normalari o‘rtasidagi mavjud farqqa qaramay, firmaning moliyaviy hisobotlarida
uning moliyaviy ahvoli, o‘tmishdagi xo‘jalik faoliyati samaradorligi to‘g‘risida
ma’lumotlar bo‘ladi va ular rahbarlarga korxonaning bo‘lajak ishini tahlil qilish
va istiqbollarini belgilashda, albatta, asqotadi. Korxonaning moliyaviy hisobotlari
asosida korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini tahlil qilishda bir qator
maxsus koeffitsiyentlardan foydalaniladi va bu koeffitsiyentlar yordamida turli
Nisbatan yaqinda AQShning bir necha korporatsiyalari tomonidan kompaniya faoliyati samaradorligini baholash uchun
Stewart & Co kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning asosiy afzalligi shundaki, mazkur ko‘rsatkich aniqlanayotganda
kompaniyaning o‘z kapitalidan foydalanishdagi vaqt xarajatlari hisobga olinadi.
215
moliyaviy “dastak” (moliyaviy leverij) (financial leverage);
4) likvidlik (liquidity);
5) bozor qiymati (bahosi) (market value).
7-jadvalda ushbu koeffitsiyentlarning barchasi va “XYZ” korxonasi uchun
ularni hisoblab chiqarish misollari ko‘rsatilgan.
Jadvalda birinchi bo‘lib, rentabellik koeffitsiyenti keltirilgan. Tahlil
davomida firma sotish rentabelligi koeffitsiyentini, uning aktivlari rentabelligi
yoki kapital daromadliligini aniqlash mumkin. Birinchi va ikkinchi holatda foyda
ko‘rsatkichi sifatida foizlar va soliqlarni to‘lashdan oldingi korxona foydasi
olinadi (EBIT — earnings before interest and taxes), oxirgi holatda esa – sof foyda
olinadi. Bundan tashqari, agar moliyaviy koeffitsiyentni hisoblab chiqish uchun
asos bo‘ladigan bitta ko‘rsatkich korxona faoliyatining moliyaviy natijalari
to‘g‘risidagi hisobotdan olingan bo‘lsa, demak ma’lum davrni ifodalaydi.
Ikkinchi komponent esa balansdan olinadi va korxonaning ma’lum vaqtdagi
moliyaviy ahvolini aks ettirsa, u holda, odatda, yil oxiri va yil boshidagi balans
ko‘rsatkichlarining o‘rtacha arifmetik soni (qiymati) hisoblab chiqa-riladi va bu
son maxraj sifatida ishlatiladi.
Bundan keyin jadvalda aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyenti keladi. Ular
yordamida firma daromad olish maqsadida o‘z aktivlaridan qanchalik samarali
foydalanayotganini aniqlash mumkin. Aktivlar aylanuvchanligi – bu umumiy
mezon.
Debitorlik
qarzi
aylanuvchanligi
va
tovar-moddiy
zaxiralar
aylanuvchanligi esa tegishli toifadagi aktivlarni baholash uchun qo‘llaniladigan
maxsus mezonlardir.
7-jadvaldagi to‘rtinchi guruh koeffitsiyentlari likvidlik koeffitsiyentlaridan
tashkil topgan. Bu koeffitsiyentlar firma o‘zining qisqa muddatli majburiyatlari
bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga, yoki o‘z hisob varaqlari bo‘yicha to‘lashga
va shundan keyin to‘lovga qodir bo‘lib qolishini baholash uchun ishlatiladi.
Likvidlik darajasini baholashga xizmat qiladigan asosiy koeffitsiyentlar – bu joriy
likvidlik koeffitsiyenti va ancha aniqroq hisoblanadigan kritik baholash
koeffitsiyentlari (yoki lakmus qog‘oz koeffitsiyenti) bo‘lib, ular yordamida eng
yuqori likvidlikka ega aylanma aktivlar: pul mablag‘lari va bozor qimmatli
qog‘ozlari baholanadi.
Keyin jadvalda moliyaviy “dastak” koeffitsiyentlari sanab o‘tilgan bo‘lib,
ular firma kapitali tuzilmasini va firmaning kreditorlar oldida qarzdorligi
darajasini aks ettiradi. Qarzdorlik koeffitsiyenti kapital tuzilmasini o‘lchashga
xizmat qiladi. Foizlarni qoplash koeffitsiyenti yordamida esa firmaning foiz
to‘lovlari bo‘yicha xarajatlarni ko‘tara olish qobiliyatini o‘lchash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: