Davlatiy moliya


  Qayta sug’urta qilishning mohiyati va turlari



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

4.  Qayta sug’urta qilishning mohiyati va turlari 

Qayta sug’urtalash tarixi sug’urtadan ancha keyin boshlangan, chunki qayta 

sug’urtalash,  ta’bir  joiz  bo’lsa,  sug’urtalovchilarni  sug’urtalashdir.  O‘rta  asrlar 

oxirida dengiz yuklarini sug’urtalashning rivojlanishi bilan sug’urtalovchilarning 




528 

qayta sug’urtaga bo’lgan ehtiyojlari orta boshladi. Birinchi yuridik ahamiyatga 

ega  bo’lgan  qayta  sug’urtalash  shartnomasi  Genuyada  1370-yili  ikki  savdogar 

orasida  tuzilgan

114.

  shartnoma  Genuyadan  Bryuggega  dengiz  orqali  jo’natilgan 



sug’urta obyektini qayta sug’urtalashdan iborat edi. 

Yevropada XIX asrda sanoat rivojlanishi bilan qayta sug’urtalashga bo’lgan 

ehtiyojni  faqat  etarli  moliyaviy  resurslari  va  chet  el  mamlakatlarida  sho’’ba 

korxonalari mavjud bo’lgan sug’urtalovchilar qondirish qobiliyatiga ega bo’lgan. 

Keyinchalik  fakultativ  qayta  sug’urtalash  shartnomalari,  risklarni  to’liq  yoki 

qisman  qoplash  shartnomasi  ishlab  chiqildi  va  joriy  etildi.  Bunday  shartnoma 

birinchi bo’lib 1821-yilda tuzilgan. 

Qayta  sug’urta  operatsiyalari  XIX  asrning  o’rtalarida  alohida  tadbirkorlik 

turiga  aylandi.  1846-yilda  Keln  qayta  sug’urta  jamiyati  tashkil  etildi.  Dastlab, 

qayta sug’urta sug’urtalovchining sug’urta shartnomalari bo’yicha javobgarligida 

ishtirok  etishdan  iborat  bo’lgan  bo’lsa,  o’tgan  davrlar  mobaynida  u 

tavakkalchilikni  ikkilamchi  taqsimlovchi  kuchli  mexanizmga  aylandi  va  keng 

miqyosdagi turlarga hamda shakllarga ega bo’ldi. 

Qayta sug’urta sug’urta faoliyatini va sug’urta operatsiyalarining moliyaviy 

barqarorligini  ta’minlovchi  zaruriy  mexanizm  hisoblanadi.  Ma’lumki,  sug’urta 

ehtimollar  nazariyasiga  asoslangandir.  Ko’p  hollarda  sug’urta  tashkilotlari 

to’laqonli  muvozanatlashgan  risklar  portfelini  yaratish  imkoniyatiga  ega 

bo’lmaydi. Bunga sabab sug’urtalangan obyektlar miqdori ko’p emas yoki portfel 

tarkibida katta yoki xavfli risklar joylashganligidir. Bundan tashqari amaliyotdan 

ma’lumki, har qanday sug’urta tashkiloti, hatto risklarni sug’urtaga qabul qilishda 

ularni  yaxshi  o’rganib  chiqqan  taqdirda  ham,  odatda  sug’urta  shartlari  turli 

xatarlarni qoplaganligi uchun, sug’urtalangan  obyektlarga suv toshqini, bo’ron, 

zilzila  kabi  tabiiy  ofatlar  va  yong’in  natijasida  birdaniga  zarar  etishi  mumkin. 

Sug’urtalovchining mablag’lari va hatto barcha aktivlari uning sug’urtalanuvchi 

oldida  portfel  bo’yicha  javobgarligining  uncha  katta  qismini  tashkil  etmaydi, 

lekin  yuqoridagi  ko’rsatilgan  ofatlar  esa  uning  moliyaviy  holatiga  katta  ta’sir 

ko’rsatish bilan birga, hatto inqirozga yuz tutishiga olib kelishi mumkin. 

Sug’urtaga qabul qilingan risklar bo’yicha sug’urta summasini tenglashtirish 

va  sug’urta  portfeli  muvozanatini  ta’minlash,  sug’urtalovchining  moliyaviy 

imkoniyatlariga  asoslanib,  sug’urta  summalari  bo’yicha  javobgarliklarni  to’g’ri 

taqsimlashda  va  sug’urta  operatsiyalarini  moliyaviy  mustahkamligini  va 

rentabelligini  ta’minlash  maqsadida  qayta  sug’urta  tizimi  tashkil  etilganligini 

ta’kidlash kerak. 

                                                           

114

 Кристофор П.: “Введение в перестрахование”. “Аникл”, 2002. -14 б. 




529 

Qayta sug’urtalash orqali sug’urtalovchi o’zining faoliyatiga xavf soladigan 

quyidagi  3 ta riskning oldini oladi: 

i. 


tasodifan yuzaga keladigan zararlar xavfi: 

-  sug’urta hodisasi ro’y berishining aniqligi; 

-  tabiiy  ofat  natijasida  juda  ko’p  polislar  bo’yicha  bitta  riskdan 

sug’urtalovchi majburiyatlarining yuzaga kelishi. 

ii.  davr xavfi: 

-  pulning  qadrsizlanishi  natijasida  sug’urtalovchi  to’plagan  sug’urta 

mukofotlarining sug’urta qoplamasini to’lashga yetmasligi; 

-  texnologiyaning taraqqiy etishi natijasida belgilangan sug’urta stavkasi va 

sug’urta shartlarining olingan majburiyatga to’g’ri kelmasligi. 

iii. 


xatolik xavfi: 

sug’urta ta’riflarini noto’g’ri hisoblash (statistika axborotlarini noto’g’ri 



talqin qilish). 

Har bir sug’urta tashkilotining maqsadi mana shu risklarning oldini olish va 

qayta sug’urtalash imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish hisoblanadi. 

Qayta sug’urtalashning iqtisodiy mohiyati sug’urta tashkilotlari tasarrufida 

dastlabki  tashkil  etilgan  jamg’armani  qayta  taqsimlashdir,  ya’ni  bevosita 

sug’urtada  sug’urtalovchi  sug’urta  mukofotlari  hisobidan  jamg’arma  tashkil 

qiladi.  Qayta  sug’urtalashda  esa  yangi  jamg’arma  tashkil  etilmasdan,  sug’urta 

korxonalari  tashkil  etgan  jamg’armani  yo’naltirish  va  qayta  taqsimlash  bilan 

jamg’arma  tashkil  etiladi.  Risklarning  va  jamg’armalarning  ikkilamchi 

taqsimlanishi,  ya’ni  qayta  sug’urtalash  sug’urtanuvchiga  ma’lum  bo’lmasligi 

mumkin.  Bunday  qayta  taqsimlanish  ikkinchi  darajali  bo’lib,  bu  jarayon 

sug’urtalovchi  va  qayta  sug’urtalovchi  o’rtasida  ro’y  beradi.  Bunday  fikrlarni 

Kristofer Pfayffer

115,


 Shaxov V.V

116


, Folkner Xenke

117,


 U. Konkelar

118


 o’zlarining 

ilmiy ishlarida ko’rsatib o’tganlar. Jamg’armalarning qayta taqsimlanishi sug’urta 

tashkilotlari  uchun  yangi  sug’urta  turlarini  yaratish  va  rivojlantirishga  hamda 

sug’urta operatsiyalarini kengaytirishga sharoit yaratadi. 

Mutaxassislar sug’urta bozorini tahlil qilib, uni bevosita sug’urta bozori va 

qayta  sug’urta  bozoriga  ajratishadi.  Bevosita  sug’urta  bozori  –  bu  sug’urta 

tashkilotlari  bilan  ularning  mijozlari  o’rtasida  yuzaga  keladigan  iqtisodiy 

munosabatlardir. Biroq, bitta sug’urta tashkiloti har doim ham sug’urtalanuvchiga 

ishonarli sug’urta himoyasini ta’minlab bera olmaydi, ayniqsa agar gap sug’urta 

qiymati va xavfi katta bo’lgan obyektlar haqida ketganda. Shuning uchun ham 

sug’urta  tashkilotlari  muvozanatlashgan  sug’urta  portfelini  yaratish,  moliyaviy 

                                                           

115

 Кристофор Пфайффер “Введение в перестрахование” Анкил 2002. 3 б.  



116

 Шахов В.В. “Введение в страхование”. Москва, Финанси и Статистика 1992. 150 б. 

117

 Фолкнер Хенке “Вопросу надзора над перестраховочними предприятиями” ИНРЕ 1996, №3. 14 б. 



118

 У.Кноке “Основние аспекти надзора за деятелностно перестраховочних компании” ИНРЕ 1996, №2 17б.

 



530 

barqarorligini oshirish va zimmasiga olgan majburiyatlarni to’liq bajarish uchun 

qayta sug’urtalash bozori xizmatlariga murojaat etadi. 

Har  bir  sug’urta  tashkilotining  mijozi  shuni  bilishi  kerakki,  uning  oldida 

sug’urta  qoplamasini  to’lashda,  u  bilan  shartnoma  tuzgan  sug’urta  tashkiloti 

javobgar  bo’ladi.  Zero  O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  959-

moddasida ko’rsatilgandek: “Qayta sug’urtalashda sug’urta tovoni yoki sug’urta 

pulini to’lash uchun asosiy sug’urta shartnoma bo’yicha sug’urtalovchi javobgar 

bo’lib  qolaveradi”.  Bundan  ko’rinib  turibdiki,  qayta  sug’urtalovchi 

sug’urtalovchiga,  faqat,  ulushi  miqdorida  zararni  qoplashga  kafolat  beradi  va 

sug’urtalanuvchi  bilan  munosabatda  bo’lmaydi.  Ba’zan,  sug’urta  tashkiloti 

reklama  sifatida  sug’urta  qildiruvchiga  risklari  mashhur  va  ishonchli  qayta 

sug’urta  tashkilotlarida  sug’urtalashini  ma’lum  qiladi.  Lekin,  bu holat  sug’urta 

tashkilotiga sug’urta qoplamasini to’lab bera olmaganda, qayta sug’urtalovchidan 

to’g’ridan-to’g’ri qoplamasini talab qilish huquqini bermaydi. 

Qayta  sug’urta  operatsiyalari  faoliyati  faqat  qayta  sug’urtalashga 

ixtisoslashgan  qayta  sug’urta  tashkilotlari  yoki  bevosita  o’rnatilgan  talablarga 

javob  beradigan  sug’urta  tashkilotlari  tomonidan  amalga  oshirilishi  mumkin. 

Rivojlangan  mamlakatlarda  sug’urta  tashkilotlari  ixtisoslashgan  qayta  sug’urta 

tashkilotlari  xizmatidan  foydalanadi.  Ayni  vaqtda  O‘zbekiston  Respublikasi 

sug’urta  bozorida  ixtisoslashgan  qayta  sug’urta  tashkilotlari  tashkil  etilmagan. 

Hozirda O‘zbekistonda qayta sug’urtalash ishlari, bevosita, belgilangan tartibda 

sug’urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. 

Qayta  sug’urta,  so’zsiz,  sug’urta  tizimida  muhim  ahamiyatga  ega. 

Sug’urtalanuvchi nuqtai nazaridan, sug’urtalovchining qayta sug’urtalashda ishtirok 

etishi yuqori sifatli sug’urta xizmatlarini taqdim etishga, zararlarni o’z vaqtida va 

to’liq  qoplashga  ko’mak  beradi.  U  sug’urtalovchining  ishonchlilik  darajasini 

oshiradi va shu bilan birga mijoz bilan o’zaro munosabatlarini samarali bo’lishini 

ta’minlaydi. 

  Sug’urta  sug’urtalashga  riskni  qabul  qilish  bilan  bog’liq  iqtisodiy 

munosabatlar  tizimi  (risklarni  birlamchi  joylashtirish).  Sug’urtalovchi 

muvozanatlashgan  sug’urta  portfelini  yaratish  va  sug’urta  operatsiyalarining 

moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilib olingan riskning bir 

qismini  o’zaro  kelishilgan  holda  boshqa  sug’urtalovchiga  berishi  (riskni 

ikkilamchi joylashtirish) mumkin. Qayta sug’urta aktiv (riskni berish) va passiv 

(riskni  qabul  qilib olish) ko’rinishga ega. Bundan tashqari,  qayta sug’urta nisbiy 

va nonisbiy shaklda bo’ladi. Ayrim holatlarda, qayta sug’urta operatsiyalari qayta 

sug’urta  brokeri  -  ikkita  tomon,  ya’ni  sug’urta  tashkiloti  va  qayta  sug’urta 

tashkiloti  o’rtasida  vositachilik  qiluvchi  shaxslar  tomonidan  ham  amalga 

oshirilishi mumkin. 




531 

Qayta sug’urta munosabatlarining uzoq rivojlanish davomida uning yangi shakl 

va turlari paydo bo’ldi. Eng qadimiy qayta sug’urta shartnomasi shakllaridan biri 

fakultativ qayta sug’urta shartnomasidir.  

Fakultativ  qayta  sug’urtalashda  sug’urtalovchi  riskni,  xohlasa  qayta 

sug’urtalashga  beradi,  xohlasa  o’zida  olib  qoladi  va  mos  ravishda  qayta 

sug’urtalovchi xohlasa riskni o’ziga oladi, xohlasa olmaydi

119.


 

Obligatorli qayta sug’urtalash bir martalik qayta sug’urtalashdan farqli, unda 

tomonlarning 

munosabatlari 

mustahkamlanadi. 

Obligatorli 

qayta 

sug’urtalashning  asosiy  jihati  ekstsedent  qayta  sug’urtalash  va  ulush  xajmini 



aniqlash bilan bog’liq. 

Obligatorli  qayta  sug’urtalash  shartnomasiga  asosan  sug’urta  tashkiloti 

o’ziga qabul qilgan riskni qayta sug’urtalash shartnomasiga asosan qayta sug’urta 

tashkilotiga  berishi  shart,  o’z  navbatida  qayta  sug’urtalovchi  bu  riskni  qabul 

qilishi  shart.  Obligatorli  qayta  sug’urtalashda  sug’urta  tashkilotining  sug’urta 

mukofotlarini, sug’urta tariflarini, sug’urta xodisalarini oldini olish va sug’urta 

qoplamalarini  to’lash  huquqi  o’zida  qoladi.  Lekin,  ularning  hammasi 

sug’urtalovchining va qayta sug’urtalovchining manfaatlarini ko’zda tutgan holda 

bo’lishi kerak. 

Obligatorli  qayta  sug’urta  shartnomasi  bo’yicha  qayta  sug’urta 

to’lovlarining  hammasi  sug’urta  mukofotidan  foizlar  hisobida  to’lanadi. 

Obligatorli  qayta  sug’urtalash  shartnomasi  noaniq  muddatga  tuzilib  ikki 

tomonning  roziligi  bilan  bekor  qilinishi  mumkin.  Bunday  shartnoma  sug’urta 

tashkiloti  uchun  foydalidir,  chunki  bunda  hamma  qabul  qilingan  risklar  qayta 

sug’urta himoyasiga ega. Obligatorli qayta sug’urta fakultativ qayta sug’urtadan 

farqli,  u  sug’urta  portfelining  katta  qismini  o’z  ichiga  oladi.  Obligatorli  qayta 

sug’urta  shartnomasi  fakultativ  qayta  sug’urta  shartnomasidan  ancha  arzonroq. 

Shuning hisobiga xalqaro qayta sug’urta bozorida ushbu qayta sug’urta turi katta 

salmoqni tashkil etadi. 

Obligatorli  qayta  sug’urtadan  farqli,  fakultativ  qayta  sug’urtada  qayta 

sug’urtalovchi o’ziga qabul qilayotgan risk haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ladi. 

Ushbu shartnoma bo’yicha bir martalik bitimlar amalga oshiriladi. Fakultativ qayta 

sug’urta shartnomasi tomonlarga to’liq erkinlik beradi. 

Sug’urta  tashkilotining  qayta  sug’urtalovchiga  fakultativ  qayta  sug’urtalash 

bo’yicha berayotgan taklifida risk haqida quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi kerak: 

  sug’urta tashkilotining nomi va manzili; 

  qayta sug’urta turi: proportsional yoki noproportsional; 

  riskning joylashgan joyi; 

                                                           

119


 Гомелля В. Рубин Ю. “Страховой портфел”. Москва 1994. 347 б.

 

 




532 

  sug’urta manfaati; 

  shartlar-sug’urtalangan  xavflar  (qaysi  risklardan  sug’urtalanadi  va 

qaysilaridan sug’urtalanmaydi (istisnolar) to’liq ko’rsatiladi); 

  umumiy  sug’urta  summasi,  qoplamaning  qaysi  valyutada  to’lanishi, 

stavkalar; 

  franshiza; 

  qayta  sug’urtalovchiga  mukofot,  qayta  sug’urta  komissiyasi  va  boshqa 

xarajatlar; 

  fakultativ qayta sug’urtaning boshlanishi va tugash sanasi; 

  taklif qilingan ulush; 

  zararning oldini olish imkoniyati va choralari; 

  ekspert xulosasi; 

  bevosita sug’urtadagi sug’urtalovchining ulushi. 

Odatda  fakultativ  qayta  sug’urtalash  jarayoni  sekin  kechadi,  chunki  qayta 

sug’urtalovchi  riskni  obdon  o’rganguncha  bir  muncha  vaqt  ketadi.  Qayta 

sug’urtalovchi riskni o’rganib bo’lib, sug’urta tashkilotiga o’zi qabul qila oladigan 

ulush miqdorini aytadi. Yirik qayta sug’urtalovchilar o’zlarining fakultativ qayta 

sug’urtalash  bo’linmalariga  ega.  Fakultativ  qayta  sug’urtalashda  qayta 

sug’urtalovchining  vazifasi  bevosita  sug’urta  tashkilotining  imkoniyatini 

kengaytirish  bilan  cheklanib  qolmasdan,  balki  riskni  baholash,  sug’urta 

shartnomalari  shartlarini  belgilash,  zararni  oldini  olish  va  ushbu  masalalar 

bo’yicha maslahat berishdan ham iborat. Fakultativ qayta sug’urta sug’urtalovchi 

va qayta sug’urtalovchiga ko’p qulayliklar yaratishi bilan birga kamchiliklarga 

ham  ega.  Fakultativ  qayta  sug’urtaning  asosiy  kamchiliklari  quyidagilardan 

iborat: 


1) qayta  sug’urtaga  berilayotgan  risk  bo’yicha  ma’muriy  ishlar  hajmining 

ko’pligi; 

2) riskni  joylashtirishda  sug’urtalovchining  har  bir  qayta  sug’urtalovchi 

bilan aloqada bo’lishiga ketadigan ko’p vaqt; 

3) sug’urtalovchi 

sug’urtalanuvchidan  birdaniga  uning  moliyaviy 

imkoniyatlaridan katta riskni qabul qila olmaydi

4) fakultativ  qayta  sug’urtalovchi  tomonidan  o’rnatiladigan  komission  haq 

nisbatan kamroq bo’ladi. 

Yuqoridagi  sanab  o’tilgan  kamchiliklarga  qaramasdan  fakultativ  qayta 

sug’urta quyidagi sabablarga ko’ra amalda qo’llaniladi: 

5) oddiy  sug’urta  shartnomalariga  to’g’ri  kelmaydigan  maxsus  risklarni 

qayta sug’urtalashda; 



533 

6) obligatorli qayta sug’urtalash shartnomasida qayta sug’urtalash limitidan 

oshgan summani qayta sug’urtalashda; 

7) shartnoma bo’yicha risklarning zarar xavfi juda yuqori bo’lganda va qayta 

sug’urtalovchining javobgarligini cheklashda; 

8) bozorning  boshqa  sug’urta  tashkilotlari  band  etgan  segmentida  sug’urta 

tashkilotining teng ishtirok etishi. 

9) sug’urta 

qildiruvchi 

faoliyatining 

yangi 

yo’nalishlarini 



sug’urtalayotganda sug’urtalovchining moliyaviy imkoniyatlarni oshirishda; 

10) sug’urtalovchiga sug’urtaga qabul qilish amaliyotini baholashda; 

11) alohida  ahamiyatga  ega  bo’lgan  risklarni  sug’urtalashda  qayta 

sug’urtalovchining tajriba va salohiyatidan foydalanish. 

Qayta  sug’urta  qilish  operatsiyalari  nisbiy  va  nonisbiy  shaklda  amalga 

oshiriladi.  Nonisbiy  qayta  sug’urta  qilishga  nisbatan  nisbiy  qayta  sug’urtalash 

ancha  ilgari  paydo  bo’lgan.  Shu  nuqtai  nazardan  qaraganda  nisbiy  qayta 

sug’urtalashni,  ba’zan,  an’anaviy  qayta  sug’urtalash  ham  deb  atash  qabul 

qilingan. 

Nisbiy qayta sug’urta qilishning asosiy  mohiyati shundaki, qayta sug’urta 

tashkilotining  riskni  taqsimlashdagi  ulushi  sug’urta  tashkiloti  aniqlagan  nisbat 

asosida  oldindan  aniqlanadi.  Ushbu  nisbatga  qarab,  qayta  sug’urtalash 

mukofotining va sug’urta tashkilotining tegishli ulushi aniqlanadi. Nisbiy qayta 

sug’urta qilishning prinsipi “qayta sug’urtalovchi sug’urta tashkilotining riskini 

bo’ladi”, degan fikrdan iborat. 

Qayta  sug’urta  shartnomasining  asosiy  shartlari  O‘zbekiston  Respublikasi 

Fuqarolik kodeksining 959-moddasida o’z ifodasini topgan. Xususan, unda qayd 

etilishicha  “sug’urta  shartnomasi  bo’yicha  sug’urtalovchi  o’z  zimmasiga  olgan 

sug’urta tovonini yoki sug’urta pulini to’lash xavfi uning tomonidan to’liq yoki 

qisman  boshqa  sug’urtalovchida  (sug’urtalovchilarda)  u  bilan  tuzilgan  qayta 

sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urtalanishi mumkin

120


”. Qayta sug’urta 

qilish  shartnomasini  tuzgan  sug’urta  shartnomasi  (asosiy  shartnoma)  bo’yicha 

sug’urtalovchi keyingi shartnomada sug’urta qildiruvchi hisoblanadi. 

Qayta sug’urta qilishda sug’urta tovonini yoki sug’urta pulini to’lash uchun 

asosiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta qildiruvchi oldida ushbu shartnoma 

bo’yicha sug’urtalovchi javobgar bo’lib qolaveradi. 

Biroq  asosiy  sug’urta  shartnomasi  bo’yicha  sug’urtalanuvchi  hisoblangan 

sug’urta  tashkiloti  sug’urta  hodisasi  yuz  berishidan  oldin  tugatilgan  taqdirda, 

uning  ushbu  shartnoma  bo’yicha  huquq  va  majburiyatlarining  qayta  sug’urta 

qilingan qismi qayta sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchiga o’tadi. 

                                                           

120


 O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. – T.: Adolat, 2002.  


534 

Ikki yoki bir nechta qayta sug’urta qilish shartnomalarini ketma-ket tuzishga 

yo’l  qo’yiladi.  Bunday  shartnomalarning  har  biri  keyingi  qayta  sug’urta  qilish 

shartnomasiga nisbatan asosiy sug’urta shartnomasi deb hisoblanadi. 

Xalqaro  amaliyotda  sug’urta  tashkilotlari  va  ixtisoslashgan  qayta  sug’urta 

tashkilotlari  o’rtasida  vositachilik  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  qayta  sug’urta 

brokerlari  muhim  rol  o’ynaydi.  Shuni  inobatga  olgan  holda  O‘zbekiston 

Respublikasining  “Sug’urta  faoliyati  to’g’risida”gi  Qonunida  qayta  sug’urta 

brokeri  tushunchasiga  quyidagicha  ta’rif  berilgan:  “O‘z  nomidan  va  qayta 

sug’urta  qilish  shartnomasi  bo’yicha  sug’urta  qildiruvchi  tariqasida  ishtirok 

etuvchi sug’urtalovchining topshirig’iga binoan qayta sug’urta qilish shartnomasi 

tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish bo’yicha faoliyat yurituvchi yuridik shaxs 

qayta  sug’urta  brokeri  hisoblanadi”

121


.  Biroq,  2019-yil  1-yanvar  holatiga 

O‘zbekiston  Respublikasida  birorta  ham  qayta  sug’urta  bilan  shug’ullanadigan 

brokerlik idoralari tashkil etilmagan. Holbuki, xalqaro qayta sug’urta bozorlarida 

qayta sug’urta brokerlarining faoliyati keng taraqqiy etganligini inobatga olsak, 

bunday tashkilotlarning keyinchalik milliy sug’urta bozorimizda tashkil etilishiga 

shubha qilmasa ham bo’ladi.  

Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  2007-yil  15-sentyabrda  amalda  bo’lgan 

“Sug’urta  faoliyati  to’g’risida”gi  Qonuniga  qo’shimcha  va  o’zgartirishlar,  shu 

jumladan yangi 8

1

 modda kiritilgan. Bu moddada sug’urta hamda qayta sug’urta 



brokerlarining huquq va majburiyatlari yoritilgan. Quyida sug’urta hamda qayta 

sug’urta brokerlarining huquq va majburiyatlarini keltirib o’tamiz: 

Sug’urta va qayta sug’urta brokerlari quyidagi huquqlarga ega: 

  sug’urtaning  (qayta  sug’urta  qilishning)  har  qanday  turi  bo’yicha 

vakolatlar doirasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish

  sug’urta  (qayta  sug’urta  qilish)  shartnomasi  tuzilgan  taqdirda, 

sug’urtalovchini (qayta sug’urtalovchini) tanlash; 

  sug’urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining miqdorlari, 

sug’urta  zaxiralari  va  qabul  qilingan  majburiyatlar  to’g’risida,  shuningdek 

sug’urtalovchining  to’lovga  qobiliyatliligi  va  moliyaviy  barqarorligiga  doir 

boshqa ko’rsatkichlar haqida ma’lumotlar olish; 

  ekspert va maslahat xizmatlari ko’rsatish. 

Sug’urta  va  qayta  sug’urta  brokerlari  qonun  hujjatlariga  hamda  o’zlari 

tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishlari mumkin. 

Sug’urta va qayta sug’urta brokerlari: 

  sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi; 

                                                           

121


  O‘zbekiston  Respublikasining  “Sug’urta  faoliyati  to’g’risida”gi  Qonuniga  qo’shimcha  va  o’zgarishlar  kiritish 

to’g’risida. – Xalq so’zi, 2007-yil 15- sentyabr. 




535 

  sug’urta  shartnomasini  tuzish  va  ijro  etish  bo’yicha  to’liq,  ishonchli 

hamda xolisona axborotni mijozlarning so’rovlariga ko’ra taqdim etishi

  mijozning  tijorat  sirini  va  boshqa  sirini  tashkil  etadigan  ma’lumotlarni 

oshkor qilmasligi shart. 

Sug’urta  va  qayta  sug’urta  brokerlarining  zimmasida  qonun  hujjatlariga 

hamda o’zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi 

mumkin.  

Qayta  sug’urta  qilish  shartnomalari  bir  tomondan  sug’urta  tashkilotlari 

o’rtasida  o’zaro  tuzilishi  yoki  ikkinchi  tomondan,  sug’urta  tashkiloti  va 

ixtisoslashgan  qayta  sug’urta  tashkiloti  o’rtasida  tuzilishi  mumkin.  Dastlab, 

sug’urta  tashkiloti  o’zining  moliyaviy  qobiliyatini  mustahkamlash  maqsadida 

qabul  qilib  olingan  riskning  bir  qismini  boshqa  sug’urta  tashkilotida  yoki 

ixtisoslashgan  qayta  sug’urta  tashkilotida  sug’urtalash  to’g’risida  qaror  qabul 

qiladi.  Ushbu  qarorning  ijrosini  ta’minlash  maqsadida  sug’urtalovchi 

ixtisoslashgan  qayta  sug’urta  tashkilotiga  murojaat  qiladi.  Agar  qayta  sug’urta 

tashkiloti  riskni  qayta  sug’urta  qilishga  rozilik  bildirsa,  ular  o’rtasida  qayta 

sug’urtalash  shartnomasi  tuziladi.  Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  shartnoma 

shartlarida,  unda  ishtirok  etuvchi  tomonlarning  huquqlari  va  majburiyatlari, 

olingan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan javobgarlik, shartnomani kuchga 

kirishi,  amal  qilish  va  bekor  etilishi  qoidalari  mujassam  bo’lishi  kerak. 

Shuningdek,  shartnomada  qayta  sug’urtalash  mukofoti  miqdori  va  javobgarlik 

hajmi ko’rsatilishi zarur.  

Qayta sug’urta qilish shartnomalari ba’zi o’ziga xos belgilariga ega bo’lib, 

ushbu holat uni boshqa turdagi shartnomalardan farqlaydi. Shuning uchun ham 

qayta sug’urta sohasini nazariy jihatdan qaysi sug’urta tarmog’iga kiritish yoxud 

uni mustaqil sug’urta sohasi sifatida qarash ancha bahs munozarani talab qiladi. 

Agar sug’urta hodisasi ruy bersa, bu haqda sug’urta korxonasi qayta sug’urta 

korxonasiga darhol xabar qilishi kerak. O‘z navbatida, qayta sug’urta korxonasi 

shartnomada ko’zda tutilgan qoplamani to’lashi shart. Qayta sug’urta korxonasi 

shartnoma  buyicha  o’z  majburiyatlarini  to’la-tukis  bajarsa,  u  holda  shartnoma 

bajarilgan hisoblanadi.  




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish