Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144


partner bo‘lub o‘ynaydi). 
Burunroq Toshkentda Abdulla fonuschi, Said Ahmad askiya, Said Ahmad 
dukkibosh, G‘ozibek deganlar bor edi. Bulardan ba’zilari butun O‘zbekistonga tanilgan 
kishilar. Bu askiyachilarning piri (ustozi) Askiyabiy degan odam, uning doimiy sherigi 
Ismat askiya, bular bir-birlariga nazm yo‘li bilan tegishardilar. Askiyachilik bir vaqtlar 
juda avj olgan san’at edi. Bu kungi Tekstilkombinatning bozorchasi bo‘lub turgan joy 
ilgari «Askiya» deyilardi. 
Aka Buxoriy degan bir qiziq qanchadan beri Ikromov parkida* xalqni kuldirib 
keladi. Respublika kolxozlarida qancha qiziq, askiyachi, payrovchi, chanduvchi yigitlar 
bor. 
Shular hammasi san’at ishiga rahbarlik qilaturg‘an idoralarning diqqat va e’tiborlaridan 
yiroqda, o‘z boshlariga xalqni kuldurib keladilar. Keng omma tsirkni yaxshi ko‘radi; tsirk 
qiziqlarini, umuman, qiziqlarning o‘yinlarini sevadi. Bizning san’at idoralari, tiyotr 
rahbarliklari, yozuvchi, shoir va boshqa san’atkorlarimiz esa shu choqqacha keng 
ommaning ehtiyojiga xizmat etaturg‘an qiziqliq san’atini hech bir qaramay, u muhum 


472 
san’atni pisand qilmay, nazarlariga ilmay keldilar. Qiziqlarimizning hammasida 
ko‘rulgan repertuar qahatchilig‘i, daqqi Yunusdan qolg‘an qiziqliqlarning hadeb qaytarila 
berishi, qiziqlik repertuariga mazmunlar kirmasligi – yolg‘iz qiziqlarning aybimi? 
Masala faqat tekshirish va tarixga material olish ustida emas, bizda kundan-kun 
gullab kelayotgan, har yerda maxtalgan, o‘zini ko‘rsatgan, Shekspir asarlarini qo‘yush 
darajasiga erishgan tiyotr bor. Uning ozig‘i faqat klassiq va zamona asarlaridan, 
tarjumalardan iborat bo‘lub qolsa, to‘g‘ri kelmas. 
Qozoq tiyotrining katta muvaffaqiyati, undan avval Ukraina kollektivi qozong‘an 
g‘alabaning asosi xalq ijodiga suyanganida edi, achchig‘ bo‘lsa ham haqiqat shundaki, 
biz bu jihatga tiyotr ishlarimizda hozirgacha ko‘p ahamiyat bermadik. 
Xalq qiziqlarini o‘rganish tiyotrimizning komediyachilik tomoni uchun katta oziq 
beradi. Buni kech bo‘lsa ham iqror qilib, shunga yarasha tadbirlar ko‘raylik. 
«Hamza»ning ilmiy laboratoriyasiga* bironta qiziqning qadam qo‘yg‘ani ma’lummi? Biz 
bilmaymiz. 
Qiziqlar hozir kulushga va yayrashga erishgan xalq uchun yanada kerakli kishilar. 
Ularni, ularning asarlarini, ularning ommaviy va yangi ijodlarini yolg‘iz sayillar, to‘ylar 
va ochiq maydonlardagina emas, o‘pera, dram, komediya sahnalarinda ham ko‘rmak 
istaymiz. 
«Guliston» jurnalining 1936 yil 6-sonida «Cho‘lpon» imzosi bilan e’lon qilingan. 
«San’at» jurnalining 1991 yil 9-sonida (nashrga tayyorlovchi Sirojiddin Ahmad) va 
«Adabiyot nadir» to‘plamida qayta nashr etilgan. 
«Guliston» jurnali asosida nashrga tayyorlandi. 
Cho‘lpon maqolada xalq qiziqchilik san’ati namoyandalari to‘g‘risida fikr yuritar 
ekan, qiziqlar haqida ma’lumot to‘plab, ular ijodini o‘rganish zarurligini alohida 
ta’kidlagan. Maqolada ko‘tarilgan muammo hali ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. 
Ikromov parki – Toshkentning Eski shaharidagi mustaqillik yillarigacha 
A.S.Pushkin nomi bilan atalgan madaniyat va istirohat bog‘i 1937 yilgacha Akmal 
Ikromov nomi bilan atalgan. Hozir Abdulla Qodiriy bog‘i deb ataladi. 


473 
«Hamzaning ilmiy laboratoriyasi…» – Hamza nomidagi drama teatri nazarda 
tutilmoqda. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish