Davlatiy moliya


-MAVZU: IJTIMOIY TA’MINOT



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

23-MAVZU: IJTIMOIY TA’MINOT 

REJA: 

1. Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy asoslari  va tamoyillari. 

2. Davlat pensiyasi va jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti. 

3. Ijtimoiy nafaqalar. 

1. Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy asoslari  va tamoyillari 

Mamlakatning Konstitutsiyasi, odatda, yosh bo’yicha, kasal, nogiron  yoki 

boquvchisini  yo’qotganda,  bolalarni  tarbiyalash  uchun  va  qonunda  ko’zda 



398 

tutilgan  boshqa  holatlarda  har  bir  kishining  ijtimoiy  ta’minotini  kafolatlaydi. 

Iqtisodiy  kategoriya  sifatida  ijtimoiy  ta’minotga  quyidagicha  ta’rif  berish 

mumkin: jarayonida fuqarolarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko’rsatish 

uchun    milliy  daromadning  bir  qismi  hisobidan  pul  mablag’larining  ijtimoiy 

fondlarini shakllantiradigan va ulardan foydalanadigan taqsimlash munosabatlari 

tizimiga  ijtimoiy  ta’minot  deyiladi.  Mana  shunday  keng  ma’noda,  ijtimoiy 

ta’minot  fondlarini  shakllantirish  manbalari  va  ta’minotni  tashkil  etishga  bog’liq 

bo’lmagan  holda  jamiyat  barcha  a’zolarining  tegishli  tarzda  ta’minlanishini  o’z 

ichiga qamrab oladi. 

Pulli pensiya va nafaqa to’lovlari ijtimoiy ta’minot bo’yicha xarajatlarning 

asosiy ko’rinishlari hisoblanadi. 



Pensiya  –  bu qarilik, nogironlik, xizmat qilgan yillari va boquvchisining 

yo’qotilganligi  munosabati  bilan  (bog’liq  ravishda) fuqarolarni moddiy jihatdan 

ta’minlash uchun ma’lum pul summalarining davrma-davr to’lanmalaridan iborat. 

Pensiyaning quyidagi ko’rinishlari mavjud: 

  yoshga doir (qarilik) pensiya(si) (ba’zi xorijiy davlatlarda qarilik pensiyasi 

deyiladi, bizning qonunchiligimizda yoshga doir pensiya deyilgan); 

  nogironlik pensiyasi; 

  xizmat  qilgan  yillari  uchun  pensiya  (qonunchiligimizda  uch  xil  pensiya 

tizimi  qayd  etilgan,  bu  holat  pensiyaga  ustamalar  sifatida  yoki  muddatidan  oldin 

pensiyaga  chiqish  bo’yicha  imtiyozli  pensiyaga  chiqish  ro’yxatlari  bo’yicha 

keltirilgan  kasb  egalarini  pensiyasi  sifatida  qayd  etiladi,  xorijda  bunday  nomdagi 

pensiyalar mavjud, bizda bu pensiyalarimizning tarkibida yuritiladi); 

  boquvchisini yo’qotganligi uchun pensiya. 

  Fuqarolarning  ayrim  toifalari  uchun  ijtimoiy  pensiyalar  deb  ataladigan 

pensiyalar  ham  to’lanadi  (bizda  bu  ko’proq  ijtimoiy  nafaqalar  deb  yuritilmoqda, 

ammo ayrim xorijiy mamlakatlarda bundan nomlanadigan pensiyalar mavjud). 

Yuqoridagilarni  hisobga  olib,  ularni  quyidagicha  ham  ifodalash  ham 

mumkin:  

  yoshga doir (qarilik) pensiya (si); 

  nogironlik pensiyasi; 

  boquvchisini yo’qotganligi uchun pensiya. 

Ba’zi mamlakatlarda pensiyalarning xizmat qilgan yillari uchun pensiyalar 

va ijtimoiy pensiyalar ko’rinishlari ham mavjud. Bizning mamlakatimizda xizmat 

qilgan  yillar  uchun  pensiyalar  qonunchiligimizda  qayd  etilgan  pensiyalarning 

tarkibiy qismi hisoblanadi, ijtimoiy pensiyalar tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar 

ko’rinishiga  ega  va  ushbu  nafaqalar  bugungi  kunda  davlat  byudjeti  hisobidan 

moliyalashtirilishi belgilangan. 

Nafaqalarning quyidagi asosiy ko’rinishlari bo’lishi mumkin: 




399 

  vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotganligi uchun; 

  homiladorlik va tug’ish bo’yicha; 

  farzand tug’ilganda; 

  bola parvarishi bo’yicha; 

  muddatli harbiy xizmatchilarning bolalariga; 

  ishsizlik bo’yicha; 

  ta’ziya holatlari bo’yicha. 

Yuqoridagilar bilan bir qatorda ta’minotning boshqa quyidagi shakllari ham 

amal qiladi: 

  kasbiy-texnikaviy o’qitish; 

  ishsizlarni qayta o’qitish; 

  nogironlarni qayta o’qitish va ishga joylash; 

  qariyalar va nogironlar uchun internat-uylarida mehnatga qobiliyatsizlarni 

tekinga saqlash; 

  nogironlarni protezlash va ularni moto-velokolyaskalar va atomobillar bilan 

ta’minlash; 

  uyga yordamning ko’p ko’rinishlarini tashkil qilish va boshqalar. 

Ijtimoiy ta’minot mehnat qilish qobiliyatini qisman yoki to’liq yo’qotgan shaxs 

xususida  davlat  va  jamiyat  g’amxo’rligi,  inson-parvarlikning  namoyon  bo’lish 

shaklidir.  Mehnat  faoliyatining  to’xtatilishi  munosabati  bilan  insonning  moddiy 

ahvoli  yomonlashganda,  o’z  mehnat  qobiliyati  yo’qotilganligi  inson  ongiga 

kuchli salbiy ta’sir ko’rsatayotgan bir paytda ijtimoiy ta’minot davlat va jamiyat 

tomonidan  uning  unutilmaganligini  va  o’z  holiga  tashlab  qo’yilmaganligini 

ko’rsatadi. 

“Ijtimoiy ta’minot” kategoriyasining mazmuniga oid iqtisodchilar o’rtasida 

yagona  fikr  mavjud  emas.  Mualliflarning  ba’zi  birlari  “ijtimoiy  ta’minot” 

tushunchasini keng ma’noda talqin qilib, uning tarkibiga ona va bolani, fuqarolarni 

qarilik chog’ida va mehnat qobiliyatini yo’qotganda tekin ta’minlanishi, davolash 

va tibbiy xizmatlarning tekinligi bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar 

majmuining  barchasini  kiritadilar.  Boshqa  bir  toifadagi  mualliflar  “ijtimoiy 

ta’minot”  va  “ijtimoiy  sug’urta”ni  yagona  tartibdagi  iqtisodiy  kategoriyalar 

sifatida  ko’rib  chiqadilar.  Uchinchi  guruh  mualliflari  “ijtimoiy    ta’minot” 

tushunchasini  tor  ma’noda  tasavvur  qilib,  ijtimoiy  sug’urta  bilan  qamrab 

olinmaydigan  ta’minotning  turlarinigina  uning  tarkibidan  iborat  deb 

hisoblaydilar.  Va  nihoyat,  to’rtinchi  guruhga kiruvchi  mualliflar ham  mavjudki, 

ularning  fikricha,  meh-natga  qobiliyatsizlikni  ta’minlashning  turli  shakllari  va 

ko’rinishlari,  shu  jumladan,  ijtimoiy  sug’urtani  ham  qamrab  oluvchi  yagona 

“ijtimoiy ta’minot” tushunchasi mavjud. 



400 

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolarning mehnat qilish, 

dam  olish,  sog’ligini  muhofaza  qilish  huquqlariga,  qariganda,  kasal  bo’lganda, 

mehnat  qobiliyatini  vaqtinchalik  yoki  to’liq  yo’qotganda  va  boquvchisidan 

mahrum  bo’lganda  ijtimoiy  ta’minot,    uy-joyga  egalik  qilish,ma’lumot  olish, 

madaniyat yutuqlaridan foydalarish huquqlariga,  davlat va jamoatchilik ishlarini 

boshqarish  huquqiga  ega  ekanligini  kafolatlaydi.  Shu  munosabat  bilan  va 

“ijtimoiy  ta’minot”  tushunchasini  keng  talqin  qilish  pozitsiyasidan  nafaqat  tekin 

tibbiy xizmat ko’rsatish va davolash, balki Konstitutsiyada ko’zda tutilgan tekin 

bilim  olish,  madaniyat  yutuqlaridan  foydalanish  va  boshqa  ijtimoiy-iqtisodiy 

tadbirlardan bahramand bo’lish kabilarni ham uning tarkibiga kiritish maqsadga 

muvofiq  bo’lur  edi.  Chunki  bu  huquqlarning  har  biri  fuqarolarning  turli 

ehtiyojlarini  qondirishni  nazarda  tutib,  Konsti-tutsiyada  ko’zda  tutilgan  tegishli 

tadbirlar  va  mablag’lar  bilan  ta’minlanadi.  Masalan,  qarilik  chog’ida,  kasallik 

paytida  va  mehnat  qobiliyatini  to’liq  yoki  qisman  yo’qotganda,  shuningdek 

boquvchisidan  mahrum  bo’lgandagi  moddiy  jihatdan  ta’minlanish  huquqi 

ijtimoiy  ta’minotning  turli  shakllari  orqali  amalga  oshiriladi.  Sog’liqni  muhofaza 

qilish  huquqini  ta’minlash,  ya’ni  tekin  tibbiy  xizmat  ko’rsatish  va  davolanish 

bo’yicha  maxsus  shakllar  ko’zda  tu-tilgan.  Boshqacha  qilib  aytganda, 

fuqarolarning  turli  ehtiyojlari  ularni  qondirishning  o’ziga  xos  bo’lgan  o’z 

shakllariga  egadir.  Shularga  muvofiq  ravishda  pul  mablag’lari  fondlari  ham 

shakllantiriladi.  Bulardan  ko’rinib  turibdiki,  “ijtimoiy  ta’minot”  tushunchasini 

bundan ham kengroq tarzda talqin qilish o’zining etarli darajadagi asosiga ega 

emas. 


Bir  vaqtning  o’zida,  “ijtimoiy  ta’minot”  va  “ijtimoiy  sug’urta”ni    parallel 

ravishda amal qiluvchi, mustaqil bir tartibli iqtisodiy kategoriyalar sifatida talqin 

qiladigan,  ijtimoiy  ta’minotga  davlat  byudjetining  to’g’ridan-to’g’ri  o’tkazma 

(transfert)lari  hisobidan  amalga  oshiriladigan,  ijtimoiy  sug’urtaga  esa  faqat 

ijtimoiy  sug’urta  fondi  mablag’lari  hisobidan  amalga  oshiriladigan  tadbirlar 

kiradi, deb hisoblaydigan qarashlarni asoslangan deyish mumkin emas. 

Ijtimoiy  ta’minotga  to’g’ridan-to’g’ri  o’tkazma  (transfert)lar  hisobidan 

Davlat  byudjetidan,  Pensiya  jamg’armasidan  va  ijtimoiy  sug’urta  fondidan 

qilinadigan xarajatlarning yo’nalishlarida prinsipial xarakterdagi farqlar yo’q. Bir 

vaqtning  o’zida  ham  to’g’ridan-to’g’ri  byudjet  ajratmalari,    ham  Pensiya 

jamg’armasi va Ijtimoiy sug’urta jamg’armalari hisobidan qarilik (yoshga doir), 

nogironlik,  ishlagan  yillari  uchun,  boquvchisini  yo’qotgandagi  pensiyalar, 

farzand  tug’ilganda,  homiladorlik  va  tug’ish  nafaqalari  to’lanishi  mumkin.  Bu 

yerda farqlar faqat ta’minlanayotganlarning kontingentiga nisbatan bo’ladi, xolos. 

Pensiya va Ijtimoiy sug’urta jamg’armalari mablag’laridan ishchi va xizmatchilar, 

ilmiy  xodimlar,  bevosita  byudjetdan  esa  Ichki  ishlar  vazirligi,  Milliy  xavfsizlik 




401 

xizmati,  Bojxona  organlari  va  boshqa  bir  necha  toifadagi  boshliqlar  tarkibidagi 

harbiy xizmatchilar ta’minlanadi. 

Shuning  uchun  ham  ijtimoiy  sug’urtani  ijtimoiy  ta’minotga  bog’liq 

bo’lmagan  holda  parallel  ravishda  mavjud  bo’lgan,  mustaqil  kategoriya  deb 

hisoblashga  asos  mavjud  emas.  Aksincha,  ijtimoiy  sug’urta  yaxlit  butunning  bir 

qismi  sifatida  ijtimoiy  ta’minotga  tegishli  bo’lib,  uning  shakllaridan  biri 

hisoblanadi. 

Ijtimoiy  ta’minotning  iqtisodiy  manbalari  xususida  gapirilganda  ayrim 

iqtisodchilar  ijtimoiy  iste’mol  fondlarini  (pensiya  to’lovlarini  birga  qo’shgan 

holda)  shakllantirishning  manbaini qo’shimcha  mahsulot, boshqalari esa ijtimoiy 

iste’mol fondlarini zaruriy mahsulot bilan bog’laydi. 

Turli  ijtimoiy  ta’minot  fondlari  va  ulardan  to’lanmalarning  tahlili  shuni 

ko’rsatadiki, ularning ba’zilarining manbai zarur mahsulot  bo’lsa,  boshqalariniki 

esa  qo’shimcha  mahsulotdir.  Masalan,  vaqtinchalik  mehnat  qobiliyatini 

yo’qotgandagi  nafaqa  to’lanmalari,  homiladorlik  va  tug’ish  bo’yicha  nafaqalar, 

nogironlarni o’qitish va ishga joylashtirish xarajatlari, ishsizlarni qayta o’qitish 

xarajatlarining  manbai  bo’lib  zarur  mahsulot  hisobla-nadi.  Bu  to’lanmalarning 

yo’nalishi vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgan paytda yoki ishsizlik davrida 

xodimga zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni berish bilan belgilanadi. Bu to’lanmalar 

ishchi kuchini takror ishlab chiqarish xarajatlari bilan bevosita bog’liqdir. 

Pensiya to’lanmalariga nisbatan vaziyat (holat) boshqacha. Bu to’lanmalar 

mehnatga qobiliyatsizlarga to’lanmalardir. Mehnat faoliyati boshlangunga qadar 

mamlakatning har bir yosh avlodi ham zaruriy mahsulot (ota-onalarning mehnat 

haqi  to’lovlari  shaklida)  va  ham  qo’shimcha  mahsulot  (ijtimoiy  iste’mol 

fondlaridan  xizmatlar  va  imtiyozlar  shaklida)  hisobidan  saqlanadi.  Mehnat 

faoliyati boshlanganidan to pensiyaga chiqqunga qadar (35-40 yil ichida) bu avlod 

oshib boruvchi hajmlarda ijtimoiy mahsulotni (za-ruriy va qo’shimcha) yaratadi. 

Jamg’armaga  yo’naltirilgan  qo’shimcha  mahsulotning  qismi  ancha  oshadi. 

Buning natijasida milliy boylikning hajmi tez o’sadi. Demak, ko’rinib turibdiki, 

har bir yangi avlod o’zining navbatdagi avlodiga o’zining oldingi ajdodlaridan 

olgan milliy boylikka nisbatan kattaroq hajmdagi milliy boylikni qoldiradi. Ana 

shu asosda har bir yangi avlod o’z mehnati bilan yalpi mahsulotni ishlab chiqarishni 

oshiradi.  Bunda  moddiy  boylik  ishlab  chiqarish  sohasi  xodimlarining  shaxsiy 

ehtiyojlarini  qondirishga  foydalaniladigan  zaruriy  mahsulotning  ham  hajmi  va 

ishlab  chiqarishni  rivojlantirishga  hamda  ijtimoiy  iste’mol  fondlarini 

shakllantirishga,  shu  jumladan,  jamiyatning  mehnatga  qobiliyatsiz  a’zolarini 

ta’minlashga yo’naltirilayotgan qo’shimcha mahsulotning hajmi ham o’sadi. 

Iqtisodiy  jihatdan  taraqqiy  etgan  mamlakatlarda  pensiya  to’lanmalari ko’p 

yillar  davomida,  asosan,  mehnatkashlarning  ish  haqlaridan  ajratmalar  yordamida 




402 

shakllantiriladigan  pensiya  jamg’armalari  hisobidan  amalga  oshiriladi.  Shuning 

uchun 

ham 


bu 

yerda 


pensiya 

jamg’armalari  zaruriy  mahsulotning 

rezervlashtirilgan  qismidan  iborat  bo’lib,  uni  xodim  qarilik  yoki  nogironlik 

bo’yicha pensiyaga chiqqandan so’ng, ola boshlaydi. 

Mamlakatimizda  qariganda,  kasalligida,  mehnat  qobiliyatini  to’liq  yoki 

qisman  yo’qotganda,  boquvchisidan  mahrum  bo’lganda  moddiy  ta’minlash 

huquqi mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq ijtimoiy ta’minotning turli shakllari 

bilan kafolatlangan. Mehnatkashlar o’zlarining ish haqlaridan 0,1% (2019 yil 1 

yanvaridan boshlab) miqdorida o’zlarining kelgusi jamg’ariladigan pensiyalariga 

ajratmalarni  o’tkazadilar  (2019-yil  1-yanvardan  boshlab  2018-yilda 

mehnatkashlarning  ish  haqlaridan  ushlab  qolinadigan  8%  yagona  ijtimoiy 

sug’urta fondiga, ya’ni Pensiya jamg’armasiga o’tkaziladigan majburiy ajratma 

bekor qilindi). Kelgusi davrning pensionerlari uchun pensiya jamg’armasi davlat 

mablag’lari 

hisobidan 

ham 


oldindan 

shakllantirilmaydi. 

Mehnatga 

qobiliyatsizlarni ta’minlash uchun fondlar YaIM va MDni taqsimlash jarayonida 

har yili ajratiladi va ulardan foydalaniladi.  

Ishlamaydigan pensionerlar zaruriy va qo’shimcha mahsulotni yaratmaganligi 

va  ularning  mehnat  faoliyati  davrlarida  pensiya  jamg’armasi  ular  uchun 

shakllantirilganligi  tufayli  har  yili  shakllantirilishi  lozim  bo’lgan  pensiya 

jamg’armalarining  manbai  ishlayotgan  avlodning  qo’shimcha  mehnati  evaziga 

yaratilgan YaIM va MD  qismi, ya’ni qo’shimcha mahsulot hisoblanadi. 

Ijtimoiy  ta’minotning  o’ziga  xos  bo’lgan  muhim  xususiyati  uni  vujudga 

keltirishning  (yaratishning,  qurishning,  tuzishning)  prinsiplaridir.  Ular 

quyidagilardan iborat: 


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish