Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
5
http://ziyonet.uz/
tugallanish ham yoʻq. Avval ham oʻzing, oxir ham, oʻrtalik ham. Barcha-barchaga
yaratuvchi boʻlganingdek, banning koʻzi, koʻz qorachigʻi ham oʻzingsan.
Qachonki bu dunyo nihoniy bir xolatda edi, «Nihon»ning oʻzi ham jahondek yashirin
edi. Hali kunning yuzi yosmin yaproqlarini sochmagan, kechaning soch oʻrimlaridan
Xoʻtan mushkining boʻyi kelmas edi. Koʻkda ham lolalar shafaq ochmagan, na
yulduzlardan ularga shudring toʻkilmagan edi. Na yer bor edi, na yer yuzida biron kishi.
Koʻkning ham, yerning ham jabr-zulmdan boshqa ishi yoʻq edi.
Husn oʻti ham biron yigʻinni qizitmas, ishq egalariga ham kuyib-yonish uchun asos yoʻq
edi. Koshonalar ham sham’ oʻti bilan yorimas, binobarin, parvona ham uning ishqida
kuymas edi. Haligacha gul ochilib nozik jilvalar koʻrsatmagan, bulbul ham unga xonish
qilmas edi.
Nargisning koʻzi yumilib turganidan uni oʻlgudek mast, deb oʻylamaslik lozim. U
yoʻqlik gulshanida chuqur uyquda. Mayxonada xali xumning ogʻzi ochilmagan.
Taqvodorlar esa may uchun jandasini garovga qoʻymagan. Mayni quyib ishva bilan
uzatuvchi bola zohidlarni mayning quyqasini ham ichib qoʻyishga oʻrgatmagan bir davri.
Hali u dengizmisol Zot tinch va orom olar, oʻzining mumkin boʻlgan mavjlarini ayon
qilishga kirishmagan edi.
— Ey Xudo, sen bor eding-u boshqa bir narsa mavjud emas edi. Oʻz husning oʻzingga
jilva qilar edi, xolos. Sening husning gʻoyib narsalarni aks ettiruvchi oynada zohir boʻlar
edi. Unda shu bilan birga sirli xayolot jilva qilardi. Bunda koʻruvchi ham oʻzing eding,
koʻrinuvchi ham. Ishqing oʻzingga yoqib, oʻz husningdan oʻzing magʻrur eding. Birlik
(1) bor edi-yu boshqa sonlar yoʻq edi. «Bir»dan oʻzga yagonalik mavjud emas edi. Hali
oʻzing bilan bogʻliq ilmning asl mohiyatining qisqacha ifodasi, shuningdek, martabalar
va xolatlarning tafsilotlariga mone’liklar ham yoʻq edi.
Biroq oʻsha oshiqlarni yondiradigan, har bir shu’lasi ufqlarni kuydiradigan chehra oʻzi
zohir boʻladigan yerda zuhur boʻlishni, uning ushbu husni kamolining bundan ham
mukammal boʻlishini xayol qilardi. Allohning husni jilvasiga chek yoʻq edi. Uni koʻrish
uchun son-sanoqsiz koʻzgu kerak boʻldi. Bu rang-barang gulshanni ochganda esa unda
har bir gul oʻzi xitoyi koʻzgu ekani bilindi. Bu husn jilvasi ravshan koʻrinishi uchun
ushbu koʻzgu paydo boʻlgan edi.
Ushbu vositani sen toʻla amalga oshirganing tufayli toʻqqiz osmon taxta (lavh)si tiniq
oynaga aylandi. Osmonning sof yuzida har bir yulduz seni oʻzida aks ettiruvchi bir
koʻzguga aylandi. Quyosh yuzini ham oynarang qilding. Quyosh tutilishi esa uning
zanglagani belgisidir. Koʻkni zangori varaqqa oʻxshatib, oʻsha sahifani esa koʻzguga
Do'stlaringiz bilan baham: |