Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.67.
 
Katta Maktab Egasi (1936) 
Buyuk Gorkiyni ko‘rish va so‘zlarini eshitish sharafiga erishganlardanman. 1935 
yilning mart oyida edi shekilli (agar yanglishmasam), SSSR sovet Yozuzchilari 
soyuzining plenumida Gorkiyning so‘nggi so‘zi bo‘ldi. O‘zi qarig‘an sari ruhi va 
inqilobiy g‘ayrati orta borgan bu ulug‘ chol, kuchli olqishlar ostida minbarga chiqdi. 
Olqishlar nihoyat to‘xtadi-da, sekin va past ovoz hamda Nijgorod lahjasining ba’zi bir 
ta’sirlari bilan, so‘zg‘a boshladi. Ovozida qariliq ta’sirlari o‘zini ko‘rsatardi, ya’ni orqa 
qatorlardan tovushini eshitish qiyinroq edi. Bu keksa ovoz bilan aytilgan so‘zlarda ajoyib 
bir yosh jonlilik bor edi. Bu jonlilik hatto juda kichkina, oddiy ko‘zga mayda kabi 
ko‘rinaturg‘on narsalarda ham ko‘rinardi. Chunonchi, u inqilob dushmanlarining 
qishloqlardag‘i bir ig‘vosidan gapirdi. Ular traktorga qarshi tashviqot qilarkan, traktor 
ovozidan qo‘rqib ba’zi bir qushlarning qochib ketganlarini, holbuki, ularning qishloq 
xo‘jaligida zararli hashorot bilan kurashuvchi foydali qushlar bo‘lganini aytar ekanlar. 
Ulug‘ ustoz, sovet yozuvchilarini dushmanning kurash taktikasidagi shunday kichkina 
jihatlariga ham ko‘z yummaslikka chaqirdi. Bu, notiqning turmushni qanday yaxshi 
bilganini ko‘rsatib turar va bizlarni ham shunga o‘rgatib turardi. 
Men Gorkiyning eng zo‘r va to‘ng‘ich asarlaridan «Ona»ni tarjima qilish sharafiga 
ham erishganlardanman. Tarjimaning sifati to‘g‘risida boshqalar gapirar. Men o‘zim 
faqat shuni aytaman: nasr tilini tarashlashni men boshlab Gorkiydan o‘rgandim. U, 
menimcha o‘zi ishlatadigan tilni juda yaxshi ko‘radi, uni har qanday kamchilikdan ozoda 
holda ko‘rmak istaydi. «Ona»ning tili mana shunday bir til. «Ona» men uchun katta bir 
maktab bo‘ldi. O‘zimning «Kecha va kunduz» nomli romanimda men ham bu buyuk 
uslubchining unumli ta’sirini doim sezib turdim. 
Sovet yozuvchilari uning inqilobiy ruhini, proletarcha mardligini, jahonshumul 
grajdanligini, so‘ngra klassik tili va uslubini, hatto tarjima orqali bo‘lsa ham doim 
o‘zlarida sezajaklar. 
____________ 
Katta maktab egasi. — Maqola «Qizil O‘zbekiston» gazetasining M. Gorkiy 
vafotiga bag‘ishlangan 1936 yil 20 iyun sonida e’lon qilingan. 


459 
Nijgorod lahjasi
 
— Gorkiy tug‘ilgan Nijniy Novgorod hududida yashovchilarga 
xos sheva xususiyatlari, ayniqsa, «o» ga urg‘u berilishi nazarda tutilmoqda. 
«Ona»ni tarjima qilish sharafiga ham erishganlardanman…»
 
— Gorkiyning «Ona» 
romani Cho‘lpon tarjimasida 1936 yilda O‘zbekiston Davlat nashriyoti tomonidan nashr 
qilingan. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish