75
Сафоев C.C. Марказий Осиёнинг геосиёсати. - Тошкент: Патент
пресс, 2005. - Б.8.
1949-yil avgustida Pokiston hududida istiqomat qiluvchi af-
g‘on qabilalari yetakchilarining yig‘ilishi b o ‘lib o‘tdi va unda
Pokistondan mustaqil Pushtuniston davlati tuzilganligi e ’lon
qilindi. Pushtuniston Milliy Assambleyasi saylandi va uning
bayrog'i tasdiqlandi. 1950-yilda Pokiston rasmiy hukumati hatto,
Afg‘onistonga nisbatan qurolli hujum qilish bilan tahdid qildi.
A fg‘on hukumatining ushbu mojaroli vaziyatni bartaraf etishda
AQSHdan yordam so‘rashi hech bir natija bermadi. Biroq, AQSH
A fg‘onistonda o ‘z mavqeini mustahkamlash bo ‘yicha boshqa bir
qator chora-tadbirlami amalga oshirdi.
XX asr 40-yillari ikkinchi yarmidan boshlab AQSH
Afg‘onistonda bir qator iqtisodiy loyihalaming amalga oshirilishi
bo ‘yicha ko‘mak k o ‘rsata boshladi. Jumladan, qiymati 20 million
AQSH dollariga teng irrigatsion va yo‘l-transport loyihalari ana
shular jumlasidandir. Dastlab A fg‘onistonga AQSHning “Morri-
son-Nadsen” firmasi kirib keldi va afg‘on hukumati bilan irrigatsiya
obyektlarini qurish bo‘yicha shartnoma tuzdi. AQSH hukumati maz
kur shartnomaning amalga oshirilishini noma’lum vaqtgacha cho‘zib
borib, o ‘zini mintaqada mavjud bo‘lishini ta ’minlashga intildi va
Afg‘oniston hukumatini moliyaviy jihatdan o‘ziga qaram qilib
qo‘ydi. 1948-yilda Afg‘oniston hukumati yana AQSHga moliyaviy
ko ‘mak berishni so‘rab murojaat qildi.
AQSH hukumati XX asr 50-yillari boshida Afg‘oniston va
Pokiston o‘rtasidagi mojaroli vaziyatga ham birmuncha aralashdi va
“pushtunlar muammosi”ning yanada chigallashuviga o ‘z “hissasi-
ni” qo‘shdi. 1951-yilda Afg‘oniston AQSHga qurol-yarog‘ yetkazib
berish bo ‘yicha yordam so‘rab murojaat qildi. Biroq, G.Trumen
hukumati A fg‘onistonning ushbu iltimosini rad etdi. 0 ‘z navbatida
Sovet Ittifoqi hukumati ham Afg‘oniston bilan munosabatlarini
rivojlantirishga intildi.
1954-yilda Afg‘oniston 3,5 mln. AQSH dollari miqdorida
sovet kreditini oldi va 1955-yilda sovet hukumati Muhammad
Zohirshohga 100 mln. AQSH dollari miqdorida qarz berdi. Bundan
tashqari, sovet mutaxassislari Salang dovoni orqali mamlakatning
markaziy qismini Sovet Ittifoqi hududi bilan tutashtiruvchi
katta transport magistralini qurib berishdi. Shuningdek, sovet
mutaxassislari ko‘magida Mozori Sharif, Bagrom va Shindod
shaharlarida zamonaviy aerodromlar barpo etildi.
XX asr 50-yillari sovet-afg‘on munosabatlarini rivojlantirishda
samarali bosqich bo‘ldi. Chunki, aynan shu davrda Sovet Ittifo
qi Afg‘onistonda turli sohalardagi infrastrukturani rivojlantirish
maqsadida katta miqdorda iqtisodiy-texnik yordam ko‘rsatdi.
Jumladan, Sovet Ittifoqi sarmoyasi asosida mamlakatda magistral
yo‘llar, cho‘l hududida joylashgan Jalolobod irrigatsiya komplek-
si, zaytun va apelsin yetishtirishga m o‘ljallangan qishloq xo ‘jaligi
kompleksi, aholi yashashi uchun turar joylar qurib berishga
ixtisoslashtirilgan baza, Kabul Politexnika instituti va shu kabi 140
dan ortiq obyektlami qurdi.
1950-1960-yillar davomida Sovet Ittifoqi Afg‘onistonga umu-
miy qiymati 1 mlrd. AQSH dollari miqdorida moliyaviy yordam
ko‘rsatdi va ikki davlat o ‘rtasida imzolangan “O ‘zaro hujum
qilmaslik va neytralitet to‘g ‘risida”gi shartnomani yana 10 yilga
uzaytirishga kelishib olindi. Shunday qilib, eng yangi tarix davrida
Afg‘oniston o ‘zining qulay strategik holati tufayli jahon geosiyosiy
xaritasida alohida o ‘rinni egalladi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi
davrda A fg‘oniston ko‘plab mamlakatlar, shu jumladan Sovet Itti
foqi va AQSHning siyosiy, mafkuraviy va savdo-iqtisodiy manfaat-
lari doirasiga tobora tortila boshladi. Mamlakat aslida ikki buyuk
davlat manfaatlari to ‘qnashgan maydonga aylanib qoldi.
Liberal islohotlami amalga oshirishning boshlanishi. 1964-vil-
gi Konstitutsiva. XX asming 50-yillari birinchi yarmiga kelib ham
Afg'onistonda iqtisodiy-ijtimoiy holat yaxshilanmadi. Umshdan
keyingi yillarda amalga oshirilishi boshlangan bir qator loyiha va
dasturlar o ‘z samarasini bermadi. Shunday vaziyatda Shoh Mahmud
boshchiligidagi hukumat iste’fo berdi. 1953-yil sentabrda hukumat
rahbari - bosh vazir lavozimini ko‘pchilik kutganidek, podshoh-
ning amakivachchasi Muhammad Dovud (1909-1979) egalladi. Bu
vaqtga qadar Muhammad Dovud bir qator m as’ul lavozimlarda -
Afg‘onistonning Fransiyadagi elchisi, bir qator viloyatlar hokimi,
ichki ishlar vaziri va mudofaa vaziri kabi muhim davlat lavozimlarida
ishlab kelgan edi. Muhammad Dovud hukumati mamlakatda iqti-
sodiy-moliyaviy ahvolni yaxshilashga intilib, banklar faoliyatiga
keng yo‘l ochib berish va chet el investitsiyalarini ko‘proq jalb etish
yo‘lidan bordi. Shu maqsadda 1954-yilda “Chet el sarmoyasini jalb
etish to‘g‘risida” qonun qabul qilindi.
1954-yilda AQSHdan harbiy sohada ko‘mak berishni so‘rab
murojaat qilgan Muhammad Dovud hukumati yana rad javobini oldi.
Buning ustiga 1954-yilda AQSH Pokistonga harbiy ko‘mak berish
b o ‘yicha bitim imzoladi. Bu voqea Muhammad Dovud hukumatini
qattiq tashvishga soldi va hukumat zudlik bilan Sovet Ittifoqiga
o ‘zaro hamkorlikni kengaytirish bo ‘yicha taklif bilan murojaat qildi
hamda rasmiy Moskva ushbu taklifga ijobiy yondashdi.
G ‘arb davlatlari tomonidan qo‘llab-quwatlangan Pokiston
Afg'oniston bilan munosabatlami keskinlashtirish yo‘lidan bordi.
1955-yilda Pokiston A fg‘oniston bilan barcha turdagi (siyosiy,
diplomatik, savdo-iqtisodiy) munosabatlami to‘xtatishga qaror
qildi. 1955-yilning noyabrida Kobulda b o ‘lib o‘tgan Luye Jirge
Pokiston hududida istiqomat qilib kelayotgan pushtunlar masalasini
muhokama qildi va Pokiston hukumatidan pushtunlarga o‘z
kelajagini o ‘zi belgilash huquqini taqdim etishni hamda Pushtunis-
ton masalasida yon berishni talab qilib murojaat qildi.
Mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish yo‘lida sovet
davlati andozasiga monand besh yillik dasturlar qabul qilish va ulami
amalga oshirish yo‘lidan borildi. Chunonchi, 1957-1962-yillarda
birinchi besh yillik dastur, 1962-1967-yillarda ikkinchi besh yillik
dasturlar qabul qilindi. Garchi, ushbu dasturlardabelgilangan barcha
ishlar amalga oshirilmagan bo ‘lsa-da, ular mamlakat taraqqiyotida
muayyan rol o ‘ynadi.
Sovet Ittifoqi bilan yaqindan hamkorlik qilgan Muhammad
Dovud 1956, 1959 va 1961-yillarda sovet davlatida rasmiy tashrif
bilan bo ‘lgan edi. Shuningdek, podshoh Zohirshoh ham 1957 va
1962-yillarda Moskvaga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Shu bilan
bir qatorda Muhammad Dovud 1959-yilda AQSHga ham rasmiy
tashrif buyurib, prezident D.Eyzenxauer va davlat kotibi J.F.Dalles
bilan muloqotlar olib bordi.
Davlat boshqaruvida o‘z roli va ta’sirini kengaytirishga in-
tilib kelgan Muhammad Dovudning podshoh Zohirshoh bilan
munosabatlari salbiy tus ola boshladi. Avtoritar tartibdagi boshqa-
ruv tarafdori bo‘lgan Muhammad Dovud bir qator masalalar
bo ‘ yicha (j umladan, Pushtuniston masalasini muzokaralar yo ‘ li bilan
hal etish) yon berishni istamas va o‘zining pushtun millatchiligiga
asoslangan pozitsiyasida qattiq turar edi. Shuningdek, Muhammad
Dovud mamlakat parlamenti faoliyatini ham birmuncha cheklashga
muvaffaq bo‘lib, qonun chiqaruvchi vakolatlami ham hukumat
qo‘lida jamlanishiga erishadi. Zohirshoh tomonidan davlatda
Muhammad Dovud ta’sirini birmuncha cheklash bo‘yicha sezilarli
tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, bosh vazirga yaqin bir qator
yirik davlat amaldorlari qamoqqa olindi.
Davlat ishlarida o‘z ta’sirini yo‘qotishni istamagan Muhammad
Dovud 1962-yil oxirida davlat boshqaruvini tubdan isloh etishni
ko‘zda tutuvchi dastur ishlab chiqadi va uni podshohga taqdim etadi.
Mazkur dasturga ko‘ra, hukumatni podshohga ma’qul shaxslardan
iborat tarkibda emas, balki o‘tkazilgan saylovlar natijasida g‘olib
chiqqan siyosiy partiya vakillaridan iborat tarkibda shakllantirish
ko‘zda tutilgan edi. Muhammad Dovudning taklifiga binoan,
podshoh oilasi a’zolari siyosat bilan shug‘ullanishdan butkul voz
kechishlari, podshohga esa faqatgina rasmiy tadbirlarda davlat
nomidan ishtirok etish funksiyasi ajratilgan edi. Shaxsan o‘zining
kelgusi maqomi xususida Muhammad Dovud alohida qarashga ega
bo‘lib, u o‘z tarafdorlaridan iborat siyosiy partiya tuzishi va saylovda
g‘olib chiqish orqali hukumatni boshqarishni rejalashtirgan edi.
Tabiiyki, Muhammad Dovudning shaxsiy hokimiyatini yanada
mustahkamlashni ko‘zda tutuvchi mazkur dastumi Muhammad
Zohirshoh ma’qullamaydi va bosh vazirdan iste’fo berishini talab
qiladi. 1963-yilning may oyida Muhammad Dovud hukumati
iste’foga chiqdi.
XX asming 60-yillarida mamlakatda amalga oshirilgan
islohotlaming kam samara berishi, hukumatning mamlakat
taraqqiyoti uchun jiddiy jon kuydirmasligi oqibatida ijtimoiy
harakatlar va siyosiy guruhlaming faoliyati jonlana boshladi.
Muhammad Dovud iste’fosidan keyin shakllantirilgan yangi
hukumatga Muhammad Yusuf (1963-1967) boshchilik qildi.
Mazkur hukumat mamlakat iqtisodini birmuncha erkinlashtirish,
shaxsiy sarmoyadorlarga keng imkoniyatlar berish hamda xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidan bordi. Yangi hukumat tashqi
siyosatda ham biroz yumshoqlik bilan harakat qilish tarafdori
bo ‘lib, Pokiston bilan munosabatlami muzokaralar orqali yaxshilash
yo ‘lidan bordi. Shuningdek, rasmiy Kobul 60-yillar birinchi yarmida
Pokiston va Hindiston o‘rtasida kelib chiqqan qurolli mojaroda ham
betaraf mavqeda turganligini Pokiston tomoni ijobiy baholadi.
1963-yil oxirida A fg‘onistonning kelgusi taraqqiyoti yo ‘lida
muhim siyosiy-huquqiy asos bo‘lishi ko‘zda tutilgan mamlakatning
yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish jarayoni boshlandi. Yangi
Konstitutsiyani ishlab chiqish bo ‘yicha tuzilgan maxsus komis-
siya Fransiya, Kanada, Shvetsiya, Misr, Hindiston kabi bir qator
davlatlaming tajribasini o ‘rganib chiqdi. 1964-yilning sentabrida
Kobulda chaqirilgan Luye Jirge ishlab chiqilgan Konstitutsiya
loyihasini ко‘rib chiqdi va ikkin haftalik muhokamalardan so‘ng
A fg‘onistonning yangi Konstitutsiyasini m a’qulladi.
1964-yilning 1-oktabrida podshoh Muhammad Zohirshoh-
ning tasdiqlashi bilan zamonaviy davlatlar andozasi asosida
ishlab chiqilgan hamda to ‘la m a’noda demokratik xarakterdagi
yangi Konstitutsiya kuchga kirdi. A fg‘onistonning demokratiya
yo ‘lidagi rivojlanishiga yo‘l ochib bergan 1964-yilgi Konstitutsiya
bir qator olimlar va mutaxassislar tomonidan “islom olamidagi eng
maqbul Konstitutsiyalardan biri” sifatida talqin qilinadi76. Chunki,
aynan ushbu Konstitutsiyada g ‘arbga xos demokratik qadriyatlar
va tamoyillaming afg‘on jamiyatiga xos an’anaviy siyosiy tizim
Do'stlaringiz bilan baham: |