Tabiiy sharoit omili – bu omil iqlim, joy relьefi, tuproq xususiyatlari, turli tabiiy resurslar kabi komponentlar orqali aholi hududiy joylashuvida ahamiyatli hisoblanadi. Quruqlik yuzasining 28 %ni egallagan 500 m. balandlikgacha bo’lgan hududlarda jami aholining 80 %dan ortig’i yashashiga, bunday rayonlarda Yevropa, Avstraliya va Okeaniya aholisining 90 %, Osiyo va SHimoliy Amerika aholisining 80 % istiqomat qilishiga, Afrika va Janubiy Amerika aholisining asosiy qismi 500 m.dan baland mintaqalarda joylashganligiga aynan yuqorida ko’rsatib o’tilgan unsurlar ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |