasi qiziga qaramasdi, otasi oʻgʻliga.
Hammalarining ogʻzida xasrat nidolari!
Qayoqqa qaramang, guruh-guruh gunohkorlar. Ularning gunohlari esa togʻ-togʻ edi.
Ularning har biri qoʻrqinchli bir koʻrinishda boʻlib, xalqa va zanjirlar bilan bogʻlangan.
Ularga yana doʻzax oʻti gʻavgʻo solib, buni koʻrganlarning soʻngaklari mayda-mayda
boʻlib ketardi. Boshqa bir tomonda esa jannat gullari jilva qilib, ularga bu doʻzax oʻtidan
ham battar ta’sir etar edi.
Kun qizigʻidan bosh qaynar, qiyomat ahlining dod-faryodlari osmon-falakkacha chiqar
edi. U yerda xayol toridek koʻprik ham boʻlib, lekin bu xayol amalga oshishi qiyin bir
xayol edi.
Bu yerda panja va bilak kuchga toʻlgan boʻlib, uni adolat tarozusining tartib-qoidasi
ushlab turardi.
U yerda odil hukmdor (Alloh) hukmronlik qilar, binobarin, «uning podsholigi doimiy
boʻlsin, hukm chiqarish va sha’n-shavkat uning qoʻlida»dir.
Zulm shu’lasi avjiga minib, qaxr dengizi mavj ura boshlaydi. Bunday, lahzalarda
avliyolar ham oʻylanib, paygʻambarlar ham hayratga botishlari turgan gap. Bundan
arablardan chiqqanigina (Muhammad s.a.v.) mustasno boʻlib, faqat u xalqni ximoya eta
oladi. Goh u sirot koʻprigi ustigacha chiqib, bir necha lahza (savob va gunohlarni
tortuvchi) tarozu oldida yelib-yuguradi. Goh uning buyuk himmati ogʻziga kuch berib,
oʻzining mayin tovushi bilan: «Ey mening ummatlarim, xoy mening ummatlarim!» -
deydi.
U faqat gumroh ummatlarini emas, balki Alloh nimani yaratgan boʻlsa, hammasini
chaqirib soʻzlashardi. Paygʻambar nima desa, Tangri hamma deganim qabul qilar, uning
mayli qaysi maqsadga qaratiigan boʻlsa ham, uning istaklari Alloh hisobidan bajarilardi.
Ey Xudo, uning qanday haqqi boʻlgan boʻlsa, sen nasib etib, u Senga doʻst boʻlishdek
martabaga ham erishdi. Shu bilan birga bu sifat gʻamli anjumanda, gʻam emas, motam
yigʻinida uni butun Olamga shafe’ etib, soʻzlariga esa lutfingni tobe’ etgaysen.
Do'stlaringiz bilan baham: |