Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.69.
 
Ota-Bola San’atkorlar (1936) 
Matyoqub va Matyusuf Xarratovlar 
Xorazm… 
Eski kitoblarimizda «Xovarazm» deb yuritilardi. Ko‘pchilik o‘sha vaqtdag‘i 
xonlikning poytaxti bo‘lgan Xeva shahrining nomi bilan «Xeva» deb atardi. Bu ikkala 
nomni bilmasdan «Urganch» deb aytadiganlar ham bo‘lardi. Xullas, bukun 
jumhuriyatimizning olisrak bir okrugi hisoblangan Xorazm inqilobg‘acha Turkiston 
aholisining ko‘pchiligi uchun «Jobilg‘a, Sobilsa» o‘lkalari singari xayolsumon bir 
mamlakat edi. Bunga, albatta, Xorazmning jug‘rofiy vaziyati, ya’ni Turkiston o‘lkasining 
markazi va markazga tutashgan joylaridan olisligi, asl obod viloyatlardan chekkaligi, 
qatnov va qulay yo‘llardan mahrumligi, birdan-bir daryo yo‘li hisoblangan Amu yo‘lida 
o‘ng‘ay qatnov vositalarining bo‘lmaganligi edi. Axir Xorazm qo‘shiqchisi mashhur Safo 
Mug‘anniy* O‘zbekiston oqsoqoli o‘rtoq Oxunboboyevni Xorazm mehnatkashlari 
nomidan ashula bilan qarshilarkan: 
Xorazm bir uzoq okrug, 
Yo‘llari yo‘q, buzuq ko‘pruk, – 
deb shikoyat qildi-ku! Shu uchun emasmiki, jumhuriyatimizning rahbarlaridan 
birontasi borib qolsa, Xorazm mehnatkashlari uchun katta bir to‘y bo‘ladi va u shodlik 
darhol she’rda (ashula) va cholg‘u (kuy)da aks etadi. 
Buyuk inqilob olislarni yaqin qildi, masofalarni kamaytirdi, eskilarcha aytsak, 
«erning tanobini tortdi», ajralganlarni birlashtirdi, yashiringanlarni ochdi, ko‘lagada 
qolg‘anlarni yoruqliqqa olib chiqdi. Bugun mamlakatimizning yoshi-qarisi uning muhim 
bir bo‘lagi bo‘lgan Xorazmni biladi, taniydi, uning san’atkorlari bilan yuzma-yuz kelib 


461 
tanishdi, uning tarixin o‘qub bildi, kechmishdagi qora sahifalarini varaqladi, xonlarning 
qonli davrini va u xonlarga qarshi ko‘tarilgan ko‘pchilik harakatlarini o‘rgandi. Bugun 
Xorazm mehnatkashlari ham butun O‘zbekiston, butun O‘rta Osiyo va butun Ittifoq 
mehnatkashlari bilan birga o‘z viloyatlarida sotsializm qurib, yangi, to‘q va quvnoq 
turmush yo‘lida jon kuydirib, paxta dalalarida yuksak mehnat namunalarini ko‘rsatib 
turadilar. 
Bir zamon Xorazmning saroy adabiyotini o‘quy olganlar uning she’rdagi katta 
ustozlarini – «Munis»*, «Ogah»* va «Komil»larini* – bir qadar bilardilar. Biz «Komil» 
(o‘zicha aytsak, Komil Xorazmiy) keyingirak davrning odami bo‘lganidan uni durustgina 
bilardik. 
Shunda ham biz ko‘p narsalarni bilmas ekanmizki, bundan 70 yillar burun 
Xorazmning poytaxti bo‘lgan Xeva shahrida Qurbon aka degan bir xarrot (dukchi) yashar 
ekan. O‘zining kichkinagina dukchilik do‘konida yog‘ochdan eshik, duk (yig), chig‘iriq, 
sumak, tesha, bolta soplari va o‘qlog‘ qilib tiriklik qilar ekan. Uning shogirdi va xalfasi 
bo‘lmagan. Unga dukchilik ishlarida o‘g‘li Matyoqub ko‘maklashar ekan. Eslik ota 
o‘g‘lining bilimga va cholg‘ug‘a havasini ko‘rgach ko‘p o‘ylab turmasdan uni to‘ppa-
to‘g‘ri o‘sha zamonning katta shoir va usta cholg‘uchisi bo‘lgan Komilning yoniga olib 
borgan, «Shuni menga yaxshi odam qilib bering», – degan. 
Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish