Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
3
http://ziyonet.uz/
boʻlib, bu bilan ushbu ikki mehmonxona (jahon) toʻldi. U (Alloh) ulugʻvorligi bilan oʻt
yoqsa, jamoli lutf bilan jamoliga suv sepishi mumkun edi.
Ey xasta Navoiy, sen navo istab, shunday bir yoʻlga otlanadigan boʻlsang, yoʻl yomon,
yaxshi deb tashvish chekma. «Bismilloh!» - degin-u, qadam bos. «Yaxshi sanolar boʻlsin
karamga!» Uning karamidan odamlar hurmatdalar-ku!
II
Barcha yaratilgan jonli va jonsiz narsalarni tasavvur etish uchun qalamining san’atkorligi
chehrasini ochgan va hikmatli qalami jamolini orttirish hamda har bir koʻngul
gʻunchasiga bir husn guli tomon uning shavqi zanjiriga bogʻliklikni va har koʻzining
yulduziga bir koshi hilol bilan muhabbat ipi orqali payvastalikni yuzaga keltirgan ul
Xoliq hamdi
Hamd boʻlsin Allohgakim, aslda bu Unga farzdir. Olamdagi har bir zarra Unga hamd
aytadi. Uning zotining yagonaligi quyoshdek ma’lum. U zarradan koʻp-u quyoshdan ham
yorugʻ. Jism osmonini sayrgohga aylantirgan Udir. Rux quyoshini yorugʻ qilgan ham
Udir. Osmonning firuza gulshanini baland qilib yaratgan ham U. Gullari (yulduzlar)dan
quyoshga guldasta tutamini yaratgan ham Uning oʻzi.
Osmonning har tomonida yulduzlar timsolida gullar ochilib, uning bu guldastasidan koʻk
boʻylab sochilganlari ham mavjud.
Mintaqa jihatidan lojuvard osmon san’atkorlik bisotida ikki taxtadan iborat nardning oʻzi.
Osmon tosiga solish uchun Alloh oy bilan quyoshdan ikkita soqqa yasagan. Munaqqash
osmon unga taxta oʻrnida boʻlib, ikki oltilik oʻn ikki burj uning hisobida. Tunu kun
yulduzlar bilan sadaf taxtada soqqabozlik oʻyini namoyishi. Dunyoda yuz bergan savob
va
qusurning barcha rang-barang koʻrinishi shu nardda zuhur etgandek. Bunda azizlar ham,
xasislar ham oʻz xunarini namoyon etish payida, ikki dushman - tasodif va taqdirdek.
Erta tong oʻzining gul yuzini ochishi bilan tun sunbulini yuziga zulf qilib olgandek. Ul
yuz butun olamga oppoq yorugʻlik taratar ekari, u zulf esa, tepadan mushk sochayotgan
boʻladi. Shu tarzda oqu qaro shuhrat tutib kecha va kunduzdan mushk va kofur tarqala
boshlagan.
Inson aqlining hujrasi yasalar ekan, Alloh aqldan u hujraga shamchiroq yoqdi. Bu
shamchiroqqa inoyat piligi qoʻyilib, undan haqiqat nuri shu’la bera boshladi. Undan
koʻngul maskani nur olsa, ishq shabadasi bilan u oʻchirilar edi. Alloh ishq yelini
kuchaytirganda va tezlashtirganda, bundan aql chaylasi parcha-parcha boʻlardi. Bu yel
har qanday toat-ibodat va parxezkorlik xirmanini uchirib, har qanday sabr va
Do'stlaringiz bilan baham: |