Mehnat yoshidagi aholining dunyo mintaqalaridagi salmog’i
№
|
Mintaqalar
|
Mehnat yoshidagi aholi salmog’i, %
|
1
|
Jahon bo’yicha
|
66
|
2
|
Rivojlangan davlatlar
|
67
|
3
|
Rivojlanayotgan davlatlar
|
65
|
4
|
Afrika
|
55
|
5
|
Amerika
|
66
|
6
|
Osiyo
|
68
|
7
|
Yevropa
|
67
|
8
|
Avstraliya va Okeaniya
|
65
|
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, bu sohadagi eng quyi ko’rsatkichlar Afrika mintaqalariga tegishli (Shimoliy Afrika mustasno). Agar bu jarayonlar alohida mamlakatlar misolida o’rganilsa, ko’rsatkichlar yanada pastroq ekanini guvohi bo’lamiz. Xususan, Burkina-Faso, Malavi, Zambiya, Chad, Uganda, Niger kabi davlatlarda mehnat resurslari salmog’i jami aholining yarmidan ham kamrog’ini tashkil etadi. Buning sababi, mazkur mamlakatlarda aholi tabiiy o’sishining yuqoriligi va kuchli «demografik portlash” jarayoni ro’y berayotganligi bilan bog’liq.
Aksincha, Sharqiy Osiyo (71%) aholi tarkibida mehnat resurslari ulushini yuqoriligi bilan ajralib turadi. Mazkur mintaqada aholi soniga ko’ra dunyoda birinchi o’rinni egallovchi Xitoyning joylashganligi va unda tug’ilishni cheklash yuzasidan olib borilayotgan faol demografik siyosat natijalari buning sababidir. Bundan tashqari, Fors ko’rfazida joylashgan davlatlar – Baxrayn (76%), Quvayt (75%), Katar (82%), BAA (80%) da ham mehnat resurslari salmog’i katta. Hozirgi paytda jahon bozorida uglevodorod resurslariga bo’lgan talabning ortishi iqtisodiyoti neft qazib chiqarishga ixtisoslashgan ushbu mamlakatlarning gullab-yashnashiga olib keldi. Iqtisodiy va demografik rivojlanish teskari mutanosiblikda ekanligi bizlarga yaxshi ma’lum. Shunga ko’ra, mazkur davlatlarda tug’ilish darajasi yil sayin pasayib bormoqda.
Iqtisodiy o’sish jarayonlari jamiyatdagi bir qator miqdor va sifat o’zgarishlar orqali ro’y beradi. Bular orasida aholi bandligi bo’yicha iqtisodiyot tarmoqlari tarkibidagi o’zgarish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyoti tez yuksalayotgan mamlakatlar uchun bandlik va yalpi mahsulot ishlab chiqarish tarkibida qishloq xo’jaligi salmog’ining pasayishi xosdir. Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, AQShda 1920 yilda 70 foiz ishchi kuchi qishloq xo’jaligida faoliyat yuritgan, 1940 yilda 20 foizga tushib qolgan, 2000 yildan u 3 foiz atrofida. Yaponiyada qishloq xo’jaligida band bo’lgan ishchi kuchi salmog’i 1879 yildagi 72 foiz o’rniga, 1930 yilda 30 foizga, 1990-yillarda 8 foizga tushdi. Belgiyada 1846 yilda qishloq xo’jaligida 51 foiz ishchi kuchi band bo’lgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1947 yilda 12,5 foizni, 1970 yilda 7 foizni tashkil etdi. Bu raqamlar shuni ko’rsatadiki, mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasi u yerdagi aholi bandligining tarmoq tarkibi bilan uzviy bog’liq. Bu fikrlarni quyidagi jadval ma’lumotlari ham tasdiqlaydi (3-jadval).
Iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha aholi bandligi tarkibida qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi salmog’i eng past bo’lgan mamlakatlar jumlasiga Belarus (10,2%) va Rossiya Federasiyasi (10,4%) kiradi. Bu esa MDH tarkibidagi mazkur mamlakatlarning iqtisodiy salohiyati boshqalarga nisbatan yuqori ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Buning sababi shundaki, agrar sohada mehnat unumdorligini oshirish uchun juda katta imkoniyatlar yashiringan. Fan-texnikaning yuksalib borishi bilan muayyan miqdordagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish uchun kam sonli xodimlar mehnati ham kifoya qiladi. Boshqa tomondan, oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli bo’yicha to’yish chegarasi mavjud bo’lib, bu narsa qishloq xo’jalik ishlab chiqarish hajmini ham cheklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |