Davlatiy moliya


 Sug’urta bozorining mohiyati, tarkibi va turlari



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

3. Sug’urta bozorining mohiyati, tarkibi va turlari 

Iqtisodiyotning  umumiy  nazariyasida  ham,  sug’urta  fanida  ham  “sug’urta 

bozori”  va  “sug’urta  xo’jaligi”  yangi  tushunchalardir.  Shunga  qaramay  aytish 

mumkinki,  “sug’urta  bozori”  tushunchasi  o’ziga  nisbatan  bir  muncha  umumiy 

hisoblangan  “sug’urta  xo’jaligi”  tushunchasining  pog’onalaridan  biri  bo’lib, 

sug’urta  xizmatlari  oldi-sotdisi  bilan  bog’liq.  “Sug’urta  xo’jaligi”  sug’urta 

sohasidagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatish, sotish va iste’mol qilish bilan bog’liq 



521 

munosabatlar  yig’indisidan  iborat.  Umumjahon  xo’jaligi  miqyosida  “jahon 

sug’urta  xo’jaligi”  atamasini  qo’llash  mumkin.  Ana  shu  ma’noda  “sug’urta 

xo’jaligi”  sug’urta  tashkilotlarining  ta’sis  etilishi,  tashkiliy  tuzilmasi,  faoliyati, 

boshqaruvi bilan bog’liq munosabatlarni, shuningdek, sug’urta tashkilotlarining 

yoki sug’urta bozorining boshqa turdagi subyektlarining sug’urtaga oid faoliyatini 

davlat  tomonidan  tartibga  solish  munosabatlarini,  iqtisodiy  munosabatlarda 

sug’urtadan  foydalanish  shart-sharoitlari  va  asoslarini  ifoda  etadi.  Xorijiy 

adabiyotda bu borada tegishli ravishda “sug’urta iqtisodiyoti” va “jahon sug’urta 

iqtisodiyoti” tushunchalari ishlatiladi. 

Iqtisodiyot  hamda  zamonaviy  iqtisodiyot  nazariyasi  nuqtai  nazaridan 

sug’urta  bozorini  xaridorlar  –  sug’urtalanuvchilarning  sug’urta  xizmatlariga 

bo’lgan  talablari  va  sotuvchilar  –  sug’urta  tashkilotlarining  sug’urta  himoyasi 

bo’yicha  takliflari  nisbati  bilan  boshqariladigan  iqtisodiy  makon  yoki  tizim 

sifatida tasavvur etish mumkin. Sug’urta himoyasiga talab ikki bosh omil bilan: 

xo’jalik  yurituvchi  subyektning  va  alohida  fuqaroning  risk-menejmentining 

elementi  sifatidagi  sug’urtaga  nisbatan  bo’lgan  talabi  va  shuningdek, 

sug’urtalovchilarning sug’urta xizmatini sotib olish orqali o’z talabini qondirishga 

imkon  yaratadigan  sotib  olish  layoqati  bilan  belgilanadi.  Ijtimoiy  qayta  ishlab 

chiqarishga xos bo’lgan  ehtimoldagi xavf  sifatida xatar iqtisodiy  munosabatlar 

yuksalishi bilan sug’urta xizmatlariga bo’lgan talabning kuchayishiga olib keladi. 

Ayni vaqtda davlat ijtimoiy sug’urta va ta’minot tizimi orqali taqdim etiladigan 

sug’urta  himoyasining  qisqarishi  ham  shuningdek,  sug’urta  xizmatlariga 

talabning oshishiga sabab bo’ladi. 

Sug’urta bozori – ma’lum bir pul munosabatlari sohasi bo’lib, unda savdo-

sotiq  obyekti  sifatida  sug’urta  himoyasi  qatnashadi  hamda  unga  talab  va  taklif 

shakllanadigan  maxsus  ijtimoiy-iqtisodiy  tarmoq  hisoblanadi.  Sug’urta  bozori 

keng ma’noda sug’urta xizmatlarining oldi-sotdisi yuzasidan vujudga keladigan 

iqtisodiy  munosabatlar  yig’indisini  aks  ettiradi.  Sug’urta  bozorining  obyektiv 

asosini  kutilmagan  tabiiy,  texnogen  va  baxtsiz  hodisalar  oqibatida  etkazilgan 

zararni  bartaraf  etish  yo’li  bilan  ishlab  chiqarish  jarayonlarining  uzluksizligini 

ta’minlash  hisoblanadi.  Qolaversa,  sug’urta  bozori  iqtisodiyotni  qo’shimcha 

moliyalashtirishda ham muhim o’rin tutadi. Sug’urta bozori faoliyat yuritishining 

asosiy  sharti  bo’lib  sug’urta  xizmatlariga  jamiyat  ehtiyojining  mavjudligi  va 

ushbu  ehtiyojni  qondira  oladigan  sug’urta  tashkilotlarini  mavjud  bo’lishi 

hisoblanadi.  Faoliyat  ko’rsatayotgan  sug’urta  bozori  turli  tarmoq  bo’limlarini 

biriktirgan murakkab, integratsiyalashgan tizimni o’zida aks ettiradi. 

Sug’urta bozori ishtirokchilari sifatida sotuvchilar, xaridorlar va vositachilar 

hamda ularning uyushmalari qatnashadilar. Sotuvchilar toifasini sug’urta va qayta 

sug’urta  tashkilotlari  tashkil  etadi.  Xaridorlar  sifatida u  yoki bu  sotuvchi  bilan 




522 

sug’urta  shartnomasini  rasmiylashtiruvchi  sug’urtalanuvchilar  -  jismoniy  va 

yuridik  shaxslar  ishtirok  etadilar.  Sotuvchilar  va  xaridorlar  o’rtasidagi 

vositachilar  bo’lib,  o’z  harakatlari  bilan  sug’urta  shartnomalarini  tuzishga 

ko’maklashuvchi sug’urta agentlari va sug’urta brokerlari hisoblanadi. 

Sug’urta  bozorida  taklif  etilayotgan  o’ziga  xos  tovar  -  sug’urta  xizmati 

hisoblanadi. Uning xarid qiymati bo’lib sug’urta qoplamasi shaklini ifodalovchi 

sug’urta himoyasini ta’minlash hisoblanadi. Sug’urta xizmatining narxi sug’urta 

tarifida aks ettiriladi. U talab va taklifga asoslangan raqobat asosida shakllanadi. 

Rivojlangan  va  rivojlanayotgan  sug’urta  bozorlarining  muammosi 

sug’urtalanuvchilar  tomonidan  zarur  darajada  sotib  olish  layoqatiga  ega 

bo’lmaslikda  ifodalanishi  mumkin.  Bu  muammoning  hal  etilishi  bir  jihatdan 

aholining sotib olish layoqatining o’sishiga va xo’jalik yurituvchi subyektlarning 

moliyaviy  barqarorligiga,  ikkinchi  jihatdan  davlat  tomonidan  umummilliy 

darajada mamlakat makroiqtisodiyoti miqyosida sug’urta xizmatlarini sotib olish 

layoqatini  o’stirishga  qaratilgan  muayyan  chora-tadbirlarga  bog’liq. 

Mutaxassislar  diqqatni  sug’urta  xizmatlariga  talab  subyektiv  xususiyatga  ega 

ekanligiga qaratadilar, ya’ni sug’urta himoyasi bilan ta’minlanishga ongli talab 

ko’p  jihatdan  iste’molchining  ana  shunday  xizmat  mavjud  ekanligidan,  uning 

iste’mol sifatlaridan, samarasidan, bahosidan bexabarligi va shu kabi sabablarga 

ko’ra  amalga  oshmay  qolishi  mumkin.  Bu  holat  sug’urta  tashkilotlaridan 

“sug’urta riskini qoplashga doir yashirin talabni ochishga” qaratilgan marketing 

tadbirlarini o’tkazishni taqozo qiladi. 

Sug’urta  xizmatlarining  taklif  etilishi  etarli  darajada  ixtisoslashgan  va 

moliyaviy barqaror, ehtimoldagi sug’urtalanuvchilarning talablarini qondirishga 

layoqatli  sug’urta  tashkilotlarining  mavjud  bo’lishi  orqali  ta’minlanadi. 

Investorlarning sug’urta tashkilotiga qiziqishi, sug’urta tariflarini hisoblab chiqish 

uchun  zarur  statistik  va  axborot  bazasining  mavjudligi,  moliya  bozorining 

sug’urta  tashkilotlarining  investitsiyalarining  qaytarilishini  va  daromadliligini 

kafolatlaydigan  darajada  samarali  faoliyat  ko’rsatishi,  shuningdek,  sug’urta 

tashkilotlarida  malakali  menejerlarning  va  sug’urta  xizmati  anderraytingi 

bo’yicha  mutaxassislarning  mavjudligi  sug’urta  bozorini  shakllantirishning 

muhim omili bo’lib hisoblanadi. 

Sug’urta xizmatlari bozori faoliyat turiga qarab umumiy sug’urta xizmatlari 

bozori va hayotni sug’urta qilish bozoriga bo’linadi. O‘zbekiston Respublikasida 

sug’urta  xizmatlari  bozori  2002-yilning  oxirlariga  qadar  universal  tusga  ega 

bo’lgan,  ya’ni  sug’urta  tashkilotlari  bir  paytning  o’zida  ham  umumiy,  ham 

hayotni sug’urtalash turlarini amalga oshirib kelgan.  2002-yilning 27-noyabrida 

qabul  qilingan  Vazirlar  Mahkamasining  “Sug’urta  xizmatlari  bozorini  yanada 

rivojlantirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  413-son  qaroriga  asosan  “Sug’urta 




523 

faoliyati  klassifikatori”  tasdiqlandi.  Unga  muvofiq  sug’urta  tashkilotlarining 

faoliyati ikkiga ajratildi: umumiy sug’urta va hayotni sug’urta qilish sohasi. 

Umumiy  sug’urta  xizmatlari  hayot  sug’urtasidan  tashqari  barcha  sug’urta 

xizmat  turlarini  qamrab  oladi.  Hozirgi  kunda  umumiy  sug’urta  xizmatlari 

bozorida  faoliyat  ko’rsatayotgan  sug’urta  tashkilotlari  “Sug’urta  faoliyati 

klassifikatori”ning  umumiy  sug’urta  tarmog’iga  oid  barcha  sug’urta  klasslari 

doirasida  sug’urta  xizmatlarini  ko’rsatayapti.  Umumiy  sug’urta  xizmatlari 

bozorini tavsiflovchi asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: 

 22-jadval 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish