11-MAVZU: MOLIYAVIY HISOBOT FUNKSIYALARI VA
ULARNING TURLARI
REJA:
1. Moliyaviy hisobot funksiyalari va turlari.
2. Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq.
3. Foydaning buxgalteriya va iqtisodiy mezonlari.
1. Moliyaviy hisobot funksiyalari va turlari
Moliyaviy hisobotlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan funksiyalarni
chizmada quyidagicha aks ettirish mumkin (12-rasm). Demak, ko‘rinib turibdiki,
eng umumiy tarzda qayd etiladigan bo‘lsa, moliyaviy hisobotlar uchta muhim
iqtisodiy funksiyani bajaradi. Ularning birinchisi shundan iboratki, unga ko‘ra
moliyaviy hisobotlar firmaning egalari va kreditorlariga firmaning joriy
moliyaviy ahvoli hamda o‘tgan davrda uning faoliyati qanchalik samarali
200
bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |