Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi
hisobotda ma’lum vaqt oralig‘ida firma samaradorligiga umumiy baho beriladi.
Biz o‘rganayotgan misolda bu davr 1 yilga teng. Buning uchun foyda (income,
profit, earnings) deb ataladigan asosiy moliyaviy ko‘rsatkichdan foydalaniladi.
Foyda – bu korxonaning daromadi va xarajatlari o‘rtasidagi farq. 4-jadvalda
keltirilgan hisobotda 2019-yilda “XYZ” korxonasi tovarlarini sotishdan kelgan
tushum (daromad) 200,0 mln. so‘mni, sof foyda – 23,4 mln. so‘mni tashkil etgani
ko‘rsatilgan.
4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |