Davlatiy moliya


Pul  oqimlari  to‘g‘risida  hisobot



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

Pul  oqimlari  to‘g‘risida  hisobot.  Pul  oqimlari  to‘g‘risidagi  hisobotda 

ma’lum davr ichida firmaning pul oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi. Aynan 

shu  bilan  u  korxonaning  barcha  daromadlari  va  xarajatlari  aks  ettiriladigan 

moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan farq qiladi. 

Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot korxona faoliyatining moliyaviy natijalari 

to‘g‘risidagi hisobotiga, o‘ziga xos tarzda yoki ma’noda, juda foydali qo‘shimcha 

ekaniga  ikkita  asosiy  sabab  bor.  Avvalo,  unda  butun  e’tibor  ma’lum  vaqt 

oralig‘ida firmaning pul resurslari hajmi qanday o‘zgarishiga qaratiladi. Hatto eng 

gullab-yashnayotgan  korxona  ham  pul  resurslar  zaxirasi  tugab,  juda  og‘ir 

moliyaviy  ahvolda  qolishi  mumkin.  Agar  korxona  boshqaruvchilari  va  boshqa 

manfaatdor kishilar pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotga diqqat bilan qarasalar, pul 

qanday qilib to‘planishi va sarflanishi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari 

va  kechayotgan  jarayonlarni  to‘g‘ri  baholashlari  mumkin.  Masalan,  ko‘pincha, 

tez  o‘sib  kelayotgan  va  yuqori  samarali  firmalarga  pul  resurslari  yetishmaydi. 

Demak,  ularda  o‘zlarining  moliyaviy  majburiyatlarini  bajarish  bilan  bog‘liq 

muammolar kelib chiqishi mumkin. 

Bundan tashqari, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot daromad va xarajatlarni 

faqat moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga kiritilgan ko‘rsatkichlar asosida 

baholashga yo‘l qo‘ymaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot “hisoblash 

usuli”  deb  ataladigan  buxgalteriya  prinsipi  asosida  tuziladiki,  unga  ko‘ra  har 

qanaqa daromadni pul mablag‘lari tushumi deb bo‘lmaydi va har qanday xarajat 

ham – pulni sarflash hisoblanmaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda 

aks  ettirilgan  sof  foyda  summasi,  ko‘p  jihatdan,  korxonada  shu  ko‘rsatkichni 

baholash uchun qabul qilingan yondashuvga, masalan, tovar-moddiy zaxiralarni 




207 

baholash usullariga yoki firmaning moddiy va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya 

hisoblashning normativ muddatlariga bog‘liq. 

Pul  oqimlari  to‘g‘risidagi  hisobotda  esa,  unda  ko‘rsatilgan  ma’lumotlar 

firmada qabul qilingan hisob siyosatiga bog‘liq emas. Shunday qilib, ushbu ikki 

hisobot o‘rtasidagi farqni o‘rganar  ekan, tahlilchi firmada qabul qilingan hisob 

siyosati  firmaning  moliyaviy  ko‘rsatkichlariga  qay  darajada  ta’sir  qilishini 

aniqlashi mumkin. 

Keling,  buni  5-jadvalda  keltirilgan  “XYZ”  korxonasining  2019-yilgi  pul 

oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti misolida ko‘rib chiqamiz. 

Jadval  ma’lumotlarining  ko‘rsatishicha,  hisobotda  pul  oqimlari  uchta 

bo‘limga ajratib ko‘rsatilgan. Bu bo‘limlar: 

a) operatsion (ishlab chiqarish) faoliyat

b) investitsion faoliyat; 

c) moliyaviy  faoliyatdan  olinadigan  pul  mablag‘lari  kirimi  va  chiqimi 

ko‘rsatadi.  

Keling,  endi  shu  uchta  bo‘limning  har  birini  batafsil  o‘rganib  chiqishga 

harakat qilaylik. 

Operatsion (asosiy) faoliyat pul oqimlari, eng avvalo, firma o‘z mahsulotini 

sotishdan tushgan pul tushumini hamda materiallarga va mehnat haqini to‘lashga 

ketgan xarajatlarni aks ettiradi. E’tibor bering, “XYZ” korxonasining 2019-yilda 

operatsion  faoliyatdan  olgan  yakuniy  pul  tushumlari  25,4  mln.  so‘mni  tashkil 

etgan.  Bir  vaqtning  o‘zida  esa,  sof  foyda  23,4  mln.  so‘mga  teng  bo‘lgan.  Bu 

o‘rinda quyidagi savolning tug‘ilishi, tabiiy: bu farq qayerdan keldi? 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish