joriy narxlar asosiyda qayta baholash deb nom olgan (marking to market).
3. Foydaning buxgalteriya va iqtisodiy mezonlari
Bozor va balans bahosi o‘rtasidagi farq foyda to‘g‘risidagi tasavvurga ham
o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Umumqabul qilingan ma’noda foyda – bu Siz ma’lum vaqt
oralig‘ida sarflashingiz mumkin bo‘lgan summa bo‘lib, shu bilan birga, mazkur
vaqt boshidagi boyligingiz darajasi saqlab qolinadi. Boshqacha qilib aytganda,
foyda – bu kelib tushgan va Siz sarflashingiz mumkin bo‘lgan pul mablag‘i hajmi
bo‘lib, natijada muayyan davr oxiriga kelib, shu davr boshida qancha pulingiz
bo‘lgan bo‘lsa, ixtiyoringizda shuncha pul qoladi. Keng ma’noda iqtisodiyot
bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, taniqli ingiz iqtisodchisi Jon R.Hiks (John
R.Hicks) o‘zining mazkur muammoga bag‘ishlangan klassik asari “Qiymat va
kapital”da (Value and Capital) aynan shu ta’rifdan foydalangan va zamonaviy
iqtisodchilar ham aynan shu ta’rifdan foydalanib kelmoqdalar
62
. Bu o‘rinda shuni
ham qayd etish lozimki, yuqoridagi tarzda buxgalteriya hisobida qabul qilingan
foydaga berilgan ta’rif aksiyalarning bozor kursi oshishi yoki pasayishi yoki
ma’lum vaqtda mulk bahosi o‘zgarishi sababli olinmagan foyda yoki ko‘rilgan
zararlarni e’tiborga olmaydi.
Misol tariqasida quyidagi vaziyatni ko‘rib chiqishni taklif etamiz. Faraz
qilaylik, Sizning yil mobaynida olgan sof mehnat haqingizning umumiy summasi
10,0 mln. so‘mni tashkil etadi va Siz bu summani oilan-gizni boqishga
sarfladingiz. Ammo, shu bilan birga, aktivlaringizning umumiy qiymati 6,0 mln.
so‘mga pasayib ketdi, deylik. Umuman olganda, hech bir buxgalter bu pasayishni
e’tiborga olmagan bo‘lar edi. Chunki bu zarar potensial xarakterga ega. Sababi,
Sizning aktivlaringiz sotilmagan edi. Bir vaqtning o‘zida, har qanday iqtisodchi
Sizga qiymat kamayishini foy-dangiz hisoblanayotganida inobatga olinishi
kerakligi aytgan bo‘lur edi. Chunki u oilangizning iste’mol imkoniyatlariga ta’sir
qiladi. Axir endi bu imkoniyat yil boshidagiga nisbatan 6,0 mln. so‘mga qisqardi-
ku! Demak, iqtisodchining nuqtai nazaridan qaraganda Sizning sof foydangiz
hammasi bo‘lib 4,0 mln. so‘mni tashkil etgan.
Bundan tashqari, buxgalteriyada foyda hisoblanayotganda garchi soliqqa
62
J.R.Hicks, Value and Capital, 2-nashr (New York: Oxford University Press, 1946), 172-b.
214
tortish maqsadida foydadan chegirib qolish sifatida qarz olingan kapital bo‘yicha
foizlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olish mumkin bo‘lsa-da, shu
bilan birga, xususiyatiga ko‘ra xuddi shunday xarajat - sarflangan o‘z kapitalini
hisobga olish mumkin emas. Masalan, firma 20,0 mln. so‘m miqdorida foyda oldi,
ammo shu bilan birga u o‘z faoliyatini moliyalashtirish maqsadida 500,0 mln.
so‘mlik aksiyadorlik kapitalidan foydalanganligi uchun 10% ga teng daromadlilik
stavkasidan kelib chiqqan holda xarajat qildi, deylik. Bu holda iqtisodiy nuqtai
nazardan u 30,0 mln. so‘m miqdorida zarar ko‘rgan (ya’ni 20,0 mln. so‘m – 500,0
mln. so‘m x 0,10 = - 30,0 mln. so‘m). Bu buxgalteriya nuqtai nazaridan foyda
ijobiy bo‘lgan holda, firma o‘zining asosiy xarajatlarini, shu jumladan, o‘z
aksiyadorlik kapitalidan foydalanish bo‘yicha xarajatlarni qoplashga qodir
bo‘lmagan vaziyatga yaqqol misol bo‘la oladi
63
.
Do'stlaringiz bilan baham: |