Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.72.
 
Ustodning Xislatlari (1937) 
Menga M. Gorkiyning eng yaxshi asarlaridan «Ona»ni tarjima qilish sharafi 
tushgan. Men uni ancha uzoq muddat ichida tarjima qildim. Chunki sevardim, sevganim 
uchun butun ko‘nglimni shunga qo‘yar va shunga qo‘yardim. Asar o‘zi odamni juda 
qiziqtiradi, shuningdayki, tarjima qilaturib o‘zim asarning mafhumiga berilib ketaman-
da, tarjimani unutib, asarni o‘qib ketaman. Shunday hollar menda ko‘p bo‘ldi va bir necha 
marta o‘qug‘on joylarimda bo‘ldi. Men ravshan sezamanki, ulug‘ ustod Gorkiy o‘zining 
klassik ijodi bilan menga o‘sha ijodning maftun tarjimoniga o‘zim sezmaganim holda 
ta’sirini o‘tkazib qo‘yg‘on. Bu ta’sir mening ro‘manlarimda o‘zimga ko‘runib turadi. 
Gorkiy — odam do‘sti. Bizning inqilob rahbarlari Lenin va Stalin, odam 
bolalarining haqiqiy dushmanlariga qarshi omonsiz bo‘lgan bu zotlar, asl insonlarni 
qanday olijanob bir sevgi bilan sevadilar. Buning dalili minglarcha. Faqat bir Leninning, 
o‘sha ochlik va qahatchilik yillarida, o‘z nomiga kelgan (uning o‘ziga atab, olis viloyat 
ishchilari tomonidan ataylab yuborilgan) g‘allani o‘sha bo‘yicha go‘dak uylari va 
maktablarga berib yuborganini eslasak kifoya. Ulug‘ Stalin tog‘lik qizi Mamlakat bilan 
ko‘risharkan bu g‘amxo‘r otaning yuzidagi chin sevinch olovining alangalarini eslaylik! 
Shu birgina misolning o‘zi kifoya. Butun mazlum bashariyatning necha yuz, ming yillik 
sevgisini o‘zida aks etdirgan u yuz ifodasiga do‘st quvonib, dushman kuyadi. O‘sha 
sevinch olovi, odam bolasiga bo‘lgan haqiqiy muhabbatning u jilvasi Gorkiyning 
asarlarida to‘lib yotadi. «Ona»da Onaning obrazi, Sofiya, kasal (mum zavodidagi sil 
kasal) va boshqa-boshqalar odam bolasini sevishda yozuvchining ko‘ngli poyonsiz bir 
dengiz ekanini ko‘rsatadi. Gorkiy odam bolasiga muncha mehr va muhabbat ko‘rsatgan 
bo‘lsa, bu uning o‘z ko‘nglidagi odam sevish xislatidangina kelib chiqqan sub’ektiv bir 
narsa emas. Bu — yozuvchi mansub bo‘lgan Ulug‘ sinfning umumiy xislati. Buni 
«Ona»da Gorkiy juda shirin qilib aytadi. Ishchilar birovga bir oz ozor berganlar. Shu 
haqda ular orasida gap boradi: 


474 
— Biz bilan ular o‘rtasidagi farqni ko‘rdingmi: birovni sal urib qo‘yibdi-yu 
(biznikilar—Ch) endi ko‘ngli kir bo‘lib, uyalib, ozor chekib yuribdi. Hammadan ham 
ko‘ngil kirligini ayt! («Ona», 1-bo‘lim, 27-bob). 
Gorkiy — shoir. Uning asarlarida faqat bir nasrchi (romanchi) ko‘rinmaydi, har 
yer-har yerdan nozik ko‘ngulli, go‘zallik sevguchi va tabiat maftuni bir shoir kelib 
chiqadi. Men o‘zim har qanday nasrli asarda (roman, hikoya) go‘zal tashbehlar va tabiat 
tasvirlarini yaxshi ko‘raman. Gorkiyda bu narsalar ko‘p emas, oz; uning shirinligi ham 
shundan. Ular juda ko‘p bo‘lib ketsa, rassomning san’at asari qolmaydi-da, bo‘yoqchi 
(sirchi)ning andozasiz va san’atdan mahrum chizma chizig‘i qoladi. 
Gorkiy har qanday tabiat manzarasini jonlantirib, unga jon kiritib, uni ko‘z 
oldimizga shundoqqina kelib to‘xtaydig‘on qilib oladir. Uning jonli romanlari u yoq bu 
yoqda yuboradilar: u tasvirlagan olovning alangasi yonib turgan quruq havo emas, u 
o‘ynaydi, o‘ynab, qimirlab siz-bizga o‘xshagan yashab turadi: «U o‘t yana tutashdi, lekin 
bu daf’a ilgarigidan kuchliroq, yorug‘roq; ko‘lagalar yana o‘zlarini o‘rmonga urdilar. 
Yana o‘t tegarasiga yopirilib keldilar va gulxan atrofida, unsiz, yovlar o‘yinini boshlab, 
qaltirashg‘a tushadilar. Ho‘l shoxlar o‘tda javrab dod-voy qiladilar. Iliq havoning 
to‘lqinlari bilan bezovta qiling‘an yaproqlar bir-birlari bilan quchoqlashib, dam sariq va 
dam qizil ranglarga kirib o‘ynashar — uchqunlarini socha-socha, yuqorilarg‘a 
ko‘tarilishar, kuygan barglar uchushar, ko‘kdagi yulduzlar esa uchqunlani imlashib, 
ularg‘a tabassum qilishardi». 
Gorkiy ishchilar sinfi yetishtirgan eng buyuk san’atkor, san’at ustodi. 
________________ 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish