76
Rashidov R. A fg‘onistonda davlatchilik masalasi: tarix va hozirgi zamon.
Monografiya. - Т.: Navro‘z, 2017. - B. 34.
bilan uyg‘unlashuvi o ‘z aksini topgan edi. Shuning uchun ham
ushbu Konstitutsiya amalda bo ‘lgan o ‘n yillik muddat (1963-1973)
manbalarda “Yangi davr”, “Demokratiya o ‘n yilligi” (Decade o f
Democracy) deb ataladi.
Mazkur Konstitutsiya A fg‘onistonda davlatga xos siyosiy
institutlar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi va rivojida muhim rol
o‘ynadi. Garchi, Afg‘oniston konstitutsion monarxiya tipidagi
davlat ekanligi Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lsa-da,
podshoh hokimiyati mamlakatda qonun chiqaruvchi ikki palatali
parlament hamda sud hokimiyati faoliyatiga aralashmasligi va ular
o‘z faoliyatlarida mustaqil ekanliklari belgilab qo‘yilgan edi.
Mazkur Konstitutsiya podshoh xonadoni a ’zolariga siyosat
bilan shug‘ullanishni, yetakchi davlat lavozimlarini egallashni
taqiqlab qo‘ydi. Shuningdek, podshoh xonadoni vakillari siyo
siy partiyalar tuzish, ularga a ’zo bo‘lish huquqidan ham mahrum
etildi. Konstitutsiyadagi ushbu normalar shubhasiz sobiq bosh
vazir Muhammad Dovudning siyosiy ambitsiyalariga qarshi ishlab
chiqilgan edi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
1964-yilgi Konstitutsiya A fg‘onistonning to ‘la suvereniteti-
ni tasdiqlagan holda, mol-mulk daxlsizligi, qonun oldida barcha
fuqarolaming tengligi, so‘z va matbuot erkinligi, yig‘ilishlar
o ‘tkazish, majburiy boshlang‘ich ta ’lim hamda mamlakat hududi
bo‘ylab erkin harakatlanish kabi demokratik xarakterdagi asosiy in-
son huquqlarini mustahkamlab qo‘ydi.
Konstitutsiyada islom dinining hanafiylik mazhabi davlatning
rasmiy dini deb e’lon qilingan bo ‘lsa-da, diniy ulamolar va
ruhoniylaming davlat ishlariga, xususan ta’lim-tarbiya va sud
ishlariga aralashuvi cheklab qo‘yildi.
Afg'onistonda parlamentarizmning rivojlanishiga yangi Kons
titutsiya katta turtki berdi. Ushbu Konstitutsiyaga ko‘ra, mamlakat
parlamenti ikki palata - “Meshrano Jirg‘a” (yuqori palata) va
“Vulusi Jirg‘a” (quyi palata)dan iborat tarkibda faoliyat yuritishi
belgilab qo‘yildi. Demokratik davlatlardagi Senat vakolatlariga
ega Meshrano Jirg‘aning uchdan ikki qism a’zolari mahalliy
vakillik organlaridan ovoz berish orqali saylanadigan bo‘Isa, ushbu
organning uchdan bir qism a’zolarini podshoh tayinlashi ko‘zda tu-
tildi. Bevosita qonun ijodkorligi bilan shug‘ullanishi lozim bo‘lgan
quyi palata Vulusi Jirg‘a esa joylardan saylanadigan deputatlardan
iborat tarkibda shakllantiriladigan bo‘ldi.
Garchi Konstitutsiyada podshoh mamlakat parlamentini
tarqatib yuborishi huquqiga egaligi mustahkamlab qo‘yilgan bo ‘lsa-
da, o ‘z navbatida par lament mamlakat hukumati ustidan nazorat
yuritishi mumkinligi ham belgilab qo‘yildi. Yangi Konstitutsiyaga
ko‘ra, afg‘on parlamentiga berilgan vakolatlardan yana biri -
mamlakat hukumatiga ishonchsizlik votumini bildirish huquqi
bo‘ldi. Parlament o‘zining ushbu huquqidan foydalanib, 1971 va
1972-yillarda mamlakat hukumatiga ishonchsizlik votumini bildir-
di.
Shu bilan birga, afg‘on parlamentining yuqori palatasi Meshrano
Jirg‘a hukumat a’zolarining faoliyati yuzasidan tergov-surishtiruv
ishini boshlashni talab qilish huquqiga ham ega bo ‘ldi.
1964-yilgi Konstitutsiyada afg‘on davlati va jamiyatida muhim
o‘ringa ega bo‘lib kelgan an’anaviy boshqaruv-maslahat organi
bo ‘lmish Luye Jirgega tegishli normalar nisbatan qisqa shaklda o ‘z
aksini topdi. Bunday yondashuvni ikki jihat bilan izohlash mumkin.
Birinchidan, 1964-yilgi Konstitutsiyaning demokratik xususan,
G ‘arb davlatlari andozasi b o ‘yicha ishlab chiqilganligiga yana
bir bor urg‘u bergan holda, G ‘arb davlatlari davlat boshqaruvida
parlament instituti eng yuqori turuvchi davlat organi hisoblanadi.
A n’anaviy afg‘on jamiyatida esa bir necha asrlardan beri kuchli
ta’sirga ega b o ‘lib kelayotgan Loya Jirg‘a institutiga tegishli huquq
va vakolatlar mamlakat parlamentiga olib berilishi orqali afg‘on
davlat boshqaruvini demokratlashtirish yoki g ‘arblashtirish nazarda
tutilganligini ta ’kidlash lozim.
Ikkinchidan, podshoh hukumati muayyan masala yuzasidan
afg ‘ on oqsoqollari yig ‘ ini bo ‘ lmish Loya Jirg ‘ ani chaqirish va yig ‘ ish
bilan bog‘liq nisbatan uzoq vaqt talab etadigan jarayonga qarab
qolmaslik hamda ushbu organ faoliyatida ishtirok etadigan afg‘on
oqsoqollari va vakillarining podshoh hokimiyatiga nisbatan loyal-
ligini ta’minlashning mushkulligi bois mazkur tarixiy tuzilmaning
davlat boshqaruvidagi roliga ko‘p ham e’tibor qaratmadi.
Yangi Konstitutsiyada o ‘z aksini topgan muhim normalardan biri
mamlakatda siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat etilganligi bo‘ldi.
Siyosiy partiyaning maqsadi va g‘oyasi Konstitutsiya normalariga
zid bo‘lmasligi hamda siyosiy partiya faoliyatini moliyalashtirish
manbalari haqida m a’lumotlar ochiq bo ‘lishi lozimligi belgilab
qo‘yildi.
1964-1973-villarda Afg‘oniston.
1964-yilgi Konstitutsiya
normalari asosida 1965-yilda yangi “Saylov to ‘g ‘risida” qonun
qabul qilindi va 1965-yil avgust-sentabrida mamlakat parlamentiga
bo ‘lib o ‘tgan saylovlar ushbu qonunga binoan tashkil etildi. Mazkur
qonun 1952-yilda qabul qilingan ilgari qonundan ancha demokratik
xarakterga egaligi bilan farq qildi. Jumladan, mamlakat tarixida ilk
bora ayollarga vakillik organiga saylanish huquqining berilganligi,
deputatlikka nomzodlarga qo‘yilgan yosh senzining 25 yoshga
tushirilganligi, davlat amaldorlari, armiya zobitlari va sud hokimi
yati vakillariga vakillik organiga saylanishning mumkin emasligi
chin m a’noda A fg‘onistonning demokratik rivojlanish tomon
qadam tashlayotganligini namoyon etdi.
1965-yilgi saylovlar natijasida shakllantirilgan yangi tarkibdagi
parlament bilan Muhammad Yusuf boshchiligidagi hukumat
o ‘rtasida tushunmovchiliklar boshlandi. Nisbatan demokratik
kayfiyatdagi parlament mamlakatda amalga oshirilayotgan iqti-
sodiy-ijtimoiy tadbirlardan butkul norozi edi. Shu bilan birga,
1965-yil 25-oktabrida poytaxt Kobulda turli ijtimoiy harakatlar,
jumladan, talaba yoshlaming norozilik chiqishlari boshlandi.
Bunday kuchli harakatlardan qo‘rqib ketgan podshoh bosh vazir
M.Yusufni iste’foga chiqardi va uning o ‘miga hukumatda madani-
yat va axborot vaziri lavozimini egallab kelgan Muhammad Hoshim
Mayvandvol (1965-1967)ga yangi hukumat tuzishni topshirdi.
Yangi hukumat mamlakatda bir qator tub o‘zgarishlami
amalga oshirishga intildi. 1967-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning uchinchi besh yillik (1967-1972) rejasi ishlab
chiqildi va qabul qilindi. Mamlakat iqtisodiyotida davlatga tegishli
sanoat korxonalarini ko‘paytirish yo‘lidan borildi.
1967-yil oxirida Mayvandvol ham bosh vazir lavozimidan
iste’foga chiqarildi va uning o‘miga tashqi ishlar vaziri lavozimida
samarali mehnat qilib kelgan Nur Ahmad Ettemodiy (1967-1971)
hukumat rahbari etib tayinlandi. Ettemodiy amir Habibullaxon
davrida mamlakat bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan Abdul
Quddusxonning nevarasi bo ‘lib, podshoh xonadonining ishonchini
qozongan siyosatchi va davlat arbobi edi.
Nur Ahmad Ettemodiy o‘z faoliyatida mamlakat parlamenti
bilan o ‘zaro tushunmovchilik mavqeida turib munosabatlar olib
bordi va natijada parlament uning hukumatiga ishonchsizlik votu-
mini e ’lon qildi. Natijada Ettemodiy 1971-yilda iste’foga chiqdi.
1971-yil iyunidan 1972-yilning dekabriga qadar hukumatni Abdul
Zohir (parlament quyi palatasi spikeri) boshqargan bo‘lsa, 1972-yil
dekabrida Muso Shafiq bosh vazir lavozimini egalladi.
Afg'onistonda hukumatning bu qadar tez o‘zgarishi, albatta,
mamlakat ichki siyosiy hayotiga, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish
jarayoniga salbiy ta ’sir ko ‘rsatmay qolmas edi. Har bir hukumat
mamlakat hayotiga oid o‘z dasturini ishlab chiqishi va amalga oshi-
rishni boshlashi bilan tanqidga uchrar va normal faoliyat yurita
olmas edi. Mamlakatdagi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolaming
hal etilmasligi, normal faoliyat yuritadigan hukumatning yo‘qligi
afg‘on jamiyatida yana turli ijtimoiy-siyosiy harakatlar, siyo
siy partiyalaming tashkil etilishiga olib keldi. Ana shunday
harakatlardan biri A fg‘oniston Xalq Demokratik Partiyasi (AXDP)
edi.
1965-yil 1-yanvarida hukumatdan yashirincha AXDPning
ta’sis qurultoyi bo ‘lib o ‘tdi va partiya Markaziy Kengashiga a ’zolar
saylandi. Partiya rahbari etib ziyoli qatlam vakili, jum alist Nur
Muhammad Tarakiy saylandi. Uning о ‘ rinbosari etib Babrak Karmal,
Markaziy Kengashiga a ’zolari sifatida S.Zeray, S.A.Keshtmand,
T.Badaxshiy kabilar saylandi. AXDP tashkil etilgan davrdanoq
uning saflarida birlik mavjud bo ‘lmadi. Ichki kurash asosan ikki
yetakchi N.M.Tarakiy va B.Karmal o ‘rtasida kechdi. N.M.Tarakiy
mehnatkash qatlamga tayanuvchi radikal kurash usulini qo‘llab-
quvvatlasa, B.Karmal partiya saflarida ziyolilar, kichik va o ‘rta
biznes vakillari hamda davlat xizmatchilari ham bo‘lishiga intilar,
parlament saylovlarida k o ‘proq ovoz olish orqali partiya dasturiy
maqsad va vazifalarini amalga oshirish tarafdori edi.
1967-yilda AXDP yetakchilari o ‘rtasidagi ichki kurash
natijasida partiya ikki oqimga - N.M.Tarakiy yetakchiligidagi
“Xalq” va B.Karmal yetakchiligidagi “Parcham” (Bayroq) oqimiga
bo‘linib ketdi. “Xalq” oqimi o‘z saflarida asosan pushtun millatiga
mansub mamlakatning qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi aholi
vakillarini birlashtirgan bo‘Isa, “Parcham” oqimi saflarida asosan
tojik va pushtun millatiga mansub ziyoli qatlam vakillari bor edi.
Har ikkala oqim ham mamlakatda chin m a’nodagi xalq hokimi-
yatini o ‘matishga intilishi, tub agrar islohotlar o‘tkazish orqali
mamlakat qishloq xo‘jaligida bir necha asrlardan beri hukmron
bo ‘lib kelayotgan feodal munosabatlarga butkul barham berish, yer-
ni dehqonlarga bo ‘lib berish, ishchi va xizmatchilar uchun 42 soatli
ish haftasidan iborat tartibni joriy qilish, ishchilar manfaatlarini
himoya qiladigan kasaba uyushmalarini barpo etish kabi asosiy
maqsad va shulardan kelib chiqadigan vazifalar uchun kurash olib
borishni m a’lum qildi.
AXDP yetakchilarining rasmiy Moskva bilan aloqalari ham
alohida e’tiborga loyiqdir. G ‘ arb manbalaridaberilgan m a’ lumotlarga
ko‘ra, AXDP kommunistik partiyaga xos qarashlami o ‘zida
mujassam etganligi hamda maqsad va vazifalari ham mushtarakligi
bois butkul Sovet Ittifoqi nazoratida b o ‘lib kelgan77.
Bu davrda AXDPning qarash va mavqeiga qarshi ijtimoiy
harakatlar ham vujudga keldi. Bunday harakatlar islom mafkurasi
asosida mamlakatda o‘zgarishlami amalga oshirishni ilgari suruv-
chi afg‘on yoshlarini o‘z saflarida birlashtirgan edi. Bu boradagi
Do'stlaringiz bilan baham: |