5. Davlat – garant (kafil) va kreditor sifatida
Garant (kafillik) huquqiy majburiyatlarni ta’minlash usuli bo’lib, unga
muvofiq kafolat beruvchi kafolat berilgan tomonning (shaxsning) majburiyatlarini
to’liq yoki qisman uchinchi tomon (shaxs) oldida ijro etilishiga (bajarilishiga)
javob berishi uchun majburiyatni yozma ravishda o’z zimmasiga oladi.
Kafolatlar, odatda, tanlov asosida taqdim etilishi kerak. Davlat tomonidan milliy
va xorijiy valyutada berilayotgan kafolatlar (kafilliklar) o’zining yuqori
chegarasiga ega bo’lmog’i lozim. Mamlakatning milliy valyutasida ifodalangan
kafolatlarning umumiy summasi davlatning ichki qarzlari tarkibiga, uning xorijiy
valyutada ifodalangan summasi esa davlatning tashqi qarzlari tarkibiga kiritiladi.
Kafolatlar taqdim etilayotgan paytda, albatta, uni oluvchilarning (unga ega
bo’layotganlarning) moliyaviy ahvoli tekshirilmog’i kerak.
393
An’anaviy ravishda davlat aholining tijorat banklaridagi
omonatlarini
kafolatlaydi. Keyingi yillarda bozor munosabatlarining rivojlanishiga muvofiq
ravishda davlat turli yuridik shaxslarning qarziy majburiyatlari bo’yicha ham
kafolatlovchi (kafillik beruvchi) sifatida maydonga chiqmoqda.
Mamlakatda moliyaviy intizomni mustahkamlash va kafolatlar berishning
asoslangan mexanizmini joriy etish maqsadida byudjetga va byudjetdan tashqari
jamg’armalarga to’lovlar bo’yicha qarzlari mavjud bo’lgan subyektlarga
kafolatlar berilmaydi. Shuningdek, kafolatlarni tanlov asosida amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir.
Rezident-yuridik
shaxslarning majburiyatlari bo’yicha O‘zbekiston
Respublikasining kafolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki
u vakolat bergan organ tomonidan sodir etiladi. Jismoniy shaxslarning
majburiyatlari bo’yicha O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari berilmaydi.
Kafolatlar berish tartibi, shuningdek, kafolatlar berilganligi uchun kafolatlar oluv-
chidan haq olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
Davlat qarzi bo’yicha to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirishga hamda
davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilish bo’yicha O‘zbekiston
Respublikasining majburiyatlaridan kelib chiquvchi to’lovlarni amalga oshirish
uchun mablag’larni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida respublika byudjet
tarkibida kafolat jamg’armasi tuzilishi mumkin. Bu jamg’armani tashkil etish va
undan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
Bozor munosabatlarining rivojlana borishi bilan ichki bozorda davlatning
kreditor sifatidagi faolligi ham asta-sekinlik bilan kuchaymoqda. Agar avval
byudjetdan moliyalashtirishga asosiy e’tibor qaratilgan bo’lsa, keyingi yillarda
og’irlik markazining kredit munosabatlari tomon o’zgarayotganligi sezilib turibdi.
Chunki kredit munosabatlari mablag’lardan foydalanishda byudjet re-
surslarining katta qismini tejashga imkon beradigan va samarali usul hisoblanadi.
Davlatning kreditor sifatidagi o’rni uning ichki va tashqi kreditlari bilan belgilanadi.
Odatda, dunyo amaliyotida ichki kreditlar ikki ko’rinishga ega (bu degani, hamma
davlatlar amaliyotida ham bo’lishi mumkin emas yoki boshqacha shaklda amal qilishi
mumkin):
byudjet kreditlari;
byudjet ssudalari.
Byudjet kreditlari xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish shakli bo’lib, u
yuridik shaxslarga qaytarilish va tiklash asosida mablag’ berilishini ko’zda tutadi.
Byudjet ssudasi esa yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika
394
byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan
ajratiladigan mablag’dir.
Byudjetdan qarz mablag’larini oluvchilar quyidagilar bo’lishi mumkin:
byudjet tashkilotlari. Amalda byudjet tashkilotlari kredit tashkilotlaridan
hamda yuridik va jismoniy shaxslardan kredit olish huquqiga ega emas (byudjet va
byudjetdan tashqari jamg’armalardan olinadigan ssudalarni mustasno qilganda);
davlat unitar korxonalari;
byudjet tashkiloti va davlat unitar korxonasi bo’lmagan yuridik shaxslar;
ijroiya hokimiyat organlarining quyi byudjetlari.
Byudjet kreditlarini qaytarish bo’yicha ijroni ta’minlashning usullari faqat
bank kafolatlari, mol-mulk garovi bo’lishi mumkin. Yuridik shaxslarga berilgan
byudjet mablag’larini qaytarish va ulardan foydalanganlik uchun haqini to’lash
byudjet to’lovlariga tenglashtiriladi. Byudjet kreditlari faqat qaytarilish asosida oldin
berilgan byudjet mablag’lari bo’yicha to’lov muddati o’tib ketgan qarzlari
bo’lmagan yuridik shaxslarga berilishi mumkin.
Moliya vazirligi kelgusi yil uchun byudjet loyihasi tayyorlanayotgan paytda
tashkilotlarga berilishi mumkin bo’lgan byudjet kreditlarining umumiy hajmini
aniqlaydi va investitsion loyihalarning tanlovini o’tkazish uchun kelgusi moliya
yilining boshlanishidan to’rt oy oldin ularni tegishli vazirliklarning ixtiyoriga
etkazadi.
Loyihalarni tanlovga taqdim etish jarayonida byudjetning markazlashtirilgan
investitsion resurslarini tanlov asosida joylashtirishda investitsion loyihalarning
samaradorligini baholashda talab qilinadigan hujjatlarga qo’shimcha ravishda
yana quyidagilar taqdim qilinishi lozim:
ijroiya hokimiyat organlarining import bo’yicha sotib olinishi
rejalashtirilayotgan asbob-uskunani mamlakat korxonalarida tayyorlashning iloji
yo’qligi va ularni import bo’yicha sotib olish maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi
xulosasi;
ssudalarni qaytarishni ta’minlash manbalari ko’rsa-tilgan holda qarz
mablag’larini to’liq qaytarishning moliyaviy hisob-kitoblari;
da’vogarda avans to’lovlarini amalga oshirish uchun o’z mablag’lari
borligining tasdiqlanganligi.
Ssudalar mamlakat tijorat banklari kafolatlari, hokimiyat organlari va
barqaror moliyaviy-iqtisodiy ahvolga ega bo’lgan uchinchi shaxslarning
iltimosnomalari hamda yuqori likvidli qimmatli qog’ozlar garovi asosida taqdim
etiladi. Ta’minotning bunday turlari riskning baholanishiga bog’liq bo’lgan holda
turli kombinatsiyalarda qo’llanilishi mumkin.
Ssudalarning miqdori tanlovdan o’tgan loyiha uchun uni moliyalashtirish
resurslari hajmining ma’lum bir qismidan (odatda, uning 40%dan) oshmasligi
395
lozim. Moliyalashtirishning boshqa qismi byudjet manbalariga muqobil bo’lgan
manbalar hisobidan qoplanishi kerak.
Ijtimoiy sohada davlat funksiyalarining bajarilishi bilan bog’liq va notijoriy
xarakterga ega bo’lgan investitsion loyihalarni moliyalashtirish tashkilotlarga
shunday loyihalar hajmini 100% moliyalashtirish miqdorida taqdim etilishi
mumkin.
Davlat tomonidan xorijiy davlatlarga, ularning yuridik shaxslariga va xalqaro
tashkilotlarga taqdim etilayotgan kreditlar deyilganda ular bo’yicha xorijiy
davlatlar, ularning yuridik shaxslari va xalqaro tashkilotlarning kreditor sifatida
davlat oldida vujudga kelgan qarz majburiyatlari tushuniladi.
Xorijiy davlatlarning qarz majburiyatlari ularning boshqa davlat oldidagi
qarzlarini shakllantiradi. Odatda, byudjet to’g’risidagi qonunda bu qarzlarga tegishli
bo’lgan quyidagilar tasdiqlanishi kerak:
xorijiy davlatlarning qarzlari bo’yicha qaytarilish (uzilish) summalari va
foizlarining to’lovi;
moliyaviy yilning oxiridagi xorijiy mamlakatlar qarzlarining miqdori;
xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan davlat kreditlarining maksimal hajmi;
moliyaviy yilda ularning oluvchilari, maqsadlari va kreditlashtirish
miqdorlari ko’rsatilgan holda kreditlar ro’yxatidan iborat bo’lgan xorijiy davlatlarga
davlat kreditlarini taqdim etish dasturi.
Do'stlaringiz bilan baham: |