1948-yilda mamlakat mudofaa
vaziri lavozimini egallagan
Muhammad Dovud (podshoh M.Zohirshohning amakivachchasi)
o ‘z atrofiga davlat amaldorlari va intelligensiya vakillarini yig‘a
boshladi.
1950-yilda
Muhammad
Dovud
yetakchiligida
“Milliy
klub” tashkil etildi va uning tarkibiga sobiq iqtisodiyot vaziri
Abdulmajid Zobuliy, m aorif vaziri Fayz Muhammad Zikriyo,
bosh vazir o ‘rinbosari Ali Muhammad Badaxshoniy kabi davlat
amaldorlari kirishdi. Ushbu tashkilot afg‘onlaming birligi,
konsti-
tutsion monarxiya boshqaruvi tarafdori bo ‘lib chiqsa-da, ko‘plab
davlat amaldorlari va oddiy xalqning qo‘llab-quwatlashiga erisha
olmadi. Chunki, “Milliy klub” Muhammad Dovudning hokimiyat
pog‘onasida yanada yuqorilashi va bosh vazir lavozimini
egallashi
yo‘lida bir vosita bo‘lishi lozim edi.
1952-yilda mamlakat parlamentiga b o ‘lib o ‘tgan saylovlarda
rasmiy hukumat tobora avj olib borayotgan muxolifat guruhlarga
nisbatan keskin choralar qo‘lladi va natijada yuqorida nomlari
tilga olingan ijtimoiy-siyosiy tashkilot hamda guruhlar a’zolari
parlament deputatligiga saylanishga y o ‘l qo‘yilmadi.
Bunday
holat birmuncha noroziliklar kelib chiqishiga sabab bo ‘lgan bo‘lsa
ham, hukumat vaziyatni tezda qo‘lga olib, muxolifat vakillarining
barchasini qamoqqa olishga yoki surgun qilishga muvaffaq bo‘ldi.
XX asr 40-yillari oxiri va 50-yillaridan boshlab Afg‘oniston
dunyoda kechayotgan turli jarayonlarga, xususan geosiyosiy
jarayonlarga ko‘proq tortila boshlandi va yanada ko‘proq
xalqaro
ahamiyat kasb eta boshladi. M a’lumki, 1945-yil 5-martda Buyuk
Britaniyaning sobiq Bosh vaziri U.Cherchill Fulton universitetida
(AQSH) so‘zlagan nutqida “Sovuq urush” boshlanganini e’lon qil
gan edi. Mazkur “urush” raqiblari bir tomonda AQSH bo‘lsa, ikkin
chi tomondan Sovet Ittifoqi edi.
“Sovuq urush” davrida A fg‘oniston Sovet Ittifoqi hamda
AQSH manfaatlari doirasidagi hududlami ajratib tumvchi davlat si-
fatidagi roli ham Sovet Ittifoqi ham AQSH manfaatlariga to ‘liq mos
kelardi.
Shunga qaramasdan, dunyoning ikki yetakchi davlatlari
Afg‘onistonni o ‘z nazoratlarida ushlashga, afg‘on zaminida harbiy
jihatdan hozir bo‘lish (presence)ni75 kuchaytirishga, A fg‘onistonni
iqtisodiy qaram qilishga intilib keldilar.
1947-yilda Afg‘oniston yetakchi davlat Buyuk Britaniyaning
Hindistondagi mustamlakachilik siyosati barbod bo ‘lishidan qu-
vonish
hissini tuyib, bir asrdan ortiq vaqt mobaynida afg‘on
davlatiga tazyiq o ‘tkazib kelgan inglizlaming mintaqani tark eti-
shi va Hindistonga mustaqillik berishidan xursand bo‘lsa-da,
bunday holat yana bir boshqa jiddiy muammoni keltirib chiqardi.
Hindistonni osonlikcha tark etishni istamagan inglizlar bu yerda
bir-biriga dushmanlik kayfiyatida b o ‘lgan ikki davlat Hindiston
(aholisining asosiy qismi induizm diniga e ’tiqod qiluvchi) va Pokis-
ton (aholisining asosiy qismi islom diniga e ’tiqod qiluvchi)
barpo
etilishini e ’lon qildilar. Inglizlaming bunday o ‘ziga xos siyosati
kelgusida ham hind zaminida yangi barpo etilgan ikki davlat,
ikki din vakillari o ‘rtasida ziddiyat va qarama-qarshilik saqlanib
qolishiga zamin yaratishi hamda inglizlar bunday ziddiyatdan kezi
kelganda ustalik bilan foydalanishlari uchun amalga oshirildi.
A fg‘on qabilalari istiqomat qiladigan
ozod qabilalar hududi
yangi tuzilgan Pokiston tarkibiga o‘tib ketganligi bois, Afg‘oniston
ushbu masalani muzokaralar orqali hal etish yuzasidan Pokiston Is
lom Respublikasi rasmiy doiralariga murojaat qildi. Biroq, Pokiston
tomoni Afg‘oniston murojaatini bee’tibor qoldirdi va A fg‘onistonga
nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo ‘lib keldi.
1947-yilning
o‘zidayoq bir qator afg‘on qabilalari yangi Pokiston hukumatiga
qarshi qo‘zg‘olonchilik harakatlarini ham boshlab yubordilar.
1949-yil iyulida afg‘on parlamenti A fg‘oniston va Pokiston
o ‘rtasidagi munosabatlar masalasini muhokama qildi hamda Pokis
ton tarkibidagi afg‘on qabilalarini qo‘llab-quvvatlashini m a’lum
qildi. Shuningdek, afg‘on parlamenti “Dyurand chizig‘i”ni ikki
davlat o‘rtasida belgilangan chegara sifatida tan olmasligini e’lon
qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: