Davlatiy moliya


  Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

2.  Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq 

 Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko‘rsatilgan  korxona aktivlari va 

aksiyadorlik  kapitali  qiymati  balans  qiymati    deb  ataladi.  Korxona  bitta 

aksiyasining  balans  qiymati  –  bu  firmaning  rasmiy  balansida  aks  ettirilgan 

aksiyadorlik kapitali umumiy summasini (so‘mda) muomaladagi oddiy aksiyalar 

soniga bo‘lish natijasida olingan qiymatdir.  

Ma`lumotlardan  ko‘rinib turibdiki, “XYZ” korxonasi aksiyalarining 2019-

yil  oxiri  holatiga  balans  qiymati  (bahosi)  313,40  so‘mni  tashkil  etgan.  Ammo 

xuddi  shu  vaqtga  ularning  bozor  qiymati  (bahosi)  atiga  187,20  so‘mga  teng 

bo‘lgan. Investorlar “XYZ” korxonasining bitta aksiyasi uchun to‘lashga tayyor 

bo‘lgan  summa  aynan  shu  summa  hisoblanadi.  Ammo  bu  qiymat  korxonaning 

rasmiy balansida aks ettirilmaydi.  

Bu  yerda  quyidagi  savollarning  tug‘ilishi,  tabiiy:  nima  sababdan  aksiya-

larning bozor va balans qiymati (bahosi) ko‘rsatkichlari bir-biridan farq qiladi? 

Va  mas’uliyatli  moliyaviy  qaror  qabul  qilishi  lozim  bo‘lgan  shaxs  uchun  bu 

qiymat (baho)lardan qaysi biri muhimroq? 

 Ushbu masalalar juda muhim bo‘lganligi uchun ularni batafsil o‘rganamiz. 

Dastlab shuni qayd etish lozimki, aksiyalarning bozor qiymati (bahosi) doim 

ham ularning balans qiymati (bahosi)ga mos kelmasligiga quyidagi ikkita asosiy 

sabab bor: 

  balans qiymati firmaning barcha aktivlari va majburiyatlarini o‘z ichiga 

olmaydi; 

  firmaning  rasmiy  balansiga  kiritilgan  aktivlar  va  majburiyatlar  ko‘p 

hollarda  joriy  bozor  qiymati  bo‘yicha  emas,  balki  dastlabki  qiymati  bilan 

baholanib, ulardan amortizatsiya chiqarib tashlanadi. 

Endi asosiy e’tiborimizni ana shu ikkala sababni batafsil ko‘rib chiqishga 

qaratamiz. 

Birinchidan,  buxgalteriya  balanslarida,  ko‘pincha,  muhim  iqtisodiy 

ahamiyatga  ega  bo‘lgan  aktivlar  qayd  etilmaydi.  Xususan,  korxona  ishlab 

chiqaradigan  tovarlar  sifati  va  ishonchliligi  orqasida  korxona  orttirgan  obro‘ 

ularda  aks  ettirilmaydi.  Shuningdek,  agar  firma  ilmiy-texnik  taraqqiyotga  katta 

mablag‘ sarflab, ma’lum ilmiy baza yaratishga erishgan bo‘lsa, bu ham balansda 

o‘z ifodasini topmaydi. Yuqorida tilga olingan aktivlar nomoddiy aktivlar deb 




212 

ataladi  va  ayonki,  ular  firmaning  bozor  qiymati  oshishiga  ko‘p  jihatdan  ta’sir 

qiladi va ular moliyaviy qaror qabul qilishda e’tiborga olinishi kerak. 

Buxgalterlar  o‘z  firmasi  balansiga  ba’zi  nomoddiy  aktivlarni  kiritadilar. 

Ammo bu narsa ularning bozor qiymati (bahosi) bo‘yicha  amalga oshirilmaydi. 

Masalan,  firma  boshqa  firmadan  patent  sotib  olsa,  patent  qiymati  balans 

aktivining  tegishli  qismida  aks  ettiriladi  va  unga  amortizatsiya  ajratmalari 

hisoblanadi.  Bundan  tashqari,  korxona  boshqa  korxonani  uning  balans  qiymati 

dan qimmat bahoda sotib olsa, buxgalter sotib oluvchi firma balansiga nomoddiy 

aktivni qo‘shadi. Bu aktiv gudvil yoki firmaning ishbilarmon sifatida obro‘si 

(goodwill) deb ataladi. Firmaning ishbilarmon sifatida obro‘si – bu u sotib olingan 

bozor  qiymati  va  uning  balans  qiymati  ‘rtasidagi  farqdan  iboratdir.  Ammo, 

yuqorida  tilga  olingan,  buxgalteriya  balansida  aks  ettiriladigan  nomoddiy 

aktivlardan  farqli  o‘laroq,  ko‘plab  boshqa  aktivlar  borki,  ular  buxgalteriya 

balansida qayd etilmaydi.  

Bundan  tashqari,  buxgalteriya  balanslarida  firma  uchun  iqtisodiy 

ahamiyatga ega bo‘lgan uning ko‘plab majburiyatlari aks ettirilmaydi. Masalan, 

balansda  firma  sud  jarayonida  javobgar  sifatida  qatnashayotgani  o‘z  ifodasini 

topmaydi.  Bunday  shartli  majburiyatlarning  mavjudligi  va  ularning  hajmi,  nari 

borsa, moliyaviy hisobotga ilovada ko‘rsatiladi.  

Keling,  endi  moliyaviy  qarorlar  qabul  qilish  jarayonida  baholarning  qaysi 

biri inobatga olinishi kerakligini ko‘rib chiqamiz – bozor bahosimi yoki balans 

bahosi (qiymati)? Deyarli barcha hollarda bozor bahosi hisobga olinadi. Masalan, 

faraz  qilaylik,  “Alfa”  korxonasi  bundan  uch  yil  avval  39,0  mln.  so‘mga 

kompyuterlar  uchun  sistema  bloki  korpuslari  ishlab  chiqaradigan  uskuna  sotib 

oldi  va  bugungi  kunga  kelib,  ushbu  uskunaning  balansi  qiymati    uch  yillik 

amortizatsiyani  inobatga  olganda  26,0  mln  so‘mga  teng.  Ammo,  zamonaviy 

ishlab chiqarish jarayonida yuz berayotgan kompyuter korpuslari ishlab chiqarish 

texnologiyasidagi o‘zgarishlar sababli ushbu uskunaning bozor qiymati 12,0 mln 

so‘mdan oshmaydi.  

Endi  faraz  qiling,  Siz  eski  uskunani  zamonaviy  uskunaga  almashtirish 

to‘g‘risida qaror qabul  qilishingiz kerak. Xo‘sh, bunda taqqoslash  uchun qaysi 

qiymat  (baho)ni  inobatga  olish  kerak?  Agar  soliq  to‘lash  masalasini  hisobga 

olmasak,  bizga  iqtisodiy  nazariyaning  asosiy  prinsiplaridan  ma’lumki, 

aktivlarning  haqiqiy  qiymati  ni  hammadan  aniq  ulardan  foydalanishning  eng 

yaxshi muqobil varianti ko‘rsatib beradi. Ayonki, ushbu muqobil qiymat balansda 

ko‘rsatilgan qiymatga nisbatan uskunaning bozor qiymati ga (12,0 mln so‘m.) eng 

yaqin qiymatdir.  

Shuni alohida qayd etish kerakki, so‘nggi yillarda buxgalterlar hisobotlarni 

ko‘proq  aktivlar  va  majburiyatlarning  bozor  qiymati  (bahosi)  asosida  olib 




213 

bormoqdalar.  Bu  esa  buxgalteriya  ma’lumotlaridan  moliyaviy  qaror  qabul 

qilishda  foydalanish  mumkinligidan  dalolat  beradi.  Shu  nuqtai-nazardan, 

korxonalarning  pensiya  fondlariga  kirgan  aktivlari  bugungi  kunda  balanslarda 

dastlabki  sotib  olingan  qiymati  (bahosi)  bo‘yicha  emas,  balki  o‘zining  bozor 

qiymati  (bahosi)  bo‘yicha  aks  ettirilishini  aytishning  o‘zi  kifoya.  Amaliyotda 

bozor narxlarining joriy o‘zgarishini qayd qilish va ular asosida hisobot tuzish 

uchun  firmaning  aktivlari  va  majburiyatlarini  har  kuni  qayta  baholash  jarayoni 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish