Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
13
http://ziyonet.uz/
Tashqi koʻrinishdan bola, lekin aqlli daho, soʻzlaganingda bahodirlikdan boshqa narsa
gapirilmasdi.
Tole’ yulduzing tuqqan kechasi esa Osmon oʻzi unga sajda qilgan edi. Bu kufrning buyuk
togʻiga shikast yetkazgan boʻlib, shunda butlar ham, butparastlar ham yerga tiz choʻkkan
edilar.
Shunda Makkada dinimiz ahlining kuch-quvvati ortib, Uzzo va Lot butlari uzlatga
chekingan. Quraysh ahli ziddiyatli bir ahvolga tushib, ba’zilari qaygʻuga botgan
boʻlsalar, ba’zilari aysh-ishrat qildilar. Agar sen otadan bahramand boʻla olmay qolgan
boʻlsang, buning taajjublanadigan yeri yoq. Sen oʻgil bola boʻlsang, senga kim ota
boʻlishi mumkin? Asl gavharing sadafsiz qolsa, buning qoʻrqinchli yeri yoʻq. Sadaf tark
etilgan boʻlsa ham undan eng qimmatbaho dur chiqdi-ku! Oʻzining aslida bu dur sharafga
ega boʻlgan. U sadafdan or qilsa ham, buning ajablanadigan yeri yoʻq. Garchi bir
sadafdan mingta dur chiqsa ham, mingta dur bitta dur bilan faxrlanadi. U qanday dur? Bu
vafo qutisining gavharidir. Gavhar -qaysi gavhar? Bu hayo burjining yulduzidir.
Bunday yulduzdan Quyosh ham oʻzini baxtiyor xis etadi. Unga toiin Oy ham, yangi Oy
ham xizmat qilishga tayyor. Quyosh uning amriga mute’ boʻlib, undan namuna olsa,
toʻlin Oy hilolga aylanishga tayyor.
U garchi tijorat ishlari uchun dastmoyaga ega boʻlsa-da, ganj oldidagi qora tuproq misoli
edi. U topgan foydaga el koʻz tutib, koʻzlari kundan-kunga ochilar, foyda va tijoratda
unga ergashar edilar. U minib ketayotgan tuya bundan ham xursand, goʻyoki farishta
ustiga nur yogʻilayotganday. Shundan kelib chiqib savdo ahli unga «Amin» laqabini
berib, shu sababdan u Jabrailga hamdam boʻlib qoldi.
U choʻponlikni oʻz kasbi ailib olib. echkilar arslon yashaydigan toʻqaylarni oʻzlariga
vatan etdilar. Unga aql piri emukdosh boʻlish bilan birga sutining mazasi shirinlikda oʻta
ta’mli boʻlardi.
Lekin zulm zahri uning piyolasiga koʻp ezilgan boʻlsa ham, bu uning ogʻziga sut va
shakar ta’mini berar edi. Bir necha achchiq-achchiq yigʻlatadigan qiyinchiliklar yuz
bergan. Ammo bularning hammasini u shirin muomala bilan daf etgan. Necha bor oʻzaro
ixtilof tarafdorlari tunda urush-janjal qilib, uning boshiga yulduzlar miqdori qadar
toshlarni yogʻdirdilar. Lekin u erta tongdek tabassum qilib, yaxshi duolar bilan
odamlarga pand-nasihat qilar edi.
«Alloh uning qadrini koʻtardi» - bu qanday ulugʻ axloq ifodasi.
«Uning yuzi munavvar» - bu naqadar oʻzlikning olijanobligi! «Uning iqbol baxti bizga
yoʻl boshlovchi!» «Unga va uning uy a’zolariga salavot ayting!»
IX - Uchinchi Na’t
Do'stlaringiz bilan baham: |