203
Kapitalning to‘langan qismi
200,0 200,0
0,0
Aksiyadorlik kapitali (muomaladagi 1 mln.
aksiya)
300,0 313,4
13,4
Jami majburiyatlar
600,0 720,0
120,0
Ma’lumot uchun: Oddiy aksiyalarning bozor
kursi, so‘mda
200,0 187,2
-12,8
Balansning birinchi qismida firma aktivlari, uning joriy aktivlaridan boshlab
balansning qolgan barcha moddalari, ya’ni korxonaning pul mablag‘lari va
balansning yil davomida pulga aylantirish mo‘ljallangan boshqa moddalari
summasi sanab o‘tilgan. Bizning misolda korxona pullari va qisqa muddatli
qimmatli qog‘ozlari 100,0 mln. so‘mga baholangan. Boshqa aylanma aktivlar
debitorlik qarzlari 50,0 mln. so‘mdan (ya’ni, “XYZ” mahsuloti xaridorlari
korxonaga to‘lashi kerak bo‘lgan mablag‘lar) hamda 150,0 mln. so‘mlik tovar-
moddiy boyliklardan iborat mablag‘lardan tashkil topgan. Tovar-moddiy
boyliklar zaxirasi ko‘rsatkichi, o‘z navbatida, xom ashyo, tugatilmagan ishlab
chiqarish va tayyor mahsulotlar qiymati (bahosi)ni o‘z ichiga oladi.
Keyingi o‘rinda aylanma bo‘lmagan aktivlar, ya’ni korxonaning asosiy
vositalari keladi. Bu guruhga, shuningdek, yer, zavod binolari va asbob-
uskunalari kabi modda (qism)lar kiradi
61
. Biz tahlil qilayotgan balansga ko‘ra
bino va asbob-uskunalarning amortizatsiyani chegirib tashlagandagi qiymati
300,0 mln. so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, korxonaning jami aktivlari 600,0
mln. so‘mga teng.
Bundan keyin balansda “XYZ” korxonasining majburiyatlari aks ettiriladi.
To‘lovini bir yil ichida amalga oshirishi kerak bo‘lgan majburiyatlar qisqa
muddatli majburiyatlar deb ataladi. Ba’zida ularni qisqa muddatli qarz deb
atashadi. “XYZ” korxonasi uchun bu ko‘rsatkich to‘lanishi kerak bo‘lgan
hisoblar (ya’ni, korxona o‘z mahsulot yetkazib beruvchilariga to‘lashi kerak
bo‘lgan summa – 60,0 mln. so‘m, shuningdek, ular kreditorlik qarzlari deb
ataladi) va korxonaning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha qarzi (90,0 mln. so‘m)
summasidan iborat.
Aylanma aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar o‘rtasidagi farq sof
aylanma kapital deb ataladi. Balansda bu ko‘rsatkich alohida aks ettirilmaydi.
Ammo uni hisoblash juda oson. Demak, sof aylanma kapital summasi 2018-yil
oxiriga 150,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Buning uchun biz joriy aktivlar
ko‘rsatkichidan (300,0 mln. so‘m) joriy majburiyatlarni (150,0 mln. so‘m)
ayirdik.
So‘ng “XYZ” korxonasi balansining majburiyatlar guruhida uzoq muddatli
61
Mamlakatimizda qabul qilingan hisobot shakllarida dastlab uzoq muddatli, keyin esa joriy aktivlar keltiriladi.
204
qarzlar yoki uzoq muddatli majburiyatlar ko‘rsatilgan. Bular nominal qiymati
150,0 mln. so‘m va to‘lash muddati 2022-yil deb belgilangan obligatsiyalardir.
Ushbu majburiyatlar bo‘yicha korxona belgilangan yillik 8% stavkasini to‘laydi.
Bu degani “XYZ” korxonasining obligatsiyalarga doir foizlarni to‘lash bo‘yicha
har yillik xarajat 12,0 mln. so‘mni tashkil etadi, demakdir. Bu xarajatlar “XYZ”
korxonasi faoliyatining moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotida aks ettiriladi.
Korxona balansidagi aks ettirilishi lozim bo‘lgan ma’lumot-larning eng
oxirgi kategoriyasi uning xususiy kapitalidir. Unga ko‘ra kapitalning to‘langan
qismi, ya’ni o‘tmishda oddiy aksiyalarni muomalaga chiqarish natijasida olingan
summa 200,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Korxona biznesini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan taqsimlanmagan (ushlab qolingan) daromad, ya’ni olingan
foydaning jami ko‘rsatkichi esa – 100,0 mln. so‘mga teng bo‘lgan.
Endi 2018-yil 31-dekabrdan 2019-yil 31-dekabrgacha “XYZ” korxonasi
balansida yuz bergan o‘zgarishlarni ko‘rib chiqamiz. 3-jadvaldagi
ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, mazkur davr oralig‘ida jami aktivlar 20%ga
oshgan. Shuningdek, to‘lanishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlari bo‘yicha qarzdorlik
ham ortgan. Bir vaqtning o‘zida, qisqa muddatli qarzlar bo‘yicha qarzdorlik 94,6
mln. so‘mga oshgan bo‘lsa, uzoq muddatli qarz majburiyatlari summasi
oldingidek, ya’ni 150,0 mln. so‘m miqdorida qolgan. Shu davr mobaynida
aksiyadorlik kapitali ham 13,4 mln. so‘mga, ya’ni korxona biznesni rivojlantirish
uchun qoldirgan taqsimlanmagan sof foyda summasiga teng miqdorda ortgan. Bu
davrda yangi aksiyalar chiqarilmagan. Shuning uchun kapitalning to‘langan qismi
ko‘rsatkichi o‘zgarishsiz qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: