2. Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq
Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko‘rsatilgan korxona aktivlari va
aksiyadorlik kapitali qiymati balans qiymati deb ataladi. Korxona bitta
aksiyasining balans qiymati – bu firmaning rasmiy balansida aks ettirilgan
aksiyadorlik kapitali umumiy summasini (so‘mda) muomaladagi oddiy aksiyalar
soniga bo‘lish natijasida olingan qiymatdir.
Ma`lumotlardan ko‘rinib turibdiki, “XYZ” korxonasi aksiyalarining 2019-
yil oxiri holatiga balans qiymati (bahosi) 313,40 so‘mni tashkil etgan. Ammo
xuddi shu vaqtga ularning bozor qiymati (bahosi) atiga 187,20 so‘mga teng
bo‘lgan. Investorlar “XYZ” korxonasining bitta aksiyasi uchun to‘lashga tayyor
bo‘lgan summa aynan shu summa hisoblanadi. Ammo bu qiymat korxonaning
rasmiy balansida aks ettirilmaydi.
Bu yerda quyidagi savollarning tug‘ilishi, tabiiy: nima sababdan aksiya-
larning bozor va balans qiymati (bahosi) ko‘rsatkichlari bir-biridan farq qiladi?
Va mas’uliyatli moliyaviy qaror qabul qilishi lozim bo‘lgan shaxs uchun bu
qiymat (baho)lardan qaysi biri muhimroq?
Ushbu masalalar juda muhim bo‘lganligi uchun ularni batafsil o‘rganamiz.
Dastlab shuni qayd etish lozimki, aksiyalarning bozor qiymati (bahosi) doim
ham ularning balans qiymati (bahosi)ga mos kelmasligiga quyidagi ikkita asosiy
sabab bor:
balans qiymati firmaning barcha aktivlari va majburiyatlarini o‘z ichiga
olmaydi;
firmaning rasmiy balansiga kiritilgan aktivlar va majburiyatlar ko‘p
hollarda joriy bozor qiymati bo‘yicha emas, balki dastlabki qiymati bilan
baholanib, ulardan amortizatsiya chiqarib tashlanadi.
Endi asosiy e’tiborimizni ana shu ikkala sababni batafsil ko‘rib chiqishga
qaratamiz.
Birinchidan, buxgalteriya balanslarida, ko‘pincha, muhim iqtisodiy
ahamiyatga ega bo‘lgan aktivlar qayd etilmaydi. Xususan, korxona ishlab
chiqaradigan tovarlar sifati va ishonchliligi orqasida korxona orttirgan obro‘
ularda aks ettirilmaydi. Shuningdek, agar firma ilmiy-texnik taraqqiyotga katta
mablag‘ sarflab, ma’lum ilmiy baza yaratishga erishgan bo‘lsa, bu ham balansda
o‘z ifodasini topmaydi. Yuqorida tilga olingan aktivlar nomoddiy aktivlar deb
212
ataladi va ayonki, ular firmaning bozor qiymati oshishiga ko‘p jihatdan ta’sir
qiladi va ular moliyaviy qaror qabul qilishda e’tiborga olinishi kerak.
Buxgalterlar o‘z firmasi balansiga ba’zi nomoddiy aktivlarni kiritadilar.
Ammo bu narsa ularning bozor qiymati (bahosi) bo‘yicha amalga oshirilmaydi.
Masalan, firma boshqa firmadan patent sotib olsa, patent qiymati balans
aktivining tegishli qismida aks ettiriladi va unga amortizatsiya ajratmalari
hisoblanadi. Bundan tashqari, korxona boshqa korxonani uning balans qiymati
dan qimmat bahoda sotib olsa, buxgalter sotib oluvchi firma balansiga nomoddiy
aktivni qo‘shadi. Bu aktiv gudvil yoki firmaning ishbilarmon sifatida obro‘si
(goodwill) deb ataladi. Firmaning ishbilarmon sifatida obro‘si – bu u sotib olingan
bozor qiymati va uning balans qiymati ‘rtasidagi farqdan iboratdir. Ammo,
yuqorida tilga olingan, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan nomoddiy
aktivlardan farqli o‘laroq, ko‘plab boshqa aktivlar borki, ular buxgalteriya
balansida qayd etilmaydi.
Bundan tashqari, buxgalteriya balanslarida firma uchun iqtisodiy
ahamiyatga ega bo‘lgan uning ko‘plab majburiyatlari aks ettirilmaydi. Masalan,
balansda firma sud jarayonida javobgar sifatida qatnashayotgani o‘z ifodasini
topmaydi. Bunday shartli majburiyatlarning mavjudligi va ularning hajmi, nari
borsa, moliyaviy hisobotga ilovada ko‘rsatiladi.
Keling, endi moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida baholarning qaysi
biri inobatga olinishi kerakligini ko‘rib chiqamiz – bozor bahosimi yoki balans
bahosi (qiymati)? Deyarli barcha hollarda bozor bahosi hisobga olinadi. Masalan,
faraz qilaylik, “Alfa” korxonasi bundan uch yil avval 39,0 mln. so‘mga
kompyuterlar uchun sistema bloki korpuslari ishlab chiqaradigan uskuna sotib
oldi va bugungi kunga kelib, ushbu uskunaning balansi qiymati uch yillik
amortizatsiyani inobatga olganda 26,0 mln so‘mga teng. Ammo, zamonaviy
ishlab chiqarish jarayonida yuz berayotgan kompyuter korpuslari ishlab chiqarish
texnologiyasidagi o‘zgarishlar sababli ushbu uskunaning bozor qiymati 12,0 mln
so‘mdan oshmaydi.
Endi faraz qiling, Siz eski uskunani zamonaviy uskunaga almashtirish
to‘g‘risida qaror qabul qilishingiz kerak. Xo‘sh, bunda taqqoslash uchun qaysi
qiymat (baho)ni inobatga olish kerak? Agar soliq to‘lash masalasini hisobga
olmasak, bizga iqtisodiy nazariyaning asosiy prinsiplaridan ma’lumki,
aktivlarning haqiqiy qiymati ni hammadan aniq ulardan foydalanishning eng
yaxshi muqobil varianti ko‘rsatib beradi. Ayonki, ushbu muqobil qiymat balansda
ko‘rsatilgan qiymatga nisbatan uskunaning bozor qiymati ga (12,0 mln so‘m.) eng
yaqin qiymatdir.
Shuni alohida qayd etish kerakki, so‘nggi yillarda buxgalterlar hisobotlarni
ko‘proq aktivlar va majburiyatlarning bozor qiymati (bahosi) asosida olib
213
bormoqdalar. Bu esa buxgalteriya ma’lumotlaridan moliyaviy qaror qabul
qilishda foydalanish mumkinligidan dalolat beradi. Shu nuqtai-nazardan,
korxonalarning pensiya fondlariga kirgan aktivlari bugungi kunda balanslarda
dastlabki sotib olingan qiymati (bahosi) bo‘yicha emas, balki o‘zining bozor
qiymati (bahosi) bo‘yicha aks ettirilishini aytishning o‘zi kifoya. Amaliyotda
bozor narxlarining joriy o‘zgarishini qayd qilish va ular asosida hisobot tuzish
uchun firmaning aktivlari va majburiyatlarini har kuni qayta baholash jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: |