Davlatiy moliya


  Davlat qarzlarini boshqarish



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

6.  Davlat qarzlarini boshqarish 

 

O‘zbekiston  Respublikasida  davlat  qarzini  boshqarishning  oliy  organi 



O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisidir.  Oliy  Majlis  byudjet  defitsitini 

moliyalashtirish  uchun  jalb  qilinishi  lozim  bo’lgan  mablag’lar  va  byudjet 

mablag’lari  hisobidan  kreditlashtirishning  maksimal  miqdorlarini  belgilaydi.  U 

yoki  bu  ko’rinishdagi  qimmatli  qog’ozlarni  chiqarishning  chegaraviy  hajmini 

O‘zbekiston  Respublikasi    hukumati  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazir-lar 

Mahkamasi o’rnatadi. 2019 yilda davlat qarzining chegaraviy hajmi mamlakatda 

yaratilayotgan YaIMning 50 foizidan oshmasligi zarur. 

Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish uchun ikki 

dasturni ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq: 

   tashqi qarzlarni olish davlat dasturi; 

   ichki qarzlarni olish davlat dasturi. 

Bu dasturlar  maqsadlari,  manbalari  va  qaytarilish  muddatlarini  ko’rsatgan 

holda  navbatdagi  moliyaviy  yilda  olinishi  lozim  bo’lgan  qarzlar  ro’yxatidan 

iboratdir. Dasturlar navbatdagi yil byudjetining loyihasi bilan Oliy Majlisga taqdim 

etiladi va tasdiqlanishi kerak. 



396 

Xususan,  tashqi  qarzlar  olish  davlat  dasturida  ikki  guruhga  bo’lib,  aks 

ettiriladi: 

  bog’lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar (qarzlar); 

  maqsadli xorijiy qarzga olishlar (qarzlar). 

Bularning  har  ikkalasi  uchun  ham  yuqoridagi  dasturda  alohida-alohida 

quyidagilar o’z ifodasini topishi kerak: 

  bog’lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar: 

  (qarzlar) bo’yicha: 

 jalb qilish manbalari; 

 qarzga olish summalari; 

 qaytarish muddatlari. 

  maqsadli xorijiy qarzga olishlar:  

  (qarzlar) bo’yicha: 

 yakuniy oluvchi; 

 qarzga olishning maqsadi va foydalanish yo’na-lishi; 

 qarzga olish manbasi; 

 qazga olish summasi

 qarzni qaytarish muddatlari; 

 mablag’larni byudjetga qaytarish bo’yicha uchinchi shaxsning kafolati;  

 navbatdagi moliyaviy yil boshlangunga qadar foydalanilgan mablag’lar 

hajmining baholanishi; 

 navbatdagi moliyaviy yilda mablag’larning foydalanish  hajmi prognozi 

(bashorati). 

O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qog’ozlarining yagona 

emitenti  bo’lib,  Moliya  vazirligi  hisoblanadi  va  u  O‘zbekiston  hukumati 

tomonidan  aniqlangan  chegaralarda  ularning  chiqarilish  muddatlari  va  hajmini 

belgilaydi. 

Davlat  byudjeti  va  byudjetdan  tashqari  davlat  jamg’armalarning 

mablag’larini  maqsadli  va  barqaror  sarflanishini  ta’minlash,  byudjetdan 

moliyalashtiri-layotgan tashkilotlarning qarzlarini kamaytirish maqsadida ijroiya 

hokimiyat  organlariga  davlatning  qimmatli  qog’ozlarini  chiqarish,  kreditlar  va 

qarzlar  olish  yo’li  bilan  qarz  mablag’larini  jalb  qilish  taqiqlangan  (hukumat 

tomonidan to’g’ridan-to’g’ri o’rnatilgan hollardan tashqari). Bu jihat davlatning 

byudjetdan tashqari jamg’arlariga ham  tegishlidir. 

Davlatning ichki qarzlariga xizmat qilish bo’yicha bosh vakil funksiyasini 

mamlakatning  Markaziy  banki  bajaradi.  Har  bir  obligatsiyani  muomalaga 

chiqarish emissiyasida barcha yagona va jamlanma sertifikatlar Moliya vazirligi 

tomonidan  saqlash  va  hisobga  olish  uchun  depozitariyga  berilishi  kerak. 

Depozitariy  funksiyasini  Markaziy  bank  yoki  u  tomonidan  vakolati  belgilangan 

boshqa  tashkilot  bajarishi  mumkin.  Markaziy  bank  Moliya  vazirligining 



397 

topshirig’iga  ko’ra  va  respublika  byudjetining  mablag’lari  hisobidan 

obligatsiyalarning egalariga bu obligatsiyalar qaytarilayotgan paytda to’lovlarni 

amalga oshiradi. 

Davlat qimmatli qog’ozlarini tartibga solish hukumatning Moliya vazirligi va 

Markaziy bank bilan hamkorlikdagi eng muhim va mas’uliyatli funksiyalaridan 

biridir.  Hozirgi  amaliyotda  davlat  qimmatli  qog’ozlarini  tartibga  solish 

choralarini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 

  “olovli” choralar – qayta moliyalashtirish va lombard stavkalarini oshirish 

(ko’tarish),  qimmatli  qog’ozlar  va  valyuta  bozorlarida  Markaziy  bankning 

interventsiyasi. Biroq bunday choralar qisqa vaqt – 2 yoki 3 kun uchun ta’sirchan 

hisoblanadi; 

  xorijiy  qarzga  olish.  Qimmatli  qog’ozlar  bozoriga  ta’sir  ko’rsatish  uchun 

qarz olishning o’zi emas, balki kreditlarning olinishi to’g’risida ishonch bo’lishining 

o’zi etarlidir. Yuqoridagi choralar singari bu guruhga kiruvchi choralar ham, ma’lum 

darajada  va  ma’noda,  tanazzulni  orqaga  suruvchi  va  uning  ildizlariga  barham 

bermovchi “olovli” choralar hisoblanadi; 

  davlat  qimmatli  qog’ozlar  milliy  bozori  nobarqarorligining  oldini  olishga 

samarali  va  uzoq  muddatli  ta’sir  ko’rsatishga  uzoq  muddatli  monitar  choralarga 

moliyaviy bozorning chegarasidan chetga chiquvchi choralar (xususan, soliq tizimi 

va soliqlarning undirilishini tartibga solish, byudjet defitsitini qisqartirish, iqtisodi-

yotning o’sishiga erishish va h.k.lar)  qo’llanilsagina, erishish mumkin.   

Davlat  qarzlarini  boshqarish  mamlakatning  iqtisodiy  o’sish  sur’atlari  va 

sifatiga  ta’sir  ko’rsatishi  mumkin  bo’lgan  O‘zbekiston  Respublikasi  byudjet 

siyosatining  muhim  qismi  hisoblanadi.  Shuning  uchun  ham  hozirgi  sharoitda 

davlat qarzlarini boshqarishda aniq bir kontseptsiyaga ega bo’lish alohida ahamiyat 

kasb etadi. Bu kontseptsiyada davlat qarzlarini boshqarish hamda pul-kredit siyosati 

va  valyuta  siyosati  o’rtasidagi  aloqalarni  davlat  qarzlarining  davlat  moliya 

tizimidagi o’rnini, tashqi va ichki davlat qarzlarining bir-birlari bilan bog’liqligini 

aniqlash juda muhimdir.  




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish