Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
14
http://ziyonet.uz/
Ul paygʻambarlik Kuyoshining soyasi yoʻqligining darajasi, toʻgʻrirogʻi, Quyosh
boʻlmoq uning soyasi ekanini va besh barmogʻida qalam ushlamagan holda yetti iqlimni
qoʻlga olgani, hatto barcha dinlarning daftarlari varaqlariga ma’n etish qalamini chekkani
haqida
Ey sharaf koʻkida yuzi quyosh sham’i boʻlgan, u sham’ga koʻk osmon soya singaridir!
Agar senda soya solish odati boʻlmaganda, oyogʻing ostiga tushib yotarmidi! Sham’ing
darajasining buyukligidan bu soyadan sen or qilding.
Chehrangdan Quyoshga ham nur taralib, uning atrofida soyasi yaqin kelolmay, ajralib
yuradi. Alloh senga bundan yuz xissa ortiq nur bergan boʻlib, agar sen soyadan
nafratlansang ham ajablanarli yeri yoʻq.
Soya sening shaxsingga yor boʻlmasa ham, ammo butun borliq sening qadring
soyasidadir. Sham’ing oldida qadimiyat nuri - qorongʻilikdan iborat boʻlib, nimaiki unga
hamsoya boʻlsa, oʻsha nurdir.
Barcha oʻtgan paygʻambarlar senga soya sifat boʻlib, bu dega-nim - ular Sening
Quyoshingdan chiqqan ziyolardir. Olijanob Quyosh oʻz husnini turlicha namoyon
etganda uning dagʻal jussasi oʻsha soyaga sababchi boʻladi.
Sening zoting eng oliy nasabning javharidan boʻlgani sababli Yer soyasi bilan
birlashmadi. Sening qoʻling umrida qalam tutmagan, buning uchun u qanday qilib
qogʻozni qora qilishi mumkin! Sen qalamning uchini oʻzing ochmagan boʻlsang ham,
lekin barmoqlaring Oyning qalamini yorgan-ku!
Ushbu qalaming qogʻozga bir nuqta qoʻymagan boʻlsa ham, boshqa dinlarni bekor etish
masalalari boʻyicha koʻp narsalami bitdi. Kimki sen xatingda koʻrsatgan yoʻldan chiqqan
boʻlsa, qalam kabi ular oʻzlari oʻz yuzlarining qoraligini fosh etdilar. Kimki sen
koʻrsatgan yoʻldan bir qadam chiqqan boʻlsa, qalam oʻrnida jazo tigʻi boshini kesdi-ku.
Agar qalam yoʻqolib ketsa, bundan tashvishlanishga xojat yoʻq. Chunki jahon senga
boʻysunib boʻlgan. Sening xatingga Ajamdan boshlab Arabgacha bosh egdi. Shunday
boʻlgach, Sen qoʻlingga qalam tutmasang, bunga ajablanishning oʻrni yoʻq. Qalam
yigʻlab turib qoʻlingni oʻpmagan ekan, bu alamli voqea uni bir umr azador qildi. Kim
yuzini qora qilib, gʻamda ekan, bu - uning yuzi yorilganini emas, yoqasi chok ekanini
bildiradi. Qalamni qoʻlga olmaganing sababi shundaki, bu qalam koʻp taqdirlarni qora
qilgan edi.
Qogʻozlarni qora qilishga berilib ketdik. Lekin baxti qoralarning ximoyachisi
oʻzingdirsen.
Sening qalaming xat yozishga hech yaqinlashmadi. Qalaming boʻlmasa ham, sening
nomalaring Allohga qaratilgan. Sen Allohning qadimiy va abadiy marhamati, baxti qaro
boʻlgan odamlarning umidisen.
Do'stlaringiz bilan baham: |