Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.71.
 
Qiziqlar (1936) 
Aytadilarki, burun zamonda bir xonning o‘ziga xos qizig‘i bo‘lar ekan. Bir kun 
xonga salom bergali kirganida u qiziq bilan xon o‘rtasida mana bunday bir so‘zlashuv 
bo‘lub o‘tgan: 
X o n: – Xo‘sh, falonchi, qalaysan? 
Q i z i q: – Otdek, taqsir. 
Xon (kulib): – Otdekmi, itdekmi? 
Q i z i q: – Bo‘lmasa, soyai davlatlarida itdek… 
Xon (jiddiy): – Nimaga bo‘lmasa, ilgari «otdek» deb eding? 
Q i z i q: – Unda, taqsir, soyai davlatlari boshimizga yetmagan edi. 
Buni naql qiluvchilar undan narisini, ya’ni shu javobdan keyin bechora qiziqning 
boshi omon qolg‘anmi yo darhol tanidan judo qiling‘anmi – buni aytmaydilar. Odatda, 
saroy mojarolarini ko‘prak saroyning xos tarixchilari – «voqeanavislar» yozar edilar. 
Ularning ko‘pchiligi quruq maqtovchidan iborat bo‘lgani esa hammamizga ma’lum. Bir 
saroyning razolatlarini faqat ikkinchi saroyning voqeanavisi jur’at qilib yoza olardi. 
Podshohlarga til tegiza olmoq, ularni haq va haqiqat ustida bir oz tanqid qila bilmak uchun 
Firdavsiy va Fuzuliy kabi saroydan yiroq turgan va yuksak shoirlik maqomig‘a erishgan 
kishilar kerak edi. Tarixda bunday siymolar kam uchraydi. 
Saroy voqeanavislari jim qolg‘an bo‘lsalar-da, yuqoridag‘i javobni bergan 
qiziqning xon hazratdan, har holda, siylov olmagani o‘z-o‘zidan ma’lum. Bunday nozik 
paytlarda jim qolishning o‘zi ham ko‘p narsani bildiradi. Xalqning o‘zi «indamaganim – 
nima deganim» demaganmi axir? 
Podshohlar, sultonlar, xonlar va beklarning qamchilaridan qon tomgan zamonlarda, 
xalq ko‘pchiligi o‘z dardini bir yulg‘un bachkisiga ham ayta olmagan davrlarda (bu 
xususda ma’lum bir hikoya bor emasmi – «podshohning boshi kal ekan»), xalqning og‘ir 


469 
ahvolini, mamlakatning qora kunlarini, ko‘pchilik fuqaroning dard va hasratlarini bironta 
saroy yoki xalq qizig‘i chiqib «hazil» yo‘li bilan yedirib yuborardi. Katta-katta 
izdihomlarda, yillik sayillarda, necha kecha-kunduzlik to‘ylarda so‘z qilaturg‘an qiziqlar 
necha minglarcha xalqning juda zo‘r maroq bilan o‘zlariga tikilib turganini 
ko‘rsatganlaridan keyin jamiyatning fayzi bilan dadillanib, mamlakatning kattalarini, 
beklar, hokimlar, qozilar, raislar, muhrdorlar va hatto xonlarning o‘zlarini tanqid qilib 
tashlar edilar. Natijada ba’zilarining boshi ketib, ba’zi birlari «oq uylik» (badarg‘a) 
qilinib, bir xillari esa boshqa mamlakatlarga qochib, xonavayron bo‘lardilar. Faqat 
ularning og‘izlaridan chiqqan buyuk haqiqatlar haqiqatgo‘y shoirlarning o‘lmas asarlari 
kabi xalq ko‘ngliga yozilib qolardi va muchallardan muchallarga o‘tardi. Faqat 
shoirlarning asarlari qog‘oz betiga bitilgani uchun shu kungacha saqlanib qolg‘ani holda, 
u qiziqlar aytgan haqiqatlar tildan-tilga ko‘charkan, yuz yillarning uzun yo‘llari ichida 
o‘chib, yo‘q bo‘lub ketganlar. 
Yaqin Sharqning mushtarak xazinasi demak mumkun bo‘lgan Nasriddin Afandi shu 
ulug‘ eranlarning ustozi emasmi? U ham shu «qiziq» degan sharafli nom ostiga kiradi. 
Qiziqliqni shariatga xilof deb uni past poyaga tushurganlar past poyali ruhoniylardan 
boshqalar emasdi! Hali o‘rganilmagan, tekshirilmagan va ochilmagan, feodalizm davriga 
oid tariximizda katta haqiqatgo‘y qiziqlar ko‘p bo‘lushi kerak. Ezilgan, jabr va zulm 
ostida ingragan xalqning ko‘ngul ochishga, xursand bo‘lushga, o‘ynash, kulush va 
yayrashga bo‘lgan tabiiy va kuchlik mayli, ruhoniy jandarmalarining sun’iy 
to‘squnliqlarini yemirib o‘tgan ana o‘sha kuchli mayl, ana o‘sha katta talab o‘ziga yarasha 
katta ustozlar yetishtirgan. Folklor adabiyotini yaxshigina tekshirayotgan ilmiy 
markazlarimiz u adabiyotning mana shu muhum qismig‘a ham keragincha ahamiyat 
bersalar, ko‘p qimmat narsalar qazib chiqarilajaq, bir qancha kulki xazinalariga ega 
bo‘lajaqmiz. 
Burun o‘tgan ulkan qiziqlarni, shu topda hayot bo‘lub, keng ommani kuldirib 
kelgan katta va kichik qiziqlarni bir oz so‘rashtirdim. 
Xudoyor davrining mashhur qiziqlaridan bo‘lgan Normat «og‘zi katta» bilan 
Abdulazizdan narisini hech kim bilmaydi. Ulardan keyin hozirgi Yusufjon aka 
(Marg‘ilon)ning ustozi bo‘lgan Matxoliq qiziq keladi, uning to‘g‘risida Yusufjon akadan 
ma’lumot olish mumkun. Balki, Yusufjon undan naridagilar to‘g‘risida ham ma’lumot 


470 
bera olar. Har holda, bitta-yarimta manbalarning borligini g‘animat bilib, biron narsa olib 
qolish kerak edi. Bu ham ilmiy tekshirish muassasalarimiz bo‘yniga tushaturg‘an vazifa. 
Matxoliq qiziqni Farg‘onada eshitib bilganlar ko‘p. Bu odam o‘lar holatida ham 
qiziqchilig‘ini qo‘ymag‘an. Bu to‘g‘rida mana bunday bir latifa naql etadilar: 
Matxoliq qiziq o‘lim to‘shagida yotadi: ahvoli og‘ir; nafasdan nafasga uning 
uzulishini kutadilar. Shunda Yusufjon boshlaydi: 
– Usta, shunaqa qilib safarga bel bog‘ladingiz, shekilli. U dunyoni ko‘p uzoq 
deydilar, charchamasdan, qiynalmasdang‘ina yetib oling-da, ishqilib… Salomat borib 
olsangiz bizdan ilgari ketganlarga – Normat «og‘zi katta», Abdulaziz qiziqlarg‘a salom 
aytib qo‘yasiz-da… 
– Ha, salomingni ham aytaman. «Hech esi kirmadi shu Yusufning, nafasi borgan 
sari muzlaydi», – deb jindek maxtovingni ham qilib beraman. 
– U dunyoda ham odam serob deydi. Ma’rakalarda so‘z qilib u yerlardagilarni ham 
kuldurib turarsiz? 
– Ha, ma’rakani bor-yo‘g‘i o‘sha yerda quramiz-da! 
– U yerning odamlari bu yerlarnikidan saxiyroq deydi. Ishlaringiz taraqlab, 
qo‘lingizg‘a ko‘p-ko‘p pul tushsa, bizga ham oz-oz uzatib turasiz-da! 
– Ha, albatta, qo‘yamanmi? Bozor chaqqon bo‘lub ketsa, bir enlik xat yozib 
o‘zingni ham oldirib ketaman! 
O‘layotib ham qiziqchilig‘ini qo‘ymag‘an bu odamlarning tirik vaqtlarida 
ko‘pchilikning ruhiy ahvoliga qanday ta’sir ijro qilg‘anlari o‘z-o‘zidan ko‘runib turadi. 
Yusufjon hali hayot. Bugun Rishton rayonida ishlab turadi. Uni butun Farg‘onada 
bilmagan odam yo‘q. Toshkent, Samarqand, Buxoroda ham uning shuhrati bor. 
Qiziqchilig‘idan tashqari hamma kuylarimizni yaxshi bilgan, kuylarimizning cholg‘u 
qismidag‘i usul (zarb)lar xususida va ham milliy raqsda ustoz sanalgan bu odam o‘zining 
eski repertuari bilan kolxozchi ommani hali ham kuldurib keladi. Uning bosmachilar, 
ularning katta-katta qo‘rboshilari, shaharma-shahar qatnayturg‘an savdogarlari 
to‘g‘risidag‘i latifalari hali ham tildan-tilga o‘tib yuradi. Yusufjon akaning hayotida 


471 
undan foydalanish (qiziqliq tarixiga oid materiallar olish, raqs va cholg‘u usullarini 
o‘rganish, yozib qolish) kerak edi. 
Qo‘qonda mashhur askiyachilar (Yunus va boshqalar), Komil qori degan bir qiziq, 
uning yonida yana sheriklari bor.(Burunroq o‘tganlar Normat va Shamatlar.) 
Marg‘ilonda Yusufjon akadan tashqari Mamajon maxsum, Sulaymon qori, Usmon 
qori degan qiziqlar, Jalil bo‘qoq, Mamajon qovoq, Mamat bobo degan askiyachilar bor. 
An(di)janda Orif garmonchi bilan uning sheriklari. 
Xorazmda burun o‘tganlardan Bolta qiziq, Bobo to‘q-to‘q, hozirgilardan Yusuf va 
Qurbonboy shallamalar, Avaz bobo. Bu so‘nggisi hozir shuhrat chiqarg‘an qiziqlardan. 
Namanganda Mirzarahim surbet degan bir duradgor ko‘p majlislarni obod qilib 
yuradi. 
Toshkentda Karim qiziqni bilmagan kim bor? Uning ancha boy repertuari bor. Bu 
odam rus klounlaridan eng mashhurlarini ko‘rgan, bir qadar ularning ta’siriga tushgan. 
Uning birinchi daf’a maydonga chiqishi 1905 – 1906 yillarda, 30 yildan beri tsirk olamida 
ishlaydi. Yolg‘iz qiziqchi emas, yaxshi muallaqchi, ot o‘ynatuvchi (uning xotini o‘ziga 
Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish