Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
11
http://ziyonet.uz/
topib, farogʻatda boʻlsa! Bunga esa doʻzaxda dard chekib, kuyib-yonish boʻlsa!
Ixtiyoringdagi lutf va karam xazinasini nima qilasan? Uni marhamat qilib kimlarga
berasan? Yuzlari gunohlari tufayli yegan shapaloqlardan qoraygan muhtojlar, asirlar
hamda tilanchilar dasturxoningdagi ne’matlardan totinmasa! Nahot sening lutfu karaming
shunday boʻlsa!
Sen, axir, dasturxon yoz ochlarga! Toʻqlar ortigʻini yeya olmaydilar, aks xolda qorinlari
shishib ketishi mumkin. Axir bulutlar chanqab, qurib yotgan ekinga yogʻmay, dengiz
ustidan oʻtayotganda yogʻadimi - bundan nima foyda! Kimki och boʻlsa, luqma uning
nasibasidir. Toʻnni kim yalangʻoch boʻlsa, oʻsha kiygani durust-ku!
Bu gaplarimning hammasi afsonasifat gaplardir. Kimki Senga umid bogʻlagan boʻlsa - u
xotirjamdir.
Ey Tangrim, Sening karaming dengizi joʻsh urib turarkan, oʻsha muhtojlar toʻdasi oh-
figʻon chekib turgan chogʻlarida garchi ularning gunohlarining xaddu poyoni boʻlmasa-
da, Sening ularga rahm qilmasligingning ham imkoni yoʻqdir. Lutfingning shohona
pardasini tortib, ularning qilgan-qilmagan gunohlaridan kechganingda barchalari
navozishing bilan hurmatga sazovor boʻlganlarida, bundan Navoiyni ham maxrum
etmagaysen! Unga, ya’ni Navoiyga hur ham kerak emas, jannat ham. Uning uchun Sen
oʻzing boʻlsang, unga shuning oʻzi yetadi.
VII - Birinchi Na’t
(Mazkur madh) ul hazrat (Muhammad s.a.v.) paydo boʻlgan turning qadimiyligi haqida
boʻlib, eng avvalgi harakatlaridayoq bu bebaho durning yolqini mahfiylik ipini uzdi va u
yagona gavharning porloq nuri shu’la koʻrguzdi va durjdan durjga koʻchib, safiyulloh
(Odam a.s.)dan Abdulloh gacha yetdi
Sening miring shu’lasi zuhur qilganda, ungacha na soya bor edi, na nurning oʻzi. Ikki
dunyo paydo boʻlguniga qadar Sening nuringga tob bera oladigan hech narsa yoʻq edi.
Jism (tana) qismlari (burchak)iga yigʻilgan, har narsaning asl Zoti(dan namunalar)
joylashtirilgan tokchaga ruh sham’ yoqdi. Azal subhi bazming chirogʻini qoʻlga
kiritganda, boshqa yuz minglarcha chirogʻlar ham charaqlab ketgan boʻlsa ajab emas.
Odam Ato Senga nisbatan avvalgiday, aslida u senga oʻgʻil boʻldi, soʻng insonlarga ota.
Oʻz nasliga koʻra har bir odam u bilan payvand, farzandiga barcha farzanddirlar. Kimki
bunga xujjat da’vo qilsa, «Qur’on»dagi «Men paygʻambarman» iborasi yetarli
xujjatlardir. Tabiati nosogʻ biron kishi yana boshqa bir dalil talab qilsa, bunga «Odam»
soʻzidagi «alif», «dol» va «mim» harflari borligi yetarlidir. Chunki bu harflarning
Do'stlaringiz bilan baham: |