Davlatiy moliya


 va 2019-yillarning 31-dekabr holatiga “XYZ”  korxonasining



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

2018 va 2019-yillarning 31-dekabr holatiga “XYZ”  korxonasining 

balansi 

(mln. so‘mda) 



Aktivlar 

2018 

2019 

O‘zgarish 

Aylanma (joriy) aktivlar 

Pul mablag‘lari va bozor (qisqa muddatli)  

qimmatli qog‘ozlari  

100,0  120,0 

20,0 

Debitorlik qarzlari 



50,0 

60,0 


10,0 

Tovar-moddiy zaxiralar 

150,0  180,0 

30,0 


300,0_360,0___60,0'>Jami aylanma aktivlar 

300,0  360,0 

60,0 

Asosiy vositalar 

400,0  490,0 

90,0 


Hisoblangan eskirish 

100,0  130,0 

30,0 

Asosiy vositalarning qoldiq qiymati  



300,0  360,0 

60,0 

Jami aktivlar 

600,0  720,0 

120,0 

Majburiyatlar va xususiy kapital 

Kreditorlik qarzlari 

60,0 

72,0 


12,0 

Banklarning qisqa muddatli kreditlari  

90,0  184,6 

94,6 


Jami qisqa muddatli majburiyatlar  

150,0  256,6 

106,6 

Uzoq muddatli majburiyatlar (to‘lash muddati 

2022-yilga belgilangan 8%li obligatsiyalar) 

150,0  150,0 

0,0 

Taqsimlanmagan daromad 

100,0  113,4 

13,4 



203 

Kapitalning to‘langan qismi 

200,0  200,0 

0,0 


Aksiyadorlik  kapitali  (muomaladagi  1  mln. 

aksiya) 

300,0  313,4 

13,4 

Jami majburiyatlar 

600,0  720,0 

120,0 

Ma’lumot  uchun:  Oddiy  aksiyalarning  bozor 

kursi, so‘mda  

200,0    187,2 

-12,8 


 

Balansning birinchi qismida firma aktivlari, uning joriy aktivlaridan boshlab 

balansning  qolgan  barcha  moddalari,  ya’ni  korxonaning  pul  mablag‘lari  va 

balansning  yil  davomida  pulga  aylantirish  mo‘ljallangan  boshqa  moddalari 

summasi  sanab  o‘tilgan.  Bizning  misolda  korxona  pullari  va  qisqa  muddatli  

qimmatli  qog‘ozlari  100,0  mln.  so‘mga  baholangan.  Boshqa  aylanma  aktivlar 

debitorlik  qarzlari  50,0  mln.  so‘mdan  (ya’ni,  “XYZ”  mahsuloti  xaridorlari 

korxonaga  to‘lashi kerak bo‘lgan  mablag‘lar) hamda  150,0  mln. so‘mlik tovar-

moddiy  boyliklardan  iborat  mablag‘lardan  tashkil  topgan.  Tovar-moddiy 

boyliklar  zaxirasi  ko‘rsatkichi,  o‘z  navbatida,  xom  ashyo,  tugatilmagan  ishlab 

chiqarish va tayyor mahsulotlar qiymati (bahosi)ni o‘z ichiga oladi. 

Keyingi  o‘rinda  aylanma  bo‘lmagan  aktivlar,  ya’ni  korxonaning  asosiy 

vositalari  keladi.  Bu  guruhga,  shuningdek,  yer,  zavod  binolari  va  asbob-

uskunalari  kabi  modda  (qism)lar  kiradi

61

.  Biz  tahlil  qilayotgan  balansga  ko‘ra 



bino  va  asbob-uskunalarning  amortizatsiyani  chegirib  tashlagandagi  qiymati 

300,0 mln. so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, korxonaning jami aktivlari 600,0 

mln. so‘mga teng. 

Bundan keyin balansda “XYZ”  korxonasining majburiyatlari aks ettiriladi. 

To‘lovini  bir  yil  ichida  amalga  oshirishi  kerak  bo‘lgan  majburiyatlar  qisqa 

muddatli  majburiyatlar  deb  ataladi.  Ba’zida  ularni  qisqa  muddatli  qarz  deb 

atashadi.  “XYZ”    korxonasi  uchun  bu  ko‘rsatkich  to‘lanishi  kerak  bo‘lgan 

hisoblar  (ya’ni,  korxona  o‘z  mahsulot  yetkazib  beruvchilariga  to‘lashi  kerak 

bo‘lgan  summa  –  60,0  mln.  so‘m,  shuningdek,  ular  kreditorlik  qarzlari  deb 

ataladi) va korxonaning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha qarzi (90,0 mln. so‘m) 

summasidan iborat. 

Aylanma  aktivlar  va  qisqa  muddatli  majburiyatlar  o‘rtasidagi  farq  sof 

aylanma  kapital  deb  ataladi.  Balansda  bu  ko‘rsatkich  alohida  aks  ettirilmaydi. 

Ammo uni hisoblash juda oson. Demak, sof aylanma kapital summasi 2018-yil 

oxiriga  150,0  mln.  so‘mni  tashkil  etgan.  Buning  uchun  biz  joriy  aktivlar 

ko‘rsatkichidan  (300,0  mln.  so‘m)  joriy  majburiyatlarni  (150,0  mln.  so‘m) 

ayirdik. 

So‘ng “XYZ” korxonasi  balansining majburiyatlar guruhida uzoq muddatli 

                                                           

61

 Mamlakatimizda qabul qilingan hisobot shakllarida dastlab uzoq muddatli, keyin esa joriy aktivlar keltiriladi.  




204 

qarzlar  yoki  uzoq  muddatli  majburiyatlar  ko‘rsatilgan.  Bular  nominal  qiymati 

150,0 mln. so‘m va to‘lash muddati 2022-yil deb belgilangan obligatsiyalardir. 

Ushbu majburiyatlar bo‘yicha korxona belgilangan yillik 8% stavkasini to‘laydi. 

Bu degani “XYZ” korxonasining   obligatsiyalarga doir foizlarni to‘lash bo‘yicha 

har yillik xarajat 12,0 mln. so‘mni tashkil etadi, demakdir. Bu xarajatlar “XYZ” 

korxonasi faoliyatining moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotida aks ettiriladi.  

Korxona  balansidagi  aks  ettirilishi  lozim  bo‘lgan  ma’lumot-larning  eng 

oxirgi  kategoriyasi  uning  xususiy  kapitalidir.  Unga  ko‘ra  kapitalning  to‘langan 

qismi, ya’ni o‘tmishda oddiy aksiyalarni muomalaga chiqarish natijasida olingan 

summa  200,0  mln.  so‘mni  tashkil  etgan.  Korxona  biznesini  rivojlantirishga 

yo‘naltirilgan  taqsimlanmagan  (ushlab  qolingan)  daromad,  ya’ni  olingan 

foydaning jami ko‘rsatkichi esa – 100,0 mln. so‘mga teng bo‘lgan.  

Endi  2018-yil  31-dekabrdan  2019-yil  31-dekabrgacha  “XYZ”    korxonasi 

balansida  yuz  bergan  o‘zgarishlarni  ko‘rib  chiqamiz.  3-jadvaldagi 

ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, mazkur davr oralig‘ida jami aktivlar 20%ga 

oshgan. Shuningdek, to‘lanishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlari bo‘yicha qarzdorlik 

ham ortgan. Bir vaqtning o‘zida, qisqa muddatli qarzlar bo‘yicha qarzdorlik 94,6 

mln.  so‘mga  oshgan  bo‘lsa,  uzoq  muddatli  qarz  majburiyatlari  summasi 

oldingidek,  ya’ni  150,0  mln.  so‘m  miqdorida  qolgan.  Shu  davr  mobaynida 

aksiyadorlik kapitali ham 13,4 mln. so‘mga, ya’ni korxona biznesni rivojlantirish 

uchun qoldirgan taqsimlanmagan sof foyda summasiga teng miqdorda ortgan. Bu 

davrda yangi aksiyalar chiqarilmagan. Shuning uchun kapitalning to‘langan qismi 

ko‘rsatkichi o‘zgarishsiz qolgan.  




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish