Davlatiy moliya


“XYZ”  korxonasi faoliyatining 2019-yildagi moliyaviy natijalari



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

“XYZ”  korxonasi faoliyatining 2019-yildagi moliyaviy natijalari 

to‘g‘risida hisoboti (soddalashtirilgan shakli) 

(mln. so‘mda) 

Sotishdan olingan daromad (tushgan tushum) 

200,0 


Sotilgan (realizatsiya qilingan) mahsulot tannarxi 

(110,0) 


Yalpi foyda 

90,0 


Umumiy  xarajatlar,  mahsulot  sotish  xarajatlari  va  ma’muriy 

 



205 

xarajatlar (GS&A) (davr xarajatlari) 

(30,0) 


Asosiy faoliyatdan olingan foyda 

60,0 


Obligatsiyalar bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari 

(21,0) 


Soliqqa tortiladigan foyda  

39,0 


Foyda solig‘i 

(15,6) 


Sof foyda 

23,4 


Bir aksiyaga hisoblaganda sof foyda (muomalada 1 mln. aksiya) 

23,4 


Sof foydaning taqsimlanishi: 

To‘langan dividendlar 

10,0 

Taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishi 



13,4 

 

Jadvalda  keltirilgan  ma’lumotlardan  ko‘rinib  turibdiki,  “XYZ” 



korxonasining xarajat  moddalari  to‘rtta  asosiy  kategoriyaga  bo‘lingan. Birinchi 

guruhga 110,0 mln so‘mni tashkil etgan sotilgan (realizatsiya qilingan) mahsulot 

tannarxi kiritilgan. Bu korxonaning joriy yilda sotilgan tovarlarni ishlab chiqarish 

jarayonida ketgan xarajatlari bo‘lib, ular, asosan, materiallar sotib olishga ketgan 

xarajatlar, ishchi-xodimlarga to‘langan mehnat haqi va boshqa shunga o‘xshash 

xarajatlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Sotishdan  olingan  daromad  va  sotilgan  mahsulot 

tannarxi  o‘rtasidagi  farq  yalpi  foyda  deb  ataladi.  Yuqoridagi  jadval 

ma’lumotlaridan ko‘rinishicha, “XYZ” korxonasining bu ko‘rsatkichi 2019-yilda 

90,0 mln. so‘mni tashkil etgan. 

Keyingi xarajatlar kategoriyasida umumiy, ma’muriy va mahsulot sotishga 

ketgan  xarajatlar  (GS&A)  (davr  xarajatlari)  aks  ettirilgan.  Bu  yerda  firmaning 

boshqaruv  xarajatlari  (masalan,  menejerlarning  mehnat  haqi),  shuningdek 

marketing va hisobot yilida korxona ishlab chiqargan tovarlarni sotish bo‘yicha 

xarajatlar  inobatga  olingan.  Yalpi  foyda  va  GS&A  xarajatlari  o‘rtasidagi  farq 

operatsion  foyda  yoki  asosiy,  ishlab  chiqarish  faoliyatidan  olingan  foyda  deb 

yuritiladi. “XYZ” korporatsiyasining ma’muriy chiqimlari va mahsulot sotishga 

ketgan xarajatlari (GS&A) 2019-yilda 30,0 mln. so‘mni tashkil etgan ekan, uning 

ishlab chiqarish foydasi 60,0 mln. so‘mga tengdir. 

Uchinchi  xarajatlar  kategoriyasiga  “XYZ”  korxonasining  qarz 

majburiyatlari  bo‘yicha  foizlarni  to‘lashga  ketgan  xarajatlari  kiradi  va  bu 

xarajatlar  o‘rganilayotgan  davr  oxirida  21,0  mln.  so‘mni  tashkil  etgan.  Ularni 

ishlab chiqarish foydasi summasidan ayirib, soliqqa tortiladigan foyda summasini 

olamiz. Bu 39,0 mln. so‘mga tengdir. 

Moliyaviy 

natijalar 

to‘g‘risidagi 

hisobotning 

to‘rtinchi, 

oxirgi 

kategoriyasida korxona tomonidan to‘langan soliq summalari aks ettirilgan. 2019-

yilda “XYZ”    korxonasi soliqqa tortiladigan foyda summasidan o‘rtacha 40% 

miqdorida soliq to‘lagan. Shunga muvofiq ravishda korxona foydasidan olingan 




206 

soliqning  summasi  15,6  mln.  so‘mga  teng  bo‘lgan.  Bundan  ko‘rinib  turibdiki,  

“XYZ” korxonasining soliqlar to‘langanidan keyingi sof foydasi 23,4 mln. so‘mni 

tashkil  etgan.  Demak,  korxonaning  1  mln.  aksiyasi  muomalada  (ya’ni, 

aksiyadorlar qo‘lida) bo‘lgan ekan, uning bitta aksiyasiga hisoblangan sof foyda 

23,40 so‘mga tengdir. 

Biz  tahlil  qilayotgan  hisobotda,  shuningdek,  2019-yilda  korxona 

aksiyadorlariga  dividend  tariqasida  pul  shaklida  umumiy  miqdorda  10,0  mln. 

so‘m  to‘langani  ko‘rsatilgan.  Demak,  bu  to‘lovlardan  keyin  sof  foyda 

summasidan  qolgan  13,4  mln.  so‘m  firma  tomonidan  o‘z  biznesini 

rivojlantirishga yo‘naltirilgan. E’tibor bering: bu summa, ya’ni 13,4 mln. so‘m 

korxona  balansida  2019-yilning  oxirida  aksiyadorlik  kapitalining  o‘sgan 

ko‘rsatkichi sifatida aks ettiriladi. Yana shunga alohida e’tibor berish kerakki, sof 

foyda  va  firma  hisob  varag‘iga  kelib  tushayotgan  pullar  bu  bitta  narsa  emas. 

Shuning  uchun  bu  oxirgi  raqam  (13,4  mln  so‘m)  firmaning  pul  balansiga 

qo‘shilmaydi. 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish