205
xarajatlar (GS&A) (davr xarajatlari)
(30,0)
Asosiy faoliyatdan olingan foyda
60,0
Obligatsiyalar bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari
(21,0)
Soliqqa tortiladigan foyda
39,0
Foyda solig‘i
(15,6)
Sof foyda
23,4
Bir aksiyaga hisoblaganda sof foyda (muomalada 1 mln. aksiya)
23,4
Sof foydaning taqsimlanishi:
To‘langan dividendlar
10,0
Taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishi
13,4
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, “XYZ”
korxonasining xarajat moddalari to‘rtta asosiy kategoriyaga bo‘lingan. Birinchi
guruhga 110,0 mln so‘mni tashkil etgan sotilgan (realizatsiya qilingan) mahsulot
tannarxi kiritilgan. Bu korxonaning joriy yilda sotilgan tovarlarni ishlab chiqarish
jarayonida ketgan xarajatlari bo‘lib, ular, asosan, materiallar sotib olishga ketgan
xarajatlar, ishchi-xodimlarga to‘langan mehnat haqi va boshqa shunga o‘xshash
xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Sotishdan olingan daromad va sotilgan mahsulot
tannarxi o‘rtasidagi farq yalpi foyda deb ataladi. Yuqoridagi jadval
ma’lumotlaridan ko‘rinishicha, “XYZ” korxonasining bu ko‘rsatkichi 2019-yilda
90,0 mln. so‘mni tashkil etgan.
Keyingi xarajatlar kategoriyasida umumiy, ma’muriy va mahsulot sotishga
ketgan xarajatlar (GS&A) (davr xarajatlari) aks ettirilgan. Bu yerda firmaning
boshqaruv xarajatlari (masalan, menejerlarning mehnat haqi), shuningdek
marketing va hisobot yilida korxona ishlab chiqargan tovarlarni sotish bo‘yicha
xarajatlar inobatga olingan. Yalpi foyda va GS&A xarajatlari o‘rtasidagi farq
operatsion foyda yoki asosiy, ishlab chiqarish faoliyatidan olingan foyda deb
yuritiladi. “XYZ” korporatsiyasining ma’muriy chiqimlari va mahsulot sotishga
ketgan xarajatlari (GS&A) 2019-yilda 30,0 mln. so‘mni tashkil etgan ekan, uning
ishlab chiqarish foydasi 60,0 mln. so‘mga tengdir.
Uchinchi xarajatlar kategoriyasiga “XYZ” korxonasining qarz
majburiyatlari bo‘yicha foizlarni to‘lashga ketgan xarajatlari kiradi va bu
xarajatlar o‘rganilayotgan davr oxirida 21,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Ularni
ishlab chiqarish foydasi summasidan ayirib, soliqqa tortiladigan foyda summasini
olamiz. Bu 39,0 mln. so‘mga tengdir.
Moliyaviy
natijalar
to‘g‘risidagi
hisobotning
to‘rtinchi,
oxirgi
kategoriyasida korxona tomonidan to‘langan soliq summalari aks ettirilgan. 2019-
yilda “XYZ” korxonasi soliqqa tortiladigan foyda summasidan o‘rtacha 40%
miqdorida soliq to‘lagan. Shunga muvofiq ravishda korxona foydasidan olingan
206
soliqning summasi 15,6 mln. so‘mga teng bo‘lgan. Bundan ko‘rinib turibdiki,
“XYZ” korxonasining soliqlar to‘langanidan keyingi sof foydasi 23,4 mln. so‘mni
tashkil etgan. Demak, korxonaning 1 mln. aksiyasi muomalada (ya’ni,
aksiyadorlar qo‘lida) bo‘lgan ekan, uning bitta aksiyasiga hisoblangan sof foyda
23,40 so‘mga tengdir.
Biz tahlil qilayotgan hisobotda, shuningdek, 2019-yilda korxona
aksiyadorlariga dividend tariqasida pul shaklida umumiy miqdorda 10,0 mln.
so‘m to‘langani ko‘rsatilgan. Demak, bu to‘lovlardan keyin sof foyda
summasidan qolgan 13,4 mln. so‘m firma tomonidan o‘z biznesini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan. E’tibor bering: bu summa, ya’ni 13,4 mln. so‘m
korxona balansida 2019-yilning oxirida aksiyadorlik kapitalining o‘sgan
ko‘rsatkichi sifatida aks ettiriladi. Yana shunga alohida e’tibor berish kerakki, sof
foyda va firma hisob varag‘iga kelib tushayotgan pullar bu bitta narsa emas.
Shuning uchun bu oxirgi raqam (13,4 mln so‘m) firmaning pul balansiga
qo‘shilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: