Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
4
http://ziyonet.uz/
osoyishtalikni sovurib yubora oladi. Aql bogʻining yosh novdasini xashakka aylantirib,
balo dengizining mavjlaridan toʻlqinlar yuzaga keltirdi. Dard va balo oʻtini yanada
tezlashtirib, tezlashtiribgina emas, charx (taqdir) uni oʻz dushmani qildi. Visol bulutlarini
yomgʻir. yogʻadigan qilib, buni esa oʻsha oʻtlarni oʻchiradigan etdi.
Husn quyoshini hammayoqni kuydiradigan qilib, uning yorugʻlik ta’sirini esa olamni
yondiradigan etdi.
Buni quyosh dema - mamnuniyat bogʻi degil. Uni bogʻ ichidagi ochilgan gul deyish ham
mumkin. Har bir jilvasi jon gulshanining oroyishi boʻlib, uning nazariga tushish
koʻngilga osoyish bagʻishlaydi.
Uning zoti asosida lutf va safodan oʻzga narsa boʻlmagan esa-da, lekin vafoning isi unga
begona. U vafo rangidan xoli boʻlgani sababli, vafo ahllari joniga zulm qiladi. Kimgaki
vafo ta’mini bilish nasib etilgan ekan, oradan bir nafas oʻtmay, uning koʻzidan yosh
oqqani oqqan. Kimki hayotida vafodan boshqa ish qilmagan xolda, buning evaziga
nasibasi jafo chekishdan boshqa narsa emas. Ishqni jon ipiga bogʻlab, vaslni koʻngil ipiga
payvand etib, hajr vodiysiga koʻp xatarlar solib, tikan va giyohlarini nishtarga aylantirib,
lolalaridan oh shu’lalari, koʻkatlaridan zaharli oʻtlar yasadilar. Lola bilan sabzasi bu nav
manzil boʻlsa, shabadasi xalokatli shamoldan boshqa nima boʻlishi mumkin! Bu yel -
shabada emasdir, bu - biyobon oʻtidir! Bil, bu biyobon oʻti - xijron oʻti!
Kimniki bu shu’la bilan kuydirishsa, uning kulini ushbu yel koʻkka sovuradi. Bu
xalokatli shamol uni kulga aylantirsa, dardu balo koʻzgusi bu kuldan jilo topadi.
Qachonki ul koʻzguda iliqlik va nur paydo boʻlsa, unda ishq uning yuziga ham shu
xususiyatlarni baxsh etadi.
Doira bundan boshqacha qilib tuzilmasdan hamda tartib-qoidalar bir-biridan uzilmasdan,
bekatlar bir-biri bilan yaqinlashmasdan silsila silsilalar bilan yaxshi bogʻlanmaydi.
Shunday boʻlgandagina Yer kurrasi tinib-tinchib, aylana falaklarni sayr etaveradi.
Dengizlar falaklar bilan birlashib ketsa ham, buning hammasining markazi Yer
kurrasidir. Alloh lutfi tufayli barchaga mavjudlik boʻlsin! Uning qaxridan esa hamma
narsa yoʻq boʻlib ketishi mumkin.
III - Birinchi Munojot
Alloh birinchi boʻlib, aql uning ikkinchisini bilmaydi, hatto birinchi va oxirgi insonlar
kimnidir yoki nimanidir maqtamoqchi boʻlsalar, bunga loyiq boshqasi topilmaydi va
dunyodagi bo lishi mumkin boʻlgan gulshandagi gullarning yoʻqlik kechasidan borliq
gulistoniga kelmogʻining sifati va koinot bozoridagi durlaming maxfiylik bulutidan
zohirlik dengiziga tushganining ma’rifati
Ey Tangrim, dunyo boshlanishidanoq qadim abadiy boʻlib, qadimliging,
ulugʻvorligingning soʻngi ham boʻlmagan. Senda ibtido ham boʻlmagan; oxirda
Do'stlaringiz bilan baham: |