Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
10
http://ziyonet.uz/
Kelgusida gunohkor bandalarni soʻroq qilish vaqtida uning istagiyu Oʻzingning
karamingni egizak qilgaysen! Uning ummatlaridan biron guruh oldingga kelsa,
hammasiga jazo - choh va doʻzax boʻlsa, umrida qoʻlidan bir ish kelmagan, bundan
tashqari yoʻl qoʻygan xatosi dinga xalal yetkazish boʻlgan, gʻam-andux oʻtidan jonlari
tashvishda qolgan, itoatsizlik tufayli yuzlari qaro bir qavmini u jazodan xalos etishni
istasa, uning koʻziga men - osiyni ham uchratgaysen!
VI- Toʻrtinchi Munojot
Vasf karam daryosi haqida boʻlib, inoyat nasimi esgach, mavjga kirsa, itoatsizlik xas va
xashaklarini qirgʻoqlarga chiqarib tashlaydi va gunoh togʻidan langar tashlaganlarning
sust yuradigan kemasini bir dona pat yoki somon parchasidek maqsad sohiliga yetkazadi
Ey Alloh, karaming oldida gunoh togʻi bir dona pat yoki somon parchasidek yelga
uchgaydir. Somon togʻ-togʻ qilib uyulgan boʻlsa ham, yel oldida qanday qilib maqtanishi
mumkin! Butun dunyo xalqi agar bir xatoga yoʻl qoʻysa, yoki bir aybli ish qilib, taqdirini
qora qilsa, .taqdirini oq qilish Senga oson boʻlib, amringda biron nuqson boʻlishi mumkin
emas.
Tun tun boʻyi oʻzicha oʻyin xangomasini koʻrsatib, dunyo kishilarining a’mollarini ham
qora qiladi. Lutf quyoshi chiqishiga izn berganingdan keyin mehring bilan bor zulmatni
nurga aylantirding. El adovatidan sanam yasadi. Gulni mushkin sunbulidan yashirdi. Elni
yuzdagi pardani tez uchirib ketuvchi qilib, kecha qorongʻiligʻida Oyni ravshan qilding,
itoatsizlik tunida biron gunoh qilmasa, afv chirogʻi qachon yorugʻ yonishi mumkin?!
Agar jinoyat oʻti kuchli yonmasa, ehson bulutlari qachon oʻz tomchilarini toʻkadi?! Xirqa
kiygan darvesh kiyimining etagi kir boʻlmasa, dengizdagi iliq suvga unda xojat
boʻlmaydi. Agar may kimlarningdir boshini aylantirmasa, kishidagi caxovat qoʻli kimga
yordam berishi mumkin? Zohidlik yoʻliga kirib, ba’zilar taqvodorlikka beriladilar. Shu
bilan birga buning uchun haq talab qilishlari ham bor.
Kishi xayr yoʻlida bir ish qilar ekan, maqsadi buning evaziga u dunyoda jannatni sayr
qilishdir. May bilan labini hech xoʻl qilmagan odam u dunyoda oʻsha kuni kavsar xovuzi
suvlarini talab qilar ekan, bu dunyoda biron goʻzal bilan birga boʻlishni istamagan kishi
esa u yerda hurlar jamolini havas qiladi. Chet bir vayronaiarda kun kechirgan kishi
bezatilgan qasrda orom olishni xohlaydi. Oʻz xolicha yeb-ichib yurgan odam haqqini yuz
xissa ortiq olmoqchi boʻladi. Xudojoʻyman deganlar hamma haqni olib qoʻysa, peshonasi
shoʻr kishilar nima qiladi? Ularning xatolari boʻlsa, xatolarini afv etganing qani?
Bundaylarga saxovat koʻrsatib, ularga ataganlaring qani? Lutf va ehson dengizi toʻlib-
toshib turganda, ba’zilarning tashnalikdan ogʻizlari qurib, ularni shu xolatda oʻldirsang
yoki bu dengiz yoqasidan nariga surib tashlar ekansan, shunday ishga yoʻl qoʻyish
mumkinmi? Hamma ishni qilishing mumkin, lekin buni emas. Har bir odam qancha osiy
va gunohkor boʻlmasin, u shuncha afv hamda muruvvatga loyiqdir. Agar taqvodorlarga
mukofot behisht boʻlsa, isyonchi esa doʻzax oʻtlarida tanasi kuysa! Unisi jannat bogʻini
Do'stlaringiz bilan baham: |