Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
17
http://ziyonet.uz/
Me’roj kechasi ta’rifida; olijanoblikdirkim, «Ul zoti pok» sadoqatli boʻlib, oʻz bandasi
(Muhammad s.a.v.)ni bir kechada Haram masjididan Aqso masjidiga olib bordi va
buning isbotiga ikki sodiq guvoh bordir
Kechalarning birida koinotni qorongʻilik bosib, quyosh obi hayot bulogʻidek yashiringan
edi. Garchi u buloq koʻzga koʻrinmasa ham, Xizr koʻk uzra undan qatralar sochardi. Tun
changlarini anbarga aylantirgan, ularni jannat shabadalari Yer uzra tarqatar edi. Yer
yumaloq shakldagi xushboʻy idishga aylanib, tun qorongʻiligidan unda anbar
tayyorlanayotgandek edi. Yer idishi ostida Quyosh oʻt yoqayotgan, idishni esa Osmon
oʻz yetagi bilan yopib turgandek koʻzga tashlanardi. Orom va tinchlik yomgʻiri yogʻib,
yuz berayotgan hodisalar toʻzonini pasaytirishga intilardi.
Shu kecha doʻstlik gulistonining sarvi doʻstlik xonasining sham’ini yanada ravshanroq
qildi. Uchrashuv xayoli bilan koʻngli xursand boʻlib, dengizdek joʻsh urib hayqirdi. Shu
payt oliy maqomli sayyoh yetishib, qoʻlida esa qushdek uchadigan otning jilovini ushlab
turardi. Bu ot koʻkda sayr yetishdan orom olib, unga Yerdan osmongacha chiqish bir
qadam boʻldi. Allohning pok xabarchisi unga salom qilib, Alloh nomidan unga ma’lumot
berib dedi: «Ey shavqli sirlarning xazinasi! Alloh seni koʻrishga oʻz shavqu istagini
bildirmoqda. Chunki paygʻambar jonon xabarini topgan ekan, uning jonon xabarini
topgani yangidan jon topganidir».
Xabarchi unga yordam berib, otga mindirib, otni oʻzi kelgan tomonga qaytarib olib
ketdi. Shu ravishda bu olijanob, ochiq yuzli otliq sayr qilar, tole’i baland oti qushdek
uchar edi. Bu tez chopishga oʻrgangan ot chang koʻtarib, aql koʻzini koʻrmaydigan
holatga solardi.turardi. Bu ot koʻtarilib koʻk osmonga yetganda, Oy oʻtish uchun unga
tuynuk vazifasini oʻtadi. Qalam yegasi Atorud bunda hurmat qozongan, buqalamunligʻ -
ikkiyuzlamachilikka yoʻl qoʻymayotgan edi. Zuhra xursandchilik barbatini sozlab, u
(Paygʻambar)ni zamzama bilan qoʻllay boshladi.
Quyosh oʻz soyasi bilan uning jamolini toʻsib turar, hilol esa shu’la ostida berkingandek
edi. Mehrida Bahrom (Mirrix) birsoʻz boʻlib, sharaf tigʻi yuziga koʻzgu kabi edi. Unga
yaqin yurishdan Mushtariy yanada martabasi ortib, yoʻlidagi bir zina unga minbar boʻldi.
Zuhal sham’i qorongʻilikni yoritib, (Paygʻambar)ning zangi (negr)dek qora otini oq qilib
koʻrsatdi. Unga Hamal ham, Savr ham jonlarini berayotgandek, togʻrirogʻi, ikkisi ham
jonini qurbon etishga tayyor edilar.
Ham oldida Javzo kamarini tortib bogʻlagan, ham Saraton oʻzini tik tutib, jilva qilar edi.
Sher (Asad) yoʻlidan bir goʻshani egallab, Sunbula uning otiga yoʻl ozigʻi boʻldi. Palla
yoʻli gardini qimmatbaho iksirday oʻlchar, Aqrab orasida ichkizish, davolash, (nina)
sanchish, ogʻritish ishlari olib borishmoqda. Qavs esa chillaga oʻtirib, duo qilish payida.
Jady (togʻ echkisi) unga yetishi uchun (ozigʻ boʻladigan) birinchi sutini keltiradi. Dalvga
Do'stlaringiz bilan baham: |