1. Eng umumiylik prinsipi – jinsi, yoshi, millati, irqi, ishi-ning joyi va
xarakteri, mehnatga haq to’lashning shaklidan qat’iy nazar, yoshi yoki nogironligi
tufayli mehnatga layoqatsizligi sodir bo’lganda ijtimoiy ta’minotning barcha
mehnatkashlarga nisbatan qo’llanilishini anglatadi. Bundan tashqari, eng umumiylik
prinsipi mehnatkashlarning barcha toifalariga, ya’ni ishchilar, xizmatchilar,
dehqonlar, harbiylar, o’quvchilar va boshqa fuqarolarga nisbatan qo’llaniladi.
Shuningdek, ijtimoiy ta’minot boquvchisi vafot etgan oilaning mehnatga
qobiliyatsiz barcha a’zolariga (balog’at yoshiga etmagan bolalar, aka-ukalar, opa-
singillar, nabiralar, qariyalar yoki mehnatga layoqatsiz er (xotin), ota, ona, bobo,
buvi va boshqalar) nisbatan ham tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |