Davlatiy moliya


Nogironlik bo’yicha pensiya



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

Nogironlik bo’yicha pensiya mehnat qobiliyati doimiy yoki uzoq muddatda 

yo’qotilganda  tayinlanadi.  Bu  pensiyaning  miqdori  mehnat  qobiliyatining 

yo’qotilish darajasiga (nogironlik guruhiga), nogironlik sabablariga, mehnat staji va 

ish haqining darajasiga bog’liq. 

Nogironlik  pensiyalari  belgilangan  tartibda  I  va  II  guruh  nogironlari  deb 

topilgan  shaxslarga  tayinlanadi  (2011  yil  1  yanvardan  keyin  nogironlikning  III 

guruhi  belgilangan  shaxslarga,  shu  jumladan,  takroriy  tibbiy  ko’rikdan 

o’tkazilgandan  so’ng  nogironlikning  III  guruhi  belgilangan  shaxslarga  nogironlik 

pensiyasi  tayinlanmaydi  va  to’lanmaydi,  Chernobil  halokati  oqibatida  III  guruh 

nogironligini  olgan  shaxslardan  tashqari.  Istiqbolda  mamlakatimizda  III  guruh 

nogironlari  uchun  ham  nogironlik  pensiyalarini  tayinlash  rejalashtirilmoqda). 

Sog’lig’ini yoki mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasiga qarab, nogironlikning 

uch guruhi aniqlanadi. 

Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va 

nogironlikning  qancha  muddatga  belgilanishi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi tasdiqlaydigan ular to’g’risidagi Nizom asosida ishlovchi tibbiy-mehnat 

ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi. 

Mehnatda  mayiblanganda  yoki  kasb  kasalligiga  uchraganda  beriladigan 

nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi. Umumiy kasallik tufayli 

beriladigan  nogironlik  pensiyalari  nogironlik  boshlangan  paytga  qadar 

qonunchilikda belgilangan  ish stajiga ega bo’lgan taqdirda tayinlanadi. 20 yoshga 

to’lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash to’xtatilganidan 

keyin  nogiron  bo’lib  qolgan  shaxslarga  pensiyalar  ish  stajidan  qat’i  nazar 

tayinlanadi. Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan 

nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga 

o’tkazilganda  zarur  staj  nogironlik  dastlab  belgilangan  vaqtdagi  yoshga  qarab 

aniqlanadi. 



408 

I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblash 

uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik ish haqining 55 foizi, biroq yoshga doir eng 

kam  pensiyaning  100  foizidan  kam  bo’lmagan  miqdorda  pensiyalarning  bazaviy 

miqdorlari  belgilanadi.  Pensiyani  hisoblash  tartibi  fuqarolarning  yoshiga  doir 

pensiyasini  hisoblash  kabi  amalga  oshiriladi.  Pensiya  tayinlash  uchun  talab 

qilinadigandan ortiq ish stajining har bir to’liq yili uchun nogironlik pensiyalarning 

bazaviy miqdorlari I va II guruhlar nogironlariga nogironlik pensiyalari — pensiyani 

hisoblash uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik ish haqining 1 foiziga oshiriladi. 

Mehnatda  mayiblanish  yoki  kasb  kasalligiga  chalinish  oqibatida  I  va  II  guruhlar 

nogironlariga nogironlik pensiyasining bazaviy miqdori nogironlik bo’yicha pensiya 

tayinlangan  kunda  qonunchilikda  nazarda  tutilgan  ish  staji  mavjud  bo’lganda 

oshiriladi. 

Pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo’lmagan umumiy kasallik 

oqibatidagi  I  va  II  guruh  nogironlariga  nogironlik  pensiyasi  bor  stajga  mutanosib 

miqdorda tayinlanadi va uning miqdori I guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari 

uchun  —  yoshga  doir  eng  kam  pensiyaning  100  foizidan  hamda    II  guruh 

nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 50 

foizidan kam bo’lmasligi lozim. 

Nogironlik  pensiyasi  nogironlik  belgilangan  (aniqlangan)  davr  mobaynida  

o’rnatiladi. 


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish