Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
16
http://ziyonet.uz/
Buni oddiy qoʻl dema, u bamisoli bir tigʻ boʻlib, bitta barmogʻi bunga ishora boʻlganda
Oyni ikkiga boʻlgan qoʻl edi .
Ajab emas, uning moʻjiza koʻrsatuvchi qoʻllari bir ishora bilan oyni ikkiga boʻlgani.
Paygʻambar minib yurgan tuya yerboʻylab qadam tashlab borar ekan, uning har bir izi
oʻsha «Oyning ikkiga boʻlingani»ni yeslatar edi.
Paygʻambarning buyrugʻi bilan yosh koʻchat chiroyli harakatga kelar, goʻyo oʻjar sanam
yurib ketayotganday boʻlardi.
Dushmanlar tufayli u gʻorga berkinganda gʻorning ogʻzidagi oʻrgimchak’ uni parda
toʻqib toʻsgan. Oʻsha parda shamolda uchib ketmasligi uchun qushlar oʻsha pardaga oʻz
tuxumlaridan tugma qilgan edilar. Pardaning iplari jon rishtasidan toʻqilgan boʻlib,
tugmalari goʻyo shohona gavhardan edi.
U shu taqlidda tuzoq qoʻyib, gʻor oldiga esa don sochib, qarang, qanday baxt qushlarini
ovlay oldi. Gʻorda hushyor doʻsti (Abu Bakr Siddiq) bilan berkinib turar ekan, goʻyo ular
togʻ qatida yotgan oltin bilan kumush edilar.
Kofirlar bayrogʻining balandligi vaqtincha ortgan paytda u dini gʻalaba qozonishini duo
qilar ekan, ikki tandan biriga toj muyassar boʻlishini tiladi. Bularning biri Abu Jahl
boʻlsa, ikkinchisi Umar edi. Abu Jahlning taqdiri oxiri azob-uqubat, ikkinchisi haqidagi
duolar esa mustajob boʻldi. Xudoning kitobi - «Kalomulloh» esa Muhammad s.a.v.ga
nasib boʻldiki, dunyoda bundan ortiq’moʻjiza yuz bermagay.
Suralar hali (toʻla ma’noda) sura emas, «Qof», «Nun» yoki «Sod» harflariga oid qismlar
boʻlib, bular turli harflarga oid qoralamalar edi. Ular Paygʻambarning sochlaridek tarqoq
edi. (Hazrati Umar)«Qur’on» boiaklarini yigʻib jamlagan toʻplovchi boʻldi. U Muqaddas
Makkani butxonadan ajratib, qilichining suvi bilan uni butparastlardan tozaladi.
Koʻrinishdan butlar tamom olib chiqib tashlangach, Paygʻambar Haq uyida butlarni
sindiruvchi sifatida oʻrin tutdi. Uning yetigining na’li sharaf toji sifatida yeng yuqoriga
qoʻyilgan boʻlsa, Ali bu na’lga yelkasini tutdi.
Paygʻambarlik dengizining duri - paygʻambar ruh boʻlsa, toʻrt rafiqi uning tanasining
toʻrt unsuri boʻldi. U oʻzi (doʻkondagi) qimmatbaho boylik boʻlsa, Ali uning sotuvchisi,
goʻyo ayriliq vodiysida yurgan bir muhojir edi. Kofirlar tomonidan dinga darz
yetkazilganda, bu toʻrt kishi gʻalaba yoʻlidagi devor boʻldilar. Ularning odamlarini,
avlodlarini, uning qoʻl ostida boʻlganlarni, ulugʻlari, nevaralari va doʻstlarini Alloh
qoilasin! Ular Tangri taolo karamiga yaqin boʻlib, qiyomat kunigacha ularga yuzlarcha
minnatdorlik tuhfalari boisin!
XI - Beshinchi Na’t
Do'stlaringiz bilan baham: |